Kontent qismiga oʻtish

English Grammar in Use

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
English Grammar in Use: A Self-study Reference and Practice Book for Intermediate Learners of English
Muallif(lar) Raymond Murphy
Til inglizcha
Janr(lar)i qoʻllanma
Nashr etilgan sanasi 1985
Nashriyot Kembrij universiteti nashriyoti

„English Grammar in Use“ („Ingliz tilining amaliy grammatikasi“), toʻliq nomi „English Grammar in Use: A Self-study Reference and Practice Book for Intermediate Learners of English“ („Ingliz tilining amaliy grammatikasi: Ingliz tilini oʻrta darajada oʻzlashtirgan oʻrganuvchilar uchun mustaqil oʻrganish uchun spravochnik va mashq kitobi“) — Raymond Murphy qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha kitob. Ilk bor 1985-yil Kembrij shahrida Kembrij universiteti nashriyotida chop etilgan.

„English Grammar in Use“ bir necha marta qayta nashr qilingan. Kitob ingliz tilini oʻrganishda eng keng qoʻllaniladigan asarlar qatoriga kiradi. Muallif mazkur kitob muvaffaqiyati ortidan ingliz tilini boshlangʻich darajada oʻzlashtirganlar uchun „Essential Grammar in Use“ kitobini ham yozgan.

Birinchi nashr

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„English Grammar in Use“ kitobining ilk nashri 1985-yil chop etilgan. Birinchi nashrning oʻzi bir necha marta chop etilgan. 1986-yil kichik oʻzgartirishlar kiritilgan nusxasi chop etilgan. Mazkur nashrning toʻliq nomi „English Grammar in Use: A Self-study Reference and Practice Book for Intermediate Students“dir („Ingliz tilining amaliy grammatikasi: Tilni oʻrta darajada oʻzlashtirgan oʻquvchilar uchun mustaqil oʻrganish uchun spravochnik va mashq kitobi“).

Ikkinchi nashr

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„English Grammar in Use“ kitobining ikkinchi nashri 1994-yil chop etilgan. Ikkinchi nashrning oʻzi bir necha marta chop etilgan. Mazkur nashrning toʻliq nomi „English Grammar in Use: A Self-study Reference and Practice Book for Intermediate Students“dir („Ingliz tilining amaliy grammatikasi: Tilni oʻrta darajada oʻzlashtirgan oʻquvchilar uchun mustaqil oʻrganish uchun spravochnik va mashq kitobi“).

Uchinchi nashr

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„English Grammar in Use“ kitobining uchinchi nashri 2004-yil chop etilgan. Mazkur nashrning mashqlar javoblari bor, mashqlar javoblari yoʻq, CD-ROM diskli, qattiq jildli va CD-ROMli hamda CD-ROMli va CD-ROMsiz Klett versiyalari mavjud. Mazkur nashrning toʻliq nomi „English Grammar in Use: A Self-study Reference and Practice Book for Intermediate Students“dir („Ingliz tilining amaliy grammatikasi: Tilni oʻrta darajada oʻzlashtirgan oʻquvchilar uchun mustaqil oʻrganish uchun spravochnik va mashq kitobi“).

Toʻrtinchi nashr

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„English Grammar in Use“ kitobining toʻrtinchi nashri 2012-yil chop etilgan. Mazkur nashrning mashqlar javoblari bor, mashqlar javoblari yoʻq, mashqlar javoblari hamda CD-ROMi bor, onlayn qoʻllanish kodlari toʻplamidan iborat hamda onlayn qoʻllanish kodlari toʻplami va mashqlar javoblari bor versiyalari mavjud. Mazkur nashrning toʻliq nomi „English Grammar in Use: A Self-study Reference and Practice Book for Intermediate Learners of English“dir („Ingliz tilining amaliy grammatikasi: Ingliz tilini oʻrta darajada oʻzlashtirgan oʻrganuvchilar uchun mustaqil oʻrganish uchun spravochnik va mashq kitobi“).

Ushbu maqolani tinglang (4 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 7-avgust, 2022-yil(2022-08-07) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.