Kontent qismiga oʻtish

Isabey masjidi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Isabey masjidi
turkcha: İsa Bey Camii
Isabey masjidi
Mamlakat  Turkiya
Shahar Izmir
Joylashuvi Selçuk tumani, Egey mintaqasi
Meʼmoriy uslub Islom, Saljuqiylar meʼmorchiligi
Meʼmor Şamlı Dımışklıoğlu Ali
Binokorlik sanasi 1374–1375-yillar
Gumbazlar soni 2
Gumbazlar soni 2
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Qurilish materiali yoʻnilgan tosh,
marmar,
gʻisht

Isabey masjidi (turkcha: İsa Bey Camii) – 1374–1375-yillarda qurilgan masjid[1], Onadoʻli beyliklaridan qolgan eng qadimgi meʼmoriy sanʼat asarlaridan biri. Izmirning Selçuk shahridagi Ayasluğ tepaliklari etagida joylashgan.

Bino suriyalik meʼmor Ali ibn Mushaimish ad-Dimashqiy tomonidan Aydınoğulları begi Isabey sharafiga qurilgan[2][3]. Masjid loyihasi Damashqdagi Umaviylar masjidi asosida ishlab chiqilgan[4].

1829-yilda kelib masjid vayronaga aylangan, 1842-yilda esa minora qulab tushgan[5]. XIX asrda karvonsaroy sifatida ham foydalanilgan. Masjidning yonida sakkizburchak shaklida tosh va gʻishtdan qurilgan, piramida shaklidagi tomga ega boʻlgan Saljuqiylar ehromi mavjud.

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid sharqiy va gʻarbiy tomonlarda joylashgan ikkita asosiy kirish eshigiga ega boʻlib, ichkarisida hovli va hovuz mavjud[6]. Gʻarbiy devorga yozuvlar va geometrik shakllar ishlangan. Bu devorlar marmar bilan qoplangan, qolgan tomonlari esa yo'nilgan toshdan qilingan. Diametri 9.4 metr (31 ft) va 8.1 metr (27 ft) boʻlgan gumbazlarining chetlari Iznik kafellari bilan bezatilgan. Ichki hovlida 12 ta ustunlar ayvonlarni oʻrab turadi. Gʻishtdan qurilgan minoraning poydevori sakkiz burchakli qilib qurilgan, uning balkondan yuqori qismi vayron boʻlgan. Masjidning gʻarbiy tomonida yana bir minora joylashgan boʻlib, ushbu minora hozirgi kunda butunlay vayron boʻlgan. Mehrob esa boshqa masjidga koʻchirilgan, chunki uning oʻrnida binoda yangi eshik ochilgan.

  1. The Evolution of Architectural Form in Turkish Mosques (1300-1700), Suut Kemal Yetkin, Studia Islamica, No. 11 (1959), 76-77.
  2. Bloom, Jonathan M. (1993). "On the Transmission of Designs in Early Islamic Architecture". Muqarnas 10: 21–28. doi:10.2307/1523168. 
  3. Behrens-Abouseif, Doris. The Arts of the Mamluks in Egypt and Syria: Evolution and Impact (en). V&R unipress GmbH, 2012. ISBN 978-3-89971-915-4. 
  4. Bloom, Jonathan. Grove Encyclopedia of Islamic Art & Architecture: Three-Volume Set. OUP USA, 14 May 2009 — 142–143-bet. ISBN 978-0-19-530991-1. 
  5. Michael Greenhalgh, From the Romans to the Railways: The Fate of Antiquities in Asia Minor, (Brill, 2013), 90.
  6. Bloom, Jonathan. Grove Encyclopedia of Islamic Art & Architecture: Three-Volume Set. OUP USA, 14 May 2009 — 142–143-bet. ISBN 978-0-19-530991-1. 
  • Bayrak, Orhan M. (1994). p. 407, Türkiye Tarihi Yerler Rehberi (expanded 3rd edition). İnkılâp Kitabevi. ISBN 975-10-0705-4.