Kontent qismiga oʻtish

English Idioms in Use Advanced

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
English Idioms in Use Advanced
Muallif(lar) Felicity O'Dell
Michael McCarthy
Til inglizcha
Janr(lar)i qoʻllanma
Nashr etilgan sanasi 2010
Nashriyot Kembrij universiteti nashriyoti
Sahifalar soni 185
ISBN ISBN 978-0-521-74429-4

„English Idioms in Use Advanced“ (tarjimasi „Amaldagi inglizcha idiomalar: Yetuk [darajadagi talablar uchun]“) — ingliz tilidagi idiomalar boʻyicha Felicity O'Dell hamda Michael McCarthy yozgan qoʻllanma. Ilk bor 2010-yil Kembrij shahrida Kembrij universiteti nashriyotida chop etilgan. 2017-yilda ayni nashriyotda asarning ikkinchi nashri bosilib chiqqan. „English Idioms in Use Advanced“ qoʻllanmasiga hozirgi ingliz tilida keng qoʻllaniladigan idiomalar kiritilgan boʻlib, asar ingliz tilini oʻrta va yetuk darajada oʻzlashtirilgan til oʻrganuvchilar uchun moʻljallangan[1]. Kitob taqrizchilar tomonidan yuqori baholangan. Xususan, unda idiomalar nafaqat mavzu boʻyicha berilgani, balki ularni ishlatish kontekstlari haqida boy maʼlumotlarga ega ekanligi olqishlangan[2].

„English Phrasal Verbs in Use Advanced“ asari McCarthy va O'Dellning 2002-yil chop etilgan, shunchaki „English Idioms in Use“ deb nomlanuvchi asari formatida yozilgan. Keyinchalik mualliflar asarni kengaytirib, ingliz tilini turli darajada oʻzlashtirganlar foydalanuvchilar uchun alohida jildlar hozirlagan. Xususan, asarning ingliz tilini oʻrta darajada oʻzlashtirgan oʻquvchilar uchun yozilgan versiyasi mavjud.

  1. „English Idioms in Use Second edition“ (inglizcha). Cambridge University Press. Qaraldi: 14-sentyabr 2024-yil.
  2. Wijayatiningsih, Testiana Deni; Ayuningtyas, Dian Paramita (2018). „An Evaluation Analysis on a Textbook Entitled "Cambridge English Idiom [sic] in Use Advanced"“. Jurnal Ilmiah Lingua Idea (inglizcha). 9-jild, № 1. ISSN 2580-1066.