Kontent qismiga oʻtish

Yannick Tremblay

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yannick Tremblay
Tugʻilgan joyi 15-noyabr 1975-yil (1975-11-15) (49 yosh)
Pointe-aux-Trembles, Quebec, Kanada
Boʻyi 6 ft 2 in (188 cm)
Ogʻirligi 200 lb (91 kg; 14 st 4 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
Oʻynagan jamoalari Toronto Maple Leafs
Atlanta Thrashers
Adler Mannheim
Vancouver Canucks
HC Lugano
Straubing Tigers
Graz 99ers
Milliy jamoa  Kanada
NHLga kirish drafti 145-oʻrindagi tanlov, 1995
Toronto Maple Leafs
Jamoalardagi faoliyat 1996—2011

Yannick Tremblay (talaffuzi: Yannik Tremblay) (1975-yil 15-noyabrda tugʻilgan) – kanadalik sobiq professional xokkey himoyachisi. Yannick Tremblay Milliy xokkey ligasida (NHL) „Toronto Maple Leafs“, „Atlanta Thrashers“ va „Vancouver Canucks“ xokey jamoalarida oʻynagan.

Oʻyin faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshligida Yannick Tremblay 1988-yilda Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida „Pointe-aux-Trembles“ kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan[1].

Yannick Tremblay 1995-yilda NHLga kirish loyihasidaToronto Maple Leafs“ xokkey klubi safiga 145-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. 1995—1996-yillarda Yannick Tremblay „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubiing Amerika xokkey ligasi (AHL) filiali boʻlgan "St. Jonh’s Maple Leafs " xokkey klubi safida oʻtkazdi.

1999-yilda Yannick Tremblay „Atlanta Thrashers“ xokkey klubi safiga 1999-yilgi NHL kengayish loyihasida qabul qilindi. Shundan soʻng, Yannick Tremblay klub safida besh mavsum oʻtkazdi. Uning NHLdagi eng yaxshi statistik mavsumi 200—-2003-yilgi mavsumga toʻgʻri keladi. Oʻsha mavsumda Yannick Tremblay 75 ta oʻyinda maydonga tushib, 30 ochko jamgʻarishga muvaffaq boʻldi. „Atlanta Thrashers“ klubidagi faoliyatining oxiriga kelib, Yannick Tremblay 2010-yilning 14-yanvarida 107 ball bilan himoyachi tomonidan eng koʻp ochko toʻplash boʻyicha franchayzing rekordini oʻrnatdi. 2004—2005-yilgi NHL mavsumi bekor qilindi va Yannick Tremblay Germaniyaning Deutsche Eishockey Ligada (DEL) „Adler Mannheim“ xokkey klubi bilan faoliyatini davom ettirdi. 2006-yil 28-iyulda Yannick Tremblay „Vancouver Canucks“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi. Lekin Yannick Tremblay „Canucks“ klubi bilan atigi 12 ta oʻyin oʻtkazishga muvaffaq boʻldi. Chunki Yannick Tremblay 2006—2007-yilgi mavsumning koʻp qismini klubning AHL boʻlimi boʻlgan „Manitoba Moose“ xokkey jamoasi bilan oʻtkazdi[2].

Yannick Tremblay 2007-yil 18-iyulda Shveysariya Milliy A ligasi (NLA) vakili „HC Lugano“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi. Yannick Tremblay 2007—2008-yilgi mavsumda klub safida oʻynadi. Yannick Tremblay 2009-yilning iyul oyida „Straubing Tigers“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
1991—1992 Montréal-Bourassa Canadien QMAAA 35 2 3 5 10 8 0 4 4 2
1992—1993 Montréal-Bourassa Canadien CEGEP 21 2 5 7 10 3 0 0 0 2
1992—1993 Chicoutimi Saguenéens QMJHL 2 0 0 0 0
1993—1994 St. Thomas University AUS 25 2 3 5 10
1994—1995 Beauport Harfangs QMJHL 70 10 32 42 22 17 6 8 14 6
1995—1996 Beauport Harfangs QMJHL 61 12 33 45 42 20 3 16 19 18
1995—1996 St. Johnʼs Maple Leafs AHL 3 0 1 1 0
1996—1997 St. Johnʼs Maple Leafs AHL 67 7 25 32 34 11 2 9 11 0
1996—1997 Toronto Maple Leafs NHL 5 0 0 0 0
1997—1998 St. Johnʼs Maple Leafs AHL 17 3 6 9 4 4 0 1 1 5
1997—1998 Toronto Maple Leafs NHL 38 2 4 6 6
1998—1999 Toronto Maple Leafs NHL 35 2 7 9 16
1999—2000 Atlanta Thrashers NHL 75 10 21 31 22
2000—2001 Atlanta Thrashers NHL 46 4 8 12 30
2001—2002 Atlanta Thrashers NHL 66 9 15 24 47
2002—2003 Atlanta Thrashers NHL 75 8 22 30 32
2003—2004 Atlanta Thrashers NHL 38 2 8 10 13
2004—2005 Adler Mannheim DEL 14 1 4 5 16 14 2 6 8 6
2005—2006 Adler Mannheim DEL 46 11 17 28 44
2006—2007 Manitoba Moose AHL 44 12 20 32 40 12 3 7 10 11
2006—2007 Vancouver Canucks NHL 12 1 2 3 12
2007—2008 HC Lugano NLA 46 8 21 29 34 4 0 5 5 6
2009—2010 Straubing Tigers DEL 41 2 16 18 24
2010—2011 Graz 99ers AUT 54 9 22 31 44 4 0 0 0 6
AHL jami 132 22 54 76 78 27 5 17 22 16
NHL jami 390 38 87 125 178
DEL jami 101 14 37 51 84 14 2 6 8 6
  1. „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-yanvar.
  2. „Winnipeg Jets - Statistics“. Winnipeg Jets. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-oktyabr.