Kontent qismiga oʻtish

Yu Hai

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Yu Hai
于海
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Yu Hai
Tavallud sanasi 4-iyun 1987-yil (1987-06-04) (37 yosh)
Tavallud joyi Luoyang, Henan, Xitoy
Boʻyi 1.83 m (6 ft 0 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Shanghai SIPG
Raqami 21
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2006 Shaanxi Chanba 36 (0)
2007—2008 Vitesse 10 (0)
2009—2014 Guizhou Renhe 160 (19)
2015 Shanghai SIPG 127 (6)
Milliy terma jamoa
2009 Xitoy 71 (11)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2020-yil 31-dekabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2019-yil 27-noyabr uchun)

Yu Hai (talaffuzi: Yuy Hay) (xitoycha: 于海 1987-yil 4-iyunda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasida „Shanghai SIPG“ jamoasida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yu Hai futbolchilik faoliyatini 2004-yilgi mavsumda „Shaanxi Chanba“ jamoasida boshlagan va u klubdagi debyutini 2004-yilning 16-may kuni „Qingdao Etsong“ga qarshi oʻyinda (2:2) oʻtkazgan[1]. Mavsum davomida asosan zaxira oʻyinida oʻynaganiga qaramay, mavsum oxirida Shaanxi uchinchi oʻrinni egallashida muhim rol oʻynagan. Keyingi 2005-yilgi mavsumda u jamoada oʻsib borayotgan salohiyatga ega futbolchi sifatida oʻzini namoyon qilgan va jamoada koʻproq oʻyinlarda maydonga tusha boshlagan.

2006—2007-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Yu Eredivizionning „Vitesse“ jamoasiga oʻtgan va u yerda 2007-yilning 18-martida „Utrecht“ga qarshi oʻyinda (2:0) klub uchun debyut qilgan. Uning „Vitesse“dagi faoliyati omadsiz boʻlgan, chunki u jamoada oʻzini koʻrsata olmagan. Yu 2008-yil iyul oyida xochsimon bogʻlamlari shikastlangani uchun 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan soʻng Vitesse jamosidan ozod qilingan.

Yu 2009-yilgi mavsum boshida Shaanxiga qaytgan, u yerda ligada 29 ta oʻyin oʻtkazgan va mavsum oxiriga qadar 3 ta gol urgan. Keyingi bir necha mavsumda u klubning doimiy oʻyinchisiga aylangan. 2012-yilgi mavsum boshlanishiga kelib, Yu Guizhouga koʻchib oʻtishga qaror qilgan klubga ergashgan va oʻz nomini Guizhou Renhega oʻzgarttigan jamoa tarkibida qolgan[2].

2015-yilning 27-fevralida Yu Xitoy Superligasi vakili „Shanghai SIPG“ga o‘tgan[3]. U klub uchun birinchi golini 2015-yil 7-mart kuni Jiangsu Saintyga qarshi oʻyinda (2:1) kiritgan[4]. 2018-yilgi Xitoy Superligasi mavsumiga kelib bosh murabbiy Viktor Pereira Yuni chap qanot himoyachisiga aylantirgan, buning natijasida Shanxay SIPG birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritgan[5].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yu 23 yoshgacha boʻlgan Xitoy terma jamoasi aʼzosi boʻlgan va 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida jamoani sardori boʻlishi kutilgan edi, ammo xochsimon bogʻlamlari shikastlangani uchun u Olimoiya oʻyinlarida ishtirok eta olmagan. Oxir-oqibat, u Xitoy Superligasiga qaytganidan soʻng Shaanxi Chanba bilan muntazam oʻyinlar oʻtkazgan. U xalqaro maydondagi debyutini 2009-yilning 4-iyunida Saudiya Arabistoniga qarshi oʻyinda (4:1) oʻtkazgan[6]. Magʻlubiyatga qaramay, Yu oʻzini kuchli futbolchi sifatida koʻrsatishni davom ettirgan va 2010-yilgi Sharqiy Osiyo futbol chempionatida gʻolib chiqqan tarkibga kiritilgan. Bu esa 2011-yilgi OFK Osiyo Kubogida ishtirok etgan terma jamoaga chaqirilishiga sabab boʻlgan.

