Kontent qismiga oʻtish

Said ota masjidi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Said ota masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Xonqa
Mulkdor Davlat mulkiga qarashli
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi

Said ota masjidi – Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (1766). Masjid usti yopiq hovli (14,0x7,0 m), xonaqoh (7,0x7,0 m), ayvon va unga kiraverishdagi qoʻshimcha xonalar (qorovulxona, otxona va boshqalar)dan iborat. Masjid oldini qator ustunli ayvonlar egallagan. Hovli markazida quduq saqlangan. Xonaqoh gumbaz tomli, gumbaz asosiga gʻishtin sharafalar, ostki qismiga 8 ta ravoqli deraza ishlangan. Said ota masjidini bezaksiz, yogʻoch oʻymakorligida bezatilgan ustun, eshik va derazalari bilan diqqatga sazovor. Darvozadagi arab yozuvlari orasida masjidning qurilgan yili qayd etilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil