Kontent qismiga oʻtish

Uleksit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uleksit, boronatrokaltsit — suvli boratlarning kichik sinfiga mansub mineral. NaCa[B5O9]8H2O. Monoklin singoniyada kristallanadi. Rangi oq, ipakdek yoki shishasimon yaltiraydi. Shaffof, yorugʻlik oʻtkazish xususiyatiga ega. Qattikligi 1—2,5, zichligi 1,9—2 g/sm5. Moʻrt, issiq suvda eriydi. Xemogen — choʻkindi genezisga ega, gipergen mineral singari koʻllardagi choʻkindilarda uchraydi. Bor rudasi. Konlari Rossiya Federatsiyasi (Inder), AQSH (Nevada), Argentina, Chili va Xitoyda mavjud.