2014-yilning 24-dekabrida Yu Xitoyning 2015-yilgi Osiyo Kubogi uchun terma jamoasiga kiritilgan[7]. Guruhning dastlabki oʻyinida Xitoy Saudiya Arabistoni ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonganida u gʻalaba golini kiritgan[8].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Shaanxi Chanba 2004 Xitoy Super Ligasi 21 0 1 0 2 0 - - 24 0
2005 15 0 3 2 2 0 - - 20 2
2006 0 0 0 0 - - - 0 0
Jami 36 0 4 2 4 0 0 0 0 0 44 2
Vitesse 2006—2007 Eredivisie 2 0 0 0 - - - 2 0
2007—2008 8 0 0 0 - - - 8 0
Jami 10 0 0 0 0 0 0 0 0 0 10 0
Guizhou Renhe 2009 Xitoy Super Ligasi 29 3 - - - - 29 3
2010 29 4 - - - - 29 4
2011 28 3 3 1 - - - 31 4
2012 21 3 5 1 - - - 26 4
2013 25 3 5 3 - 6 0 - 36 6
2014 28 3 1 0 - 5 0 0 0 34 3
Jami 160 19 14 5 0 0 11 0 0 0 185 24
Shanghai SIPG 2015 Xitoy Super Ligasi 19 3 1 0 - - - 20 3
2016 29 1 2 0 - 10 1 - 41 2
2017 20 1 6 0 - 8 0 - 34 1
2018 22 1 3 1 - 8 1 - 33 3
2019 26 0 3 0 - 9 1 1 0 39 1
2020 11 0 1 1 - 6 0 - 18 1
Jami 127 6 16 2 0 0 41 3 1 0 185 10
Karyerada jami 333 25 34 9 4 0 52 3 1 0 424 36

Xalqaro statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Milliy terma jamoa
Yil Oʻyin Gol
2009 7 3
2010 12 3
2011 13 3
2012 4 0
2013 6 0
2014 7 0
2015 9 1
2016 7 1
2017 0 0
2018 6 0
Jami 71 11

Xalqaro maydondagi gollari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 25.07.2009 Olimpiya markazi stadioni, Tinjin, Xitoy  Qirgʻiziston 3 — 0 3-0 Oʻrtoqlik
2. 30.09.2009 Xohxot shahar stadioni, Hohhot, Xitoy  Botsvana 4 — 0 4-1 Oʻrtoqlik
3. 14.11.2009 Bayrut shahar stadioni, Bayrut, Livan  Livan 1 — 0 2-0 2011-yilgi Osiyo kubogi saralashi
4. 10.02.2010 Tokyo stadioni, Tokio, Yaponiya  Janubiy Koreya 1 — 0 3-0 2010-yil EAFF chempionati
5. 11.08.2010 Guangxi sport markazi, Nanning, Xitoy  Bahrayn 1 — 0 1-1 Oʻrtoqlik
6. 18.12.2010 Chjuxay sport markazi, Chjuxay, Xitoy  Estoniya 2 — 0 3-0 Oʻrtoqlik
7. 16.01.2011 Tani bin Jassim stadioni, Doha, Qatar  Oʻzbekiston 1 — 0 2-2 2011-yilgi Osiyo kubogi
8. 2.09.2011 Tuodong stadioni, Kunming, Xitoy  Singapur 2 — 1 2-1 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
9. 15.11.2011 Jalan Besar stadioni, Kallang, Singapur  Singapur 1 — 0 4-0 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
10. 10.01.2015 Lang Park, Brisben, Avstraliya  Saudiya Arabistoni 1 — 0 1-0 2015-yilgi Osiyo kubogi
11. 1.09.2016 Seul Jahon kubogi stadioni, Seul, Janubiy Koreya  Janubiy Koreya 1 — 3 2-3 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi

Guizhou Renhe

  • Xitoy FA kubogi : 2013[9]
  • Xitoy FA Superkubogi : 2014-yil

Shanghai SIPG

  • Xitoy Superligasi : 2018[10]
  • Xitoy FA Superkubogi : 2019[11]

Xitoy terma jamaosi

  • Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2010-yil
  1. „2-2 - 比赛结果-中超数据库-搜狐“. csldata.sports.sohu.com (2004-yil 16-may). Qaraldi: 2012-yil 18-sentyabr.
  2. „Only in the CSL: Shaanxi Chanba Moving to Guizhou in 2012“. wildeastfootball.net (2011-yil 6-dekabr). 2017-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-sentyabr.
  3. 上港宣布三新援:于海杨博宇埃弗拉加盟引援收官 at sports.sohu.com 2015-02-27 Retrieved 2015-02-27
  4. „中超-孔卡献助攻于海轰首球 上港2-1舜天“. sports.sohu.com (2015-yil 7-mart). Qaraldi: 2020-yil 15-aprel.
  5. „China 2018“. rsssf.com (2019-yil 7-mart). Qaraldi: 2020-yil 15-aprel.
  6. „China PR 1-4 Saudi Arabia“. teamchina.freehostia.com (2009-yil 4-iyun). Qaraldi: 2012-yil 18-sentyabr.
  7. „Asian Cup 2015: Zheng Zhi bolsters China's squad“. Sydney Morning Herald (2014-yil 24-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 17-yanvar.
  8. „Asian Cup: Saudi Arabia beaten 1-0 by China after missing penalty“. Australian Broadcasting Corporation (2015-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 17-yanvar.
  9. „足协杯-人和总分3-2恒大队史首夺冠 恒大三冠梦碎“. Sports.sina.com.cn (2013-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 19-avgust.
  10. „上海上港夺中超首冠 纪录夜翻开历史新篇章“ (zh). Thecfa.cn (2018-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 30-iyul.
  11. „超级杯-王燊超传射侯永永首秀 上港2-0胜国安夺冠“ (zh). Sports.sina.com.cn (2019-yil 23-fevral). Qaraldi: 2020-yil 30-iyul.