Kontent qismiga oʻtish

Muğdat masjidi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Muğdat masjidi
turkcha: Muğdat Camii
Muğdat masjidi
Mamlakat  Turkiya
Shahar Mersin
Koordinatalar 36°46′57.31″N 34°36′4.92″E / 36.7825861°N 34.6013667°E / 36.7825861; 34.6013667
Meʼmoriy uslub Usmoniylar meʼmorchiligi
Binokorlik 19801998
Oʻlchami 5500 nafar namozxon
Minoralar soni 6
Minoralar soni 6
Minoralar balandligi 81 metr (266 fut)

Muğdat masjidi (turkcha: Muğdat Camii) – Turkiyaning Mersin shahridagi masjid. Ilk musulmonlardan biri Miqdod ibn Asvad sharafiga nomlangan.

Hudud geografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid 1980-yillarda Mersinning Yenişehir tumanida qurilgan. Mahallaning rasmiy nomi Gazi boʻlsa-da, odatda, masjid nomidan kelib chiqib Muğdat deb ataladi. Masjid Mersin arxeologiya muzeyi va Mersin dengiz muzeyining shimolida joylashgan. Oʻrta yer dengizi qirgʻogʻigacha boʻlgan masofa taxminan 300 metr (980 ft). Masjidning umumiy maydoni hovli bilan birga 7900 m², binoning asosiy maydoni 3070 m².

Masjid 5500 kishiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan boʻlib, Mersindagi eng katta masjid va Turkiyaning Respublika davrida qurilgan uchinchi masjid hisoblanadi. Shuningdek, Turkiyadagi olti minorali uchta masjiddan biri hamdir (aslida masjid toʻrtta minorali boʻlgan, keyingi ikkitasi yaqinda qoʻshilgan). Minoralarning balandligi 81 metr (266 ft). Har bir minorada uchta balkon (turkcha: şerefe) bor.

Muğdat masjidi anʼanaviy Usmoniylar meʼmorchiligi asosida yaratilgan majmuadir. Masjidda, shuningdek, anjumanlar zali, kutubxona, mehmonlar xonasi, taʼziya xonasi va sogʻlomlashtirish markazi mavjud. Binoning podvalida supermarket joylashgan[1][2][3].

  1. „Ministry of Tourism page“ (tr). 2013-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 24-mart.
  2. Mersin governor’s page (turkcha) Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh.
  3. „Hz. Miktad Cami - Mersin“. Turkiye Kultur Portaly. Turkey Government. Qaraldi: 2021-yil 29-dekabr.