Kontent qismiga oʻtish

Vandal Savage

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vandal Seveyj (inglizcha: Vandal Savage) DC Comics olamidagi superyovuzdir. Qahramon yozuvchi Alfred Bester va rassom Martin Nodell tomonidan yaratilgan. Uning debyuti 1944-yil dekabr oyida Green Lantern Vol. 1 #10 komiksida sodir boʻlgan.

Seveyj boqiydir[1] va ibtidoiy jamoa davrlarida jinoiy ish boshlagan. U ajoyib taktik fikrlash va texnologik bilimga ega. Seveyj DC Comics olamida eng koʻp uchraydigan yovuzlardan biridir.

Qahramon biografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miloddan avvalgi 50000 yil oldin, Vandal Seveyj CrO-Magnon boʻri qabilasining yetakchisi edi. Bir kuni u Yerga tushgan meteoritning gʻalati gazlari taʼsiri ostida qoldi. Shuning uchun u ajoyib aql va boqiylikka ega boʻldi. Shu bilan birga, yana bir personaj paydo boʻldi — Oʻlmas OdAyiqlar Qabilasining yetakchisi Seveyjning qasoskor dushmani. U oʻziga meteorit boʻlagidan tumor yasadi, bu unga bir qator qobiliyatlarni, jumladan, tirilish orqali boqiylikni ham berdi.

Inqirozgacha boʻlgan koinotda Seveyj Yer-2'da edi. Biroq, kelajakni kashf etgan sehrgar tufayli, u Yer-1 va Adolat Ligasining mavjudligi haqida bilib oldi[2].

Seveyj tarixda oʻzining birinchi izini tanlangan bir guruh odamlar bilan birga yoʻqolgan Atlantis shahrini muvaffaqiyatli vayron qilganida qoldirdi. Oʻsha bir guruh odamlar Seveyj boshchiligda Illuminati sifatida tanilgan.

Seveyj, Hefren, Xeops, Buyuk Aleksandr, Yuliy Tsezar (garchi Yuliy Tsezarning oʻldirilishida ishtirok etganini taʼkidlasada), Chingizxon, Qorasoqol va Vlad Tepesh kabi nomlar ostida yuzlab tamaddunlarni boshqarganligini taʼkidlaydi. U Jek Ripper nomi bilan viktorian davri Londonini dahshatga solgan. Biroq shon-shuhrat unga yomonlik qilishi va ertami-kechmi o‘ldirilishi mumkinligini anglab yetganidan so‘ng, u soyada qolishga qaror qildi. Shuning uchun u Erik Malla, Vilgelem I Bosqinchi (Ser

Qarshi olinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilda Vandal Seveyj "IGNning 100ta eng yaxshi komiks yovuzlari" roʻyxatidan 36-oʻrinni egalladi[3].

Boshqa mediada

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi marta "Smolvil", "Ertangi kun Afsonalari", "Oʻq" va "Flesh" teleseriallarida yovuz qahramon sifatida paydo boʻldi. Ular Vandal Seveyjni xassa bilan magʻlubiyatgm uchratib, uni kulga aylantiradilar ammo epizodning oxirida yndan qolgan kulni Malkolm Merlin toʻplab, Seveyj undan qarzdor boʻlishini taʼkidlaydi.

Qahramonni daniyalik aktyor Kasper Kramp ijro etgan. "Ertangi kun afsonalari" serialining asosiy antagonistlaridan biri.

"Yosh Adolat" multserialidagi asosiy yovuz boʻlib, u yerda "Yorugʻlik" kengashining yetakchisi edi.

  1. The Flash Vol. 2 #2, 1987
  2. Action Comics, #516
  3. „Vandal Savage is number 36“. IGN. Qaraldi: 2015-yil 2-oktyabr.