Kontent qismiga oʻtish

Faltset

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Faltset (lot. falso — soxta soʻzidan) — erkak ovozining eng yuqori registri. Tovushlar bosh chanogʻi rezonatori yordamida chiqariladi. Tembrida qoʻshimcha tovush (oberton)lar kamligi bilan asosiy registrlardan farq qiladi (nomi shundan). Falya Manuel de (1876.23.11, Kadis, Ispaniya — 1946.14.11, Altagrasiya, Argentina) — ispan kompozitori, pianinochi, dirijyor XX asr musiqa namoyandasi. Madrid konservatoriyasida taʼlim olgan (1896—1898). Milliy musiqa jamiyatiga (1914), Milliy musiqa (kante xondo) festivaliga (F.Garsiya Lorka bilan birgalikda, 1912) asos solgan. 1907—1914 yillar Parijda, 1939-yildan Argentinada yashagan. Faltset ijodi ispan kompozitorlik sanʼati choʻqqisidir. Ijodida milliy musiqa anʼanalari (kante xondo, menestrellar sanʼati, milliy romans, Servantes davridagi professional musiqa va boshqalar) bilan XX asr Yevropa musiqa yutuqlari uygʻunlashgan. Uslubi aniq mavzulari va bayonning qisqaligi, nozik did bilan sayqallangan shakllar, orkestr boʻyoqlarining boyligi bilan ajralib turadi. "Qisqa umr" operasi (1905), "Sexrgar muhabbat" (1915) va "Treugolka" (1919) baletlari, vokal turkumlari ("7 ta ispan xalq qoʻshigʻi", 1914 va boshqalar), fortepiano ("Betik fantaziyasi", 1919 va boshqalar), gitara ("Debyussi xotirasiga", 1920), turli ansambl va konsert asarlari mashhur. Fortepiano va orkestr uchun yozgan "Ispan bogʻlaridagi tunlar" syuitasi (1913) hamda boshqa asarlarida musiqiy impressionizm tamoyillari oʻz aksini topgan.