Advanced Grammar in Use
Muallif(lar) | Martin Hewings |
---|---|
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | qoʻllanma |
Nashr etilgan sanasi | 1999 |
Nashriyot | Kembrij universiteti nashriyoti |
Sahifalar soni | 340 |
ISBN | ISBN 0-521-49868-6 |
„Advanced Grammar in Use“ (tarjimasi „Yetuk amaliy grammatika“), toʻliq nomi „Advanced Grammar in Use: A Self-study Reference and Practice Book for Advanced Learners of English“ (tarjimasi „Yetuk amaliy grammatika: Ingliz tilini yetuk darajada oʻzlashtirgan oʻrganuvchilar uchun mustaqil oʻrganish uchun spravochnik va mashq kitobi“) — Martin Hewings ingliz tili grammatikasi boʻyicha yozgan kitob. Ilk bor 1999-yil Kembrij shahrida Kembrij universiteti nashriyotida chop etilgan. Asarga qoʻshimcha ravishda alohida mashqlar toʻplami ham tayyorlangan.
„Advanced Grammar in Use“ oʻquvchilar va tanqidchilar tomonidan yuqori baholandi. Xususan, muallif murakkab qoidalarni qisqa va loʻnda tilda hamda ilmiy atamalardan oz qoʻllangan holda tushuntirib bergani olqishlandi[1]. Qoʻllanma bir necha marta qayta nashr qilingan va ingliz tilini oʻrganishda eng keng qoʻllaniladigan asarlar qatoriga kiradi[2]. Uchinchi nashrga kiritilgan qoidalar va soʻz birikmalarini tuzishda muallif millionlab soʻzni oʻz ichiga oluvchi Kembrij til korpusiga tayangan.
Nashrlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi nashr
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Advanced Grammar in Use“ kitobining ilk nashri 1999-yil chop etilgan. Mazkur nashrning mashqlar javoblari bor hamda mashqlar javoblari yoʻq versiyalari mavjud. Birinchi nashr 120 bobdan iborat.
Ikkinchi nashr
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Advanced Grammar in Use“ kitobining ikkinchi nashri 2005-yil eʼlon qilingan. Mazkur nashrning mashqlar javoblari bor, mashqlar javoblari yoʻq, CD-ROM diskli, bir foydalanuvchi uchun moʻljallangan CD-ROMdan iborat, koʻp foydalanuvchi uchun moʻljallangan CD-ROMdan iborat versiyalari mavjud. Ikkinchi nashr 100 bobdan iborat.
Uchinchi nashr
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Advanced Grammar in Use“ kitobining uchinchi nashri 2013-yil chop etilgan. Mazkur nashrning mashqlar javoblari bor, mashqlar javoblari yoʻq hamda mashqlar javoblari bor va elektron kitob va audioyozuvlar tirkalgan versiyalari mavjud. Uchinchi nashr ham ikkinchi nashr singari 100 bobdan iborat.
Toʻrtinchi nashr
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Advanced Grammar in Use“ kitobining toʻrtinchi nashri 2023-yil eʼlon qilingan. Ushbu nashr ham bosma va elektron kitob shaklida chop etilgan. Shuningdek, nashr uchun qoʻshimcha onlayn mashqlar hozirlangan. Toʻrtinchi nashr ilmiy inlgiz tili boʻyicha yangi besh boʻlimni oʻz ichiga oladi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Maureen, George „Advanced Grammar in Use“ (inglizcha). Language Trainers (2013-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 18-fevral.
- ↑ Phothongsunan, Sureepong (1-yanvar 2020-yil). „Book Review: Advanced Grammar in Use by Martin Hewings. Cambridge University Press, 2015 (pp.294)“. The New English Teacher (inglizcha). 14-jild, № 1. 78–80-bet.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()