Tsukuba
Tsukuba つくば市 | |
---|---|
alohida shahar | |
36°02���0″N 140°04′0″E / 36.03333°N 140.06667°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{tuman_turi}}} | Ibaraki |
Hukumat | |
• Mer | Tatsuo Igarashi |
Asos solingan | 1889 |
Ilk eslatilishi | 180-yil |
Maydon | 283.72 km2 (109.54 kv mi) |
Aholisi (2021) |
249,656 |
Zichligi | 880 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9 |
|
Tsukuba (yaponcha: つくば市 Tsukuba-shi) — Ibaraki prefekturasining janubiy qismida joylashgan, Yaponiyada alohida maqom berilgan shahar. Shahar maydoni 284,07 km²ni, aholisi esa 244 528 kishini (2020-yil 1-iyulga koʻra[1]) tashkil etadi. Aholi zichligi – 862 kishi/km².
Yaponiyaning „Ilmiy shahri“ deb ham ataladi. Bu yerda sanoat texnologiyalari, qishloq xoʻjaligi, Yaponiya aerokoinot tadqiqotlari agentligi, KEK, Tsukuba universiteti, Tsukuba Davlat texnologiya instituti va boshqa koʻplab davlat hamda xususiy ilmiy-maʼrifiy muassasalari mavjud.
1985-yilda Tsukubada Expo 85 butunjahon koʻrgazmasi boʻlib oʻtgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tsukuba togʻi Heian jidai davridan boshlab mahalliy ziyorat maskani hisoblanadi. Keyinchalik Tsukuba shahrining bir qismiga aylangan joylar Tokugava syogunligi feodal mulklariga qarashli Yatabe knyazligida Hosokava urugʻining kichik tarmogʻi tomonidan boshqarilgan. Meiji islohotlaridan soʻng munitsipalitetlarning zamonaviy tizimi yaratilgach, 1889-yil 1-aprelda Tsukuba tumanida Yatabe shahriga asos solingan.
1960-yillardan boshlab shahar hududida keng qurilish ishlari boshlangan. Shahar markazining qurilishi, Tsukuba universiteti va 46 davlat fundamental ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari 1970-yillarda qurilgan. Tsukuba ilmiy shahri oʻz faoliyatini 1980-yillarda boshlagan. Butunjahon Expo '85 koʻrgazmasi Tsukuba ilmiy shahrining maʼmuriy jihatda hamon bir necha shaharchalar va qishloqlar orasida boʻlingan qismida oʻtkazilgan. Ushbu koʻrgazmaning oʻziga xos yodgorligi, bu – oʻz davrida dunyodagi eng baland, 85 metrlik „Technocosmos“ charxpalagi boʻlgan.
1987-yilning 30-noyabrida Yatabe shahri qoʻshni Oho va Toyosato, Sakura qishlogʻi bilan birlashtirilib, Tsukuba shahri shakllantiriladi. Qoʻshni Tsukuba qoʻrgʻonchasi esa 1988-yil 1-yanvarida shaharga qoʻshiladi, 2002-yil 1-noyabrda esa Kukizaki shahri ham qoʻshib yuboriladi.
2000-yilga kelib shahardagi 60 milliy tadqiqot institutlari va 2 milliy universitet 5 yoʻnalish: oliy taʼlim va oʻqitish, qurilish tadqiqotlari, fizik va muhandislik tadqiqotlari, biologik va qishloq xoʻjaligi hamda jamoat obyektlari zonalariga guruhlashtiriladi. Bu zonalar 240dan koʻproq xususiy tadqiqot markazlari bilan oʻrab olingan.
Shahardagi eng mashhur institutlar, bular – Tsukuba universiteti, Yuqori energiya tezlashtiruvchilarini oʻrganish boʻyicha tashkilot (KEK), Elektrotexnika laboratoriyasi, Mashina ishlab chiqarish hamda Materiallar va kimyoviy tadqiqotlar Milliy instituti. Tsukuba – koʻpmillatli shahar ham hisoblanib, unda 7500ga yaqin xorijiy talabalar va 133 mamlakatdan tadqiqotchilar istiqomat qiladilar.
Soʻnggi bir necha oʻnyilliklar davomida Yaponiya tadqiqot va ishlanmalar uchun ajratilgan davlat byudjetining deyarli yarmi Tsukubaga yoʻnaltirilgan. Tsukubada muhim ilmiy kashfiyotlar sodir boʻlgan. Tadqiqotlar oʻz ichiga yuqori oʻtkazuvchan materiallar molekulyar tuzilmasining identifikatsiyasi va ixtisoslashuvi, yorugʻli oʻzgarishiga qarab elektrik oʻtkazuvchanligini oʻzgartiruvchi organik optik plyonkalarni ishlab chiqish va ekstremal darajada past bosimli vakuum kameralar ixtirosini qamrab oladi. Tsukuba Yaponiya hukumati va sanoatining fundamental tadqiqotlar sohasidagi hamkorligi uchun jahondagi eng dolzarb manzillaridan biriga aylandi. Zilzilalardagi xavfsizlik choralari, tabiatning degradatsiyaga yuz tutayotgani, yoʻllarni oʻrganish, fermentatsiya, oʻsimliklar mikrobiologiya va genetikasini tadqiq etish – mustahkam davlat-xususiy sherikchiligi bilan bogʻliq keng tadqiqot mavzularidan baʼzilari hisoblanadi.
2007-yil 1-apreldan Tsukuba Oshirilgan avtonomiyali alohida shahar deb eʼlon qilingan.
2012-yil 6-mayda Tsukubaga tornado yopirilgan. U koʻplab binolarga jiddiy zarar yetkazib, 20 mingga yaqin aholini elektr tokisiz qoldirgan. Yaponiya metereologiya agentligi bu tornadoga Fujita shkalasi boʻyicha F-3 reytingini bergan. Bu Yaponiyaga zarar keltirgan tornadolarning eng kuchlisidir. Baʼzi joylarda esa yetgan ziyon darajasi F-4 reytingiga ham toʻgʻri keladi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mahalliy iqtisodiyoti anʼanaviy ravishda guruch yetishtirishga bogʻliq boʻlgan. Tsukuba Ibaraki prefekturasidagi eng katta sugʻoriluvchi dalalarga ega. Tsukuba ilmiy shahriga asos solinganidan soʻng hukumat va xususiy sektor tomonidan tashkil etilgan tadqiqot institutlari ortidan koʻplab fabrika va tadbirkorlik subyektlari paydo boʻldi.
Tsukubada ushbu korxonalarning bosh idoralari faoliyat olib borgan
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Intel Japan (1980—2016)
- Cyberdyne Inc.
- SoftEther Corporation
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oliy taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tsukuba universiteti, Tsukuba Campus
- Tsukuba texnologiya universiteti Milliy universitet korporatsiyasi
- Ilgʻor tadqiqotlar universiteti, Tsukuba Campus
- Tsukuba Gakuin universiteti
Boshlangʻich va oʻrta taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tsukubada 29 jamoat boshlangʻich maktablari va 12 jamoat oʻrta maktablari bor. Ular shahar hokimligi tomonidan boshqariladi. Shaharda xalqaro maktablar – Tsukