Kontent qismiga oʻtish

Krasnoyarsk oʻlkasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Krasnoyarsk oʻlkasi
Красноярский край
Bayrog'i
Bayrog'i Gerbi

Mamlakat Rossiya
Markazi Krasnoyarsk
Maydoni
  • barchasi
Rossiyada 2-oʻrinda
  • 2 366 797 km²
Aholisi
Rossiyada 13-oʻrinda

2 828 207 kishi

  • 1,19 kishi/km²
YaIM
  • barchasi
  • jon boshiga
Rossiyada 10 oʻrinda
Federal okrug
Sibir
Iqtisodiy tumani
Sharqiy-Sibir
Gubernatori
Lev Vladimirovich Kuznetsov
RF sub'ektining kodi
24, 84, 88, 124
Vaqt mintaqasi MSK-4 (UTC+8)

Krasnoyarsk oʻlkasi - RF tarkibida, asosan, Sharqiy Sibir hududida, Yenisey xavzasida joylashgan. Shim.-Sharqiy iqtisodiy rayonga kiradi. 1934-yil 7 dekabrda tashkil etilgan. Maydoni 2339,7 ming km;. Aholisi 3080 ming kishi (1998), asosan, ruslar, shuningdek, ukrain, haqas, tatar, evenk, dolgan, nenets va boshqa ham yashaydi. Shaharliklar 74,2%. 48 tumanga boʻlingan, 25 shahar, 46 shaharchasi bor (1998). Taymir (Dolgan Nenetslari muxtor okrugi) va Evenklar muxtor okrugini oʻz ichiga olgan. Markazi — Krasnoyarsk shahri Krasnoyarsk oʻlkasi () Shim. Muzoqeani qirgʻoqlaridan Jan. Sibir togʻlari — Sharqiy va Gʻarbiy Sayan togʻlarigacha davom etgan. Yenisey daryosining chap sohili tekislikdan iborat. Yeniseydan sharkda Oʻrta Sibir yassitogʻligi (oʻrtacha balandligi 500– 700 m) joylashgan. Krasnoyarsk oʻlkasi () koʻmir, temir rudasi, rangli metallar va polimetallar, grafit va boshqalarga boy. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —18° dan —36° gacha, iyulniki 13— 20°. Yiliga shim.da 200–300 mm dan Jan. Sibir togʻlarida 800–1200 mm gacha yogʻin toʻshadi. Shim.da abadiy muchloq yerlar bor. Asosiy daryosi — Yenisey, uning yirik irmomari: Angara, Tunguska, Toshloq Tunguska va Quyi Toʻnguska va boshqa Katta qismi taygadan iborat. Krasnoyarsk oʻlkasi ()da „Tosh ustunlar“ qoʻriq-xonasi bor. Rangli metallurgiya (Norilsk kon-metallurgiya kombinati), mashinasozlik (oʻrmon va sellyuloza-qogʻoz sanoati uchun jihozlar) va metallsozlik, konchilik (koʻmir, temir ruda, rangli va nodir metallar, grafit va boshqalar), oʻrmon-yogʻochsozlik, sellyuloza-qogʻoz, qurilish materiallari, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Krasnoyarsk, Ust-Xantay, Sayan-Shushensk va Mayn GESlari, Krasnoyarsk-2, Vazarov GRESlari ishlab turibdi. Krasnoyarsk oʻlkasi () Sharqiy Sibirning muhim qishloq xoʻjaligi rayonlaridan biri. Jan.da gʻalla (bugʻdoy, javdar, grechixa, tariq, arpa va boshqalar) va texnika ekinlari (tolali zigir va boshqalar) ekiladi. Kartoshkachilik, sabzavot-chilik, goʻsht-sut chorvachiligi, mayin junli qoʻychilik va yilqichilik bilan shugullaniladi. Shim.da bugʻuchilik va darrandachilik ham bor. Moʻyvali qayvonlar ovlanadi. Ov xoʻjaligi va balikchilik mavjud. Transsibir temir yoʻl magistrali bor. Yenisey daryosida kema qatnaydi. Kurortlari: Shara, Uchum.