Jari Puikkonen
Jari Markus Puikkonen (1959-yil 25-iyunda tugʻilgan) — finiyalik sobiq chang'ida sakrash sportchisi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Puikkonen xalqaro maydondagi debyutini 1977-yil 30-dekabrda Oberstdorfdagi Toʻrt tepalik turnirida oʻtkazgan. Jari 1981-yilda Insbrukda jahon chempionatidagi birinchi gʻalabasini qoʻlga kiritgan. Oʻsha yili u Toʻrt tepalik turnirida umumjamoa hisobida uchinchi oʻrinni egallagan va changʻidan sakrash boʻyicha Jahon kubogida yana uchta gʻalaba qozonib, umumjamoa hisobida beshinchi oʻrinni egallagan. Shuningdek, u Qishki Olimpiya oʻyinlarida uchta medalni qoʻlga kiritgan va jamoada oltin medalni qoʻlga kiritgan (1988-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari) va yakkalik bahslarda oddiy tepalikda (1984-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari) va yakka tartibli katta tepalikdagi (1980-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari) bronza medallarini qoʻlga kiritgan[1][1].
Puikkonenning eng katta muvaffaqiyatlari XCHF Shimoliy changʻi boʻyicha jahon chempionatida boʻlib, u yettita medalni qoʻlga kiritgan, shu jumladan toʻrtta oltin (katta tepalik: 1989-yil, jamoaviy katta tepalig:1984-yil, 1985-yil, 1989-yil), ikkita kumush (yakka tartibli oddiy tepalik: 1982-yil) va kotta tepalik: 1985-yil va bitta bronza (jamoaviy katta tepalik: 1982-yil)larni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, 1981-yilda XCHF changʻi uchish boʻyicha jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Puikkonen 1990—1991-yilgi mavsumdan keyin faoliyatini yakunlagan.
Jahon chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Puikkonenning Jahon shohsuppalardagi yuqori natijalari 1980—1985-yillar boʻlib oʻtkan musobaqalarda tarixga kirish bilan boʻlgan. Sportchi sanab oʻtilgan yillarda toʻrt tepalik musobaqalarida uchinchi oʻrinni egallagan.
Turnir jadvali
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Umumiy natijalar | 4H | SF |
---|---|---|---|
1979—1980-yil | 10 | 27 | Yoʻq |
1980—1981-yil | 5 | Yoʻq | |
1981—1982-yil | 26 | 21 | Yoʻq |
1982—1983-yil | 10 | 11 | Yoʻq |
1983—1984-yil | 9 | 4 | Yoʻq |
198-1985-yil | 6 | 24 | Yoʻq |
1985—1986-yil | 14 | Yoʻq | |
1986—1987-yil | 49 | 15 | Yoʻq |
1987—1988-yil | 20 | 10 | Yoʻq |
1988—1989-yil | 18 | 12 | Yoʻq |
1989—1990-yil | 37 | 27 | Yoʻq |
1990—1991-yil | — | 43 | — |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tartib raqam | Mavsum | Sana | Manzil | Tepalik | Hajmi |
---|---|---|---|---|---|
1 | 1980—1981-yil | 1981-yil 4-yanvar | Innsbruck | Bergiselschanze K104 | LH |
2 | 1981-yil 6-mart | Lahti | Salpausselkä K88 | NH | |
3 | 1981-yil 7-mart | Lahti | Salpausselkä K113 | LH | |
4 | 1981-yil 21-mart | Planica | Srednja Bloudkova K90 | NH | |
5 | 1985—1986-yil | 1986-yil 4-yanvar | Innsbruck | Bergiselschanze K109 | LH |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |