Kontent qismiga oʻtish

Robert Schumann

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Robert Schumann
Tavalludi 8-iyun 1810[1][2]
Vafoti 29-iyul 1856[3][1][2]
Fuqaroligi Kingdom of Saxony
Otasi August Schumann

Robert Schumann (talaffuzi: Robert Shuman; 1810.8.6, Svikkau — 1856.29.7, Endenix, Bonn yaqinida) — nemis kompozitori, 19-asr musiqiy romantizmning namoyandalaridan. F.Vik (fortepiano) va G.Dorn (kompozitsiya)dan taʼlim olgan. Shuman ijodi uchun dasturlilik va inson tuygʻularini chuqur psixologik ochib berish xos. Shuman oʻz asarlarida hayot oqimini butkul aks ettirishga intilgan, har bir hodisa va taassurotni oʻziga xosligini ifoda etib, qarama-qarshi kayfiyat va obrazlardan iborat boʻlgan, keng qamrovli badiiy dunyosini yaratgan. Fortepiano asarlaridan — "Simfonik etyudlar", "Karnaval", "Fantastik pyesalar" kabi turkumlari, shuningdek, "Fantaziya", 3 sonata, konsert va boshqalar ajralib turadi. Vokal lirika tarixida shahrining G.Geyne ("Shoir sevgisi"), A.Shamisso ("Ayol hayoti va sevgisi"), yilEyxendorf ("Qoʻshiqlar davrasi") sheʼrlariga yozgan qoʻshiq (romans) turkumlari muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, Shuman "Genoveva" (1848) operasi, J.Bayronning "Manfred" poemasiga musiqa, 4 simfoniya, kamer hamda xor asarlari va boshqalar muallifi. Sh.Leypsigda "Yangi musiqa jurnali"ni tashkil etib (1834), ilgʻor gʻoyalarni oldinga surgan. Shuman Sharq mavzularida kamercholgʻu ("Arabcha", "Sharq manazaralari"), kamervokal ("Sharq gullaridan", "MagʻribMashriq devonidan") va yirik ("Jannat va Peri" oratoriyasi, 1843) asarlarini yaratgan.