Kontent qismiga oʻtish

Choshtepa jome masjidi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Choshtepa jome masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent shahri
Tuman Sergeli tumani
Mulkdor Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik

Choshtepa jome masjidi — Toshkent shahri Sergeli tumani joylashgan masjid hisoblanadi[1].

Choshtepa jome masjidi barcha zamon talablariga mos holda, milliy dizayn va yangi shaklda qad rostladi. Masjid imom xatibi Abdulhakim Xotamov.

Ushbu masjid binosi ilk bor 1998-yilda 350 kishiga moʻljallab qurilgan. Soʻnggi yillarda namozxonlar koʻpaygani sababli masjid ichi torlik qilayotgandi. Shuningdek, isitish va sovutish tizimida muammolar boʻlgani uchun qishda sovuq, yozda esa issiq boʻlardi.

Masjid binosi eskirgani tufayli tomidan chakka oʻtardi, devorlari esa yorilib ketgandi. Bundan tashqari, masjid mehrobi qibladan 35 gradusga farqlanardi. Shu sababli mahalla ahlining murojaatiga asosan Choshtepa jome masjidi qayta qurilishiga Toshkent shahar hokimligi tomonidan 2017-yil 29-iyulda ruxsat berildi. Masjidni qayta qurish ishlari 2018-yil may oyida boshlanib 2020-yil may oyida tugallandi. Yangi masjid xonaqohi, yer toʻla va ayvonlari 2000 namozxonga moʻljallangan. Shuningdek, masjid binosini qish va yoz oylarida isitish va sovutish uchun sunʼiy iqlim hosil qiluvchi qurilmalar oʻrnatilgan, issiq pollar yotqizilgan.

Masjid 22x22 metrli sakkiz qirrali qilib qurildi. 43 metrli bitta minorasi va yettita gumbazi bor. Xonaqoh aylanasi 10 metrli gumbaz bilan qoplangan. Xonaqoh gumbazidan yergacha 17 metrni tashkil etadi. Shuningdek, bir vaqtning oʻzida 20 ga yaqin kishi foydalanishi mumkin boʻlgan tahoratxonada barcha sharoitlar yaratilgan.

Masjid imom-xatibi: Abdulhakim Xotamov

Masjid manzili: Sergeli tumani, Choshtepa koʻchasi[2]

Masjidga olib boradigan transportlar:

Avtobus: 57, 84, 122.

Metro: 1-bekat