Kontent qismiga oʻtish

Ulugʻ Vatan urushi (atama)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ulugʻ Vatan urushi“ (ruscha: Вели́кая Оте́чественная война́[n 1]) — Sovet Ittifoqiga fashistlar Germaniyasi va uning ittifoqchilari urush eʼlon qilishidan to agressorlar magʻlub boʻlgunigacha davom etgan Ikkinchi jahon urushi qismining nomlanishi.

„Ulugʻ Vatan urushi“ deb Sovet Ittifoqi oʻzini himoya etish uchun jahon urushiga majburan qoʻshilgan davr nazarda tutiladi. Ushbu davr 1941-yil 22-iyundan 1945-yil 9-mayga qadar davom etgan. Atama Rossiya va ayrim sobiq sovet respublikalarida xalq tomonidan keng qoʻllanadi. Sovet davrida Oʻzbekistonda ham shu atama davlat darajasida qoʻllangan. Lekin mamlakat mustaqillikka erishganidan keyin bu atama mahalliy matbuotda 1941-1945 yillardagi urush nomi bilan zikr etila boshlangan.

Ikkinchi jahon urushi davomida roʻy bergan mahalliy harbiy toʻqnashuvlar koʻpchilik ishtirokchi davlatlarda alohida atamalar bilan nomlanadi. „Ulugʻ Vatan urushi“ ham MDH davlatlaridagi shunday atamadir.

  1. ozarbayjoncha: Бөјүк Вәтән мүһарибә��и; belaruscha: Вялікая Айчынная вайна; estoncha: Suur Isamaasõda; armancha: Մեծ Հայրենական պատերազմ; gruzincha: დიდი სამამულო ომი; qozoqcha: Ұлы Отан соғысы; qirgʻizcha: Улуу Ата Мекендик согуш; litovcha: Didysis Tėvynės karas; latishcha: Lielais Tēvijas karš; mold.: Мареле Рэзбой пентру апэраря Патрией; tojikcha: Ҷанги Бузурги Ватанӣ; turkmancha: Бейик Ватанчылык уршы; tatarcha: Бөек Ватан сугышы, ukraincha: Велика Вітчизняна війна.