Nurak ota jome masjidi
Masjid | |
Nurak ota jome masjidi
Nurak ota | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Parkent |
Manzil | Boʻston qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Boʻston mahalla fuqarolar yigʻini Yoshlik koʻchasi |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Alijon domla Mullayev |
Gumbazlar soni | 3 |
Gumbazlar soni | 3 |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar soni | 2 |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Nurak ota jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Parkent tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Joylashuvi va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nurak ota jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Parkent tumani, Boʻston qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Boʻston mahalla fuqarolar yigʻini Yoshlik koʻchasida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.40 gektar joyda 5500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Boʻston qishloq fuqarolar yigʻini, Obod diyor mahalla fuqarolar yigʻini, A. Jomiy mahalla fuqarolar yigʻini, Tadbirkorlar mahalla fuqarolar yigʻini, Yoshlik mahalla fuqarolar yigʻini, Ilhom ota mahalla fuqarolar yigʻini, Oʻrikzor mahalla fuqarolar yigʻini, Islohot mahalla fuqarolar yigʻini, Boʻston mahalla fuqarolar yigʻini, Gulimaʼmur mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Alijon domla Mullayev hisoblanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nurak ota jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1999-yil 9-fevral kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „НУРАК ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
- ↑ „НУРАК ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. uzorg.info. Qaraldi: 4-dekabr 2023-yil.
Parkent tumani masjidlari | |
---|---|