Boeing 707
Boeing 707 | |
---|---|
Tor korpusli reaktiv samolyot | |
Ishlab chiqaruvchi | Boeing samolyot kompaniyasi |
Milliy kelib chiqishi | AQSh |
Birinchi parvoz | 20-dekabr 1957-yil |
Xizmatga kirish | 26-oktabr 1958-yil |
Xizmatdan chiqish | 2019-yil (tijorat maqsadida) |
Foydalanuvchilar |
Pan American World Airlines, Trans World Airlines (tarixiy) American Airlines (tarixiy) Air France (tarixiy) |
Ishlab chiqarish yillari | 1957–1979 |
Versiyalar |
Boeing 720 Boeing C-137 Stratoliner |
Boeing 707 – Boeing samolyot kompaniyasining toʻrt motorli yoʻlovchi reaktiv samolyoti. 1950-yillarning boshlarida Amerikada ishlab chiqarilgan. Boeing 707 dunyodagi birinchi reaktiv yoʻlovchi tashuvchi samolyotlardan biri hisoblanadi. U mashhur „Seven oh Seven“ (oʻzbekcha: Yetti nol Yetti) deb ataladigan afsonaviy yoʻlovchi samolyoti sifatida tanilgan[1]. 1010 dona Boeing tomonidan ishlab chiqarilgan va 1960-yildan 1970-yilgacha uzoq xalqaro reyslarda yoʻlovchilarni tashish uchun ishlatilgan. Birinchi reaktiv dvigatelli yoʻlovchi samolyotining muvaffaqiyatsiz va halokatli avariyalaridan soʻng, u aviatsiya tarixida muvaffaqiyat qozondi va yoʻlovchi tashishda reaktiv samolyotlar davrini boshlab, yangi dizaynlarni ilhomlantirdi.
Dizayn
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boeing 707 aslida Boeing 367-80 kod nomi ostida harbiy maqsadlar uchun moʻljallangan samolyotning fuqarolik versiyasidir[2]. Birinchi fuqarolik Boeing 707-120 1957-yil 10-dekabrda sinov parvozlarini boshladi. Samolyot katta rul va dum ostida vertikal qanotga ega. Bu qanot uchish paytida oʻta vertikal holatda uchish-qoʻnish yoʻlagiga ishqalanishi mumkin. Standart 707–120 seriyali Pratt & Whitney JT3D rusumli turbojetli dvigatellardan foydalanadi. 707-220 seriyalarida Pratt & Whitney JT4A dvigatellari, 707-320 seriyalarida keng qanotlari va JT4A dvigatellari, 707-420 va baʼzi 320 seriyalarida Rolls-Royce Conway turbofan dvigatellari mavjud edi. 707 ning pastki quyruq qanoti fyuzelyajdan olib tashlandi, chunki u samolyotning uchish va qoʻnish koʻrsatkichlarini pasaytirardi. 320 ta versiya pastki quyruqsiz ishlab chiqarilgan. 707 yoʻlovchi versiyasi 1978-yilda 1010 ta ishlab chiqarilgandan soʻng toʻxtatildi. U 1991-yilgacha harbiy maqsadlarda ishlab chiqarildi. Harbiy ishlab chiqarish CFM 56 reaktiv dvigatelini oʻrnatish orqali ishlatilgan yoʻlovchi versiyalarini noldan ishlab chiqarish oʻrniga ularni oʻzgartirishdan nariga oʻta olmadi. Boeing 737 fyuzelyaji qisqartirilgan fyuzelyaji va qayta koʻrib chiqilgan kabinasi boʻlgan Boeing 707 fyuzelyajidir. Bundan tashqari, Boeing 757 – bu 707 fyuzelyaji dizaynidan ishlab chiqarilgan samolyot. Bu samolyot Boeing 747-400 samolyoti kabi masofani bemalol bosib oʻta oladi.
Harbiy foydalanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastlab harbiy maqsadlarda ishlab chiqarilgan bu samolyot bugungi kunda ham faol xizmatda. Xususan, klassik AWACS samolyoti sifatida tanilgan E-3 Sentry modifikatsiyalangan Boeing 707 modelidir. Turkiya harbiy-havo kuchlarida KC-135 Stratotanker nomi bilan tanilgan 7 ta Boeing 707 samolyoti mavjud. 800 ta KC-135 Stratotanker samolyotlari ishlab chiqarildi. Shuningdek, Northrop Grumman tomonidan ishlab chiqarilgan, Northrop Grumman E-8 Joint Stars nomli Boeing 707 harbiy samolyoti mavjud.
Texnik xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]720 (707-020) | 707-120B | 707-320B | |
---|---|---|---|
Yoʻlovchilar soni | 140 | 110 (2 klass)
179 (1 klass) |
147 (2 klass)
202 (1 klass) |
Maksimal uchish og'irligi (MTOW) | 222,000 lb (100,800 kg) | 257,000 lb (116,570 kg) | 333,600 lb (151,320 kg) |
Boʻsh ogʻirligi | 103,145 lb (46,785 kg) | 122,533 lb (55,580 kg) | 146,400 lb (66,406 kg) |
MTOW’da uchish masofasi | 8,300 ft (2,515 m) | 11,000 ft (3,330 m) | 10,840 ft (3,280 m) |
Qoʻnish masofasi | 5,750 ft (1,740 m) | 6,200 ft (1,875 m) | 10,840 ft (3,280 m) |
Operatsion parvoz diapazoni (toʻliq yuk) | 3,680 NM (6,800 km) | 3,680 NM (6,820 km) | 3,735 NM (6,920 km) |
Operatsion tezligi | 540 kn (999 km/h) | 540 kn (1000 km/h) | 525 kn (972 km/h) |
Uzunliklari | 136 ft 2 in (41.25 m) | 144 ft 6 in (44.07 m) | 152 ft 11 in (46.61 m) |
Qanot kengayishi | 130 ft 10 in (39.90 m) | 145 ft 9 in (44.42 m) | |
Quyruq balandligi | 41 ft 7 in (12.65 m) | 42 ft 5 in (12.93 m) | 42 ft 5 in (12.93 m) |
Fyuzelyaj kengligi | 12 ft 4 in (3.76 m) | 12 ft 4 in (3.76 m) | |
Quvvat platformasi (4 x) | Pratt & Whitney JT3C-7:
12,000 lbf (53.3 kN) |
Pratt & Whitney JT3D-1:
17,000 lbf (75.6 kN) |
PW JT3D-3:
18,000 lbf (80 kN) PW JT3D-7: 19,000 lbf (84.4 kN) |
Ishlab chiqarish
[tahrir | manbasini tahrirlash]1994 | 1993 | 1992 | 1991 | 1990 | 1989 | 1988 | 1987 | 1986 | 1985 | 1984 | 1983 | 1982 |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | 1 | 5 | 14 | 4 | 5 | 0 | 9 | 4 | 3 | 8 | 8 | 8 |
1981 | 1980 | 1979 | 1978 | 1977 | 1976 | 1975 | 1974 | 1973 | 1972 | 1971 | 1970 | 1969 |
2 | 3 | 6 | 13 | 8 | 9 | 7 | 21 | 11 | 4 | 10 | 19 | 59 |
1968 | 1967 | 1966 | 1965 | 1964 | 1963 | 1962 | 1961 | 1960 | 1959 | 1958 | 1957 | 1956 |
111 | 118 | 83 | 61 | 38 | 34 | 68 | 80 | 91 | 77 | 8 | 0 | 0 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://www.britannica.com/technology/Boeing-707
- ↑ https://www.historylink.org/File/3890
- ↑ : Boeing 707 Oilasi(Wayback Machine saytida 2011-04-30 sanasida arxivlangan), Boeing 707
- ↑ (Wayback Machine saytida 2012-09-11 sanasida arxivlangan)
- ↑ Boeing 720(Wayback Machine saytida 2011-06-22 sanasida arxivlangan)