Kontent qismiga oʻtish

Hoji ota masjidi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Hoji ota masjidi masjidi
Hoji ota
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Zangiota
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Otabek domla Yoʻldoshev
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Hoji ota masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hoji ota masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Guliston nomli qishloq fuqarolar yigʻini, Qashqarlik maxalla fuqarolar yigʻinidagi koʻchasida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Otabek domla Yoʻldoshev boʻlib, ushbu masjidga Guliston qishloq fuqarolar yigʻini, Qashqarlik mahallasida istiqomat qiluvchi mahalliy aholilar, hamda, unga yaqin boʻlgan mahalla fuqarolari yigʻinidan tashrif buyurishib, namoz ibotanini ado etishadi. Hoji jome masjidi Juma namozi, Ramazon va Qurbon hayiti namoz vaqtlarida koʻplab namozxonlar, aholilar, yoʻlovchilar bilan doimiy ravishda gavjum boʻladi.

Hoji ota jome masjidi qachon barpo etilganligi haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. Masjid binosi bir necha yillar oldin xalq hashar yoʻli bilan mahalliy aholi vakillari, homiylar, ulamolar, tadbirkorlar tomonidan qaytadan barpo etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Hoji ota jome masjidi bir necha yillar ilgari mahalliy aholi vakillari tomonidan hashar yoʻli orqali qaytadan barpo etilgan. Masjid binosi 1 dona xonaqoh 2 dona ustunli qilib qurilgan. Masjid 1000 nafarga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan. „Hoji ota“ masjidi Zangiota tumaniga qarashli boʻlgan Guliston qishloq fuqarolar yigʻinida joylashgan.

  1. „ҲОЖИ ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
  2. „"ХОЖИ ОТА" МАСЖИДИ“. statsnet.co. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.