Protagor
Qiyofa
Protagor taxminan miloddan avvalgi 484-411 yillarda yashab oʻtgan sofist faylasufi. U bir necha grek shaharlarida yashab oʻtgan, jumladan, Sitsiliya va Italaiyadagi oʻqituvchilik faoliyati sababli tanilgan.[1] Protagor anʼanaviy ravishda sofistlarning birinchi vakillariga tegishli. Sofizmning paydo boʻlishi Protagor nomi bilan bogʻliq, chunki u qadimgi yunon faylasuflari orasida birinchi boʻlib taʼlim uchun pul olgan. 484-406 yillarda Perikl va Yevripid bilan muloqatda boʻlgan. Afinadan Sitsiliyaga ketayotganda Protagor boʻronga tushib, vafot etdi.[2] Platonning dialoglaridan biri Protagorga bagʻishlangan va uning nomi bilan ataladi. „Antologiyalar“ siyosiy mavzularga bagʻishlangan.[2] Uning fikrlari:
- Inson qanday boʻlsa shu holida mavjud boʻlgan jamiki narsalarning va yoʻqligi bilan maʼlum nomavjud narsalarning mezoni hisoblanadi.
- Oʻzimizni qanday his qilsak, u haqiqatan ham shunday.
- Hammasi bizga qanday koʻrinsa, shunday
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |