Kontent qismiga oʻtish

Stavropol oʻlkasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Stavropol oʻlkasi
Ставропольский край
Bayrog'i Abrantish
Bayrog'i Gerbi

Mamlakat Rossiya
Markazi Stavropol
Maydoni
  • barchasi
Rossiyada 48-o'rinda
  • 66 160 km²
Aholisi Rossiyada 14-o'rinda

2 786 084 kishi

  • 42,1 kishi/km²
YaIM
  • barchasi
  • jon boshiga
Rossiyada 33 o'rinda
Federal okrug Simoliy-Kavkaz
Iqtisodiy tumani Simoliy-Kavkaz
Gubernatori Gayevskiy Valeriy Veniaminovich
RF sub'ektining kodi 26
Vaqt mintaqasi MSK (UTC+4)

Stavropol oʻlkasi (ruscha: Ставропольский край) — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi oʻlka. 1924-yil 13 fevralda tashkil etilgan [Janubi-sharqiy viloyat (oʻlka); 1924–1937-yillarda Shimoliy Kavkaz oʻlkasi; 1937–1943-yillarda Orjonikidze oʻlkasi]. Maydoni 66,5 ming km². Aholisi 2730,5 ming kishi (2002), asosan, ruslar (84%), shuningdek, arman, korachay, cherkas, abaza, noʻgʻay, osetin, kabardin, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Markazi – Stavropol sh. Shahar aholisi 54%. Boshqa yirik shaharlari: Pyatigorsk, Nevinnomisk, Kislovodsk. Stavropol oʻlkasi tarkibida 26 maʼmuriy tuman, 18 shahar, 7 shaharcha bor. Stavropol oʻlkasiga Kavkaz oldining markaziy qismi, Kaspiyboʻyi payettekisligining gʻarbiy qismi va Katta Kavkazning shimoliy yon bagʻirlari kiradi. Gʻarbida Kuban daryosining keng terrasalari yoyilgan. Tekislik hududining katta qismini platosimon Stavropol qirlari egallagan. Asosiy daryolari: Kuban (yuqori oqimi) va irmoqlari (Teberda, Kichik va Katta Zelenchuk), Kuma, Kalaus, Yegorlik. Bir necha koʻl bor. Tabiiy gaz konlari mavjud. Sharqiy qismida neft, togʻlarda mis va qoʻrgʻoshinrux, polimetall konlari, toshkoʻmir, barit, oʻtga chidamli gil, dolomit, marmar, shifobaxsh balchiq, turli xil mineral va termal buloklar mavjud. Tekislik qismining iqlimi kontinental dasht iqlimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –3,4°, –4,9° (togʻlarda – 10°, –20° gacha pasayadi), iyulniki 22°– 25°. Yillik yogʻin 300–600 mm, vegetatsiya davri 207–220 kun. Tuproklari, asosan, qoratuproq va kashtan tuproqlar. Oʻrmonlar, koʻpincha, togli joylarda. Keng bargli, balandrokda igna bargli oʻrmonlar, undan yuqorida subalp oʻtlokdari bor. Yovvoyi hayvonlardan, dasht yerlarda kemiruvchilar, tipratikan, tulki, boʻri, latcha, saygʻoq, Kuma daryosi boʻyidagi qamishzorlarda yovvoyi mushuk, qobon, Manich vodiysidagi koʻl va botqoqliklarda suv parrandalari, togʻlarda bugʻu, yelik, qoʻngʻir ayiq, silovsin, oltoy tiyini yashaydi. Har xil qush koʻp. Togʻ echkisi, tur uchraydi. Togʻli qismida Teberda qoʻrikxonasi joylashgan. Stavropol oʻlkasiga Kavkaz qoʻriqxonasining bir qismi ham kiradi.[1]

Sanoatning asosiy tarmoqlari: oziqovqat (goʻsht, un, yogʻ, mevasabzavot konserva va boshqalar), yengil (toʻqimachilik – Nevinnomisk jun kombinati, poyabzal), mashinasozlik va metallni qayta ishlash (stanoklar, asboblar, poʻlat armatura, chorvachilik va aralash yem ishlab chiqarish. uchun mashinalar; "Kinotexnika" korxonasi, sovitkich asboblari, avtokranlar, "KamAZavtopritsep", elektr oʻlchash asboblari, elektr texnikasi buyumlari, yarimoʻtkazgich texnikasi va boshqalar), kimyo va neft kimyosi (mineral oʻgʻitlar, "Nevinnomiskazot", sintetik smolalar va plastmassalar, "Stavropolpolimer", texnika uglerodi, uyroʻzgʻor kimyosi mahsulotlari) sanoatlari korxonalaridir. Tabiiy gaz, neft, rangli metall rudalari, toshkoʻmir (togʻli Femida) qazib olinadi. Nevinnomisk, Stavropol issiklik elektr stansiyalari, Kuban GESlari kaskadi bor. Asosiy sanoat markazlari: Stavropol, Nevinnomisk, Pyatigorsk, Neftekumsk, Budyonnovsk, Georgiyevsk, Lermontov.[1]

Stavropol oʻlkasi – yirik qishloq xoʻjaligi. rayoni. Bugʻdoy, makkajuxori, kungaboqar, qand lavlagi va boshqa ekiladi. Mevachilik, tokchilik rivojlangan. Mayin junli qoʻychilik, goʻshtsut chorvachiligi mavjud. Katta Stavropol, Nevinnomisk va boshqa kanallar, sugʻorish sistemalari bor. Zaterechniy – Grozniy neft quvuri, Stavropol – Ukraina – Moskva – Sankt-Peterburg gaz quvurlari mavjud. Temir yo'llar uzun 944 km. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uzunligi 7459 km. Mineralniye Vodi va Stavropol xalqaro aeroportlari bor.[1]

Su. Rossiyaning eng yirik kurort rayonlaridan biridir. Oʻlkada 30 dan ziyod sanatoriy va kurort faoliyat koʻrsatadi. Mavjud 130 dan ziyod mineral buloqning 90 tasidan davolash maqsadida foydalaniladi. Yessentuki, Jeleznovodsk, Kislovodsk, Pyatigorsk, Kavkaz mineral suvlari kabi kurortlar mashhur. Stavropol oʻlkasida 7 oliy oʻquv yurti, 8 ilmiy tadqiqot instituti, 7 muzey, 4 teatr bor.[1]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 "Stavropol oʻlkasi" OʻzME. S-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil