Kontent qismiga oʻtish

Ya — eto ti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Ya — eto ti“
Murat Nasirov qoʻshigʻi
„Kogda mi vmeste, nikto ne kruche“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1998
Yozib olingan 1998
Janr pop
Davomiyligi 4:04
Klipi
„Ya — eto ti“ YouTubeda

Ya — eto ti“ (ruscha: Я — это ты, yaʼni „Men — bu sen“) — rossiyalik xonanda Murat Nasirov ijro etgan qoʻshiq. 1998-yil eʼlon qilingan. „Ya — eto ti“ Nasirov repertuaridagi eng taniqli taronalarning biri boʻlib, xonanda qoʻshiq uchun 1998-yil „Zolotoy grammafon“ mukofoti bilan taqdirlangan. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham Muratovning oʻzi yozgan[manba kerak].

Nasirov „Ya — eto ti“ qoʻshigʻini ilk bor 1998-yilning fevral oyida Rossiyaning Chelyabinsk shahri drama teatrida ijro etgan. Premyera davomida xonanda shunday degan:

Hozir sizga mutlaq yangi qoʻshiqni ijro etib berishni istagan boʻlardim. Uning kelajagi bormi, yoʻqmi, siz hukm chiqarasiz. Qoʻshiqni nomi esa „Ya — eto ti“.[1]

Qoʻshiq klipini olish ishlari Praga shahrida olib borilgan[2]. Klip Rossiya telekanallarida xitga aylangan. Klip YouTube platformasiga 2011-yilning oktyabrida yuklanganidan 2022-yilning sentyabriga qadar 21 million martadan oshiq koʻrilgan[3].

2021-yil „SOLDOUT“ dueti qoʻshigʻi kaverini eʼlon qilgan[4]. Kaver tanqidchilar va boshqa xonandalar tomonidan yuqori baholangan.

  1. „Интересный факт: великую песню "Я — это ты" Мурат Насыров впервые спел со сцены в Челябинске“ (ruscha). Хорошие новости (31-may 2016-yil). Qaraldi: 8-sentyabr 2022-yil.
  2. „MADE IN PRAGUE: ВСЕ ЭТИ КЛИПЫ СНИМАЛИ В ПРАГЕ“ (2015-yil 7-iyul). 2023-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-mart.
  3. „Мурат Насыров - Я это ты (Official video)“. YouTube (25-oktyabr 2011-yil). Qaraldi: 8-sentyabr 2022-yil.
  4. „Группа SOLDOUT представила новый трек «Я – это ты»“ (ruscha). АртМосковия (29-iyun 2021-yil). Qaraldi: 8-sentyabr 2022-yil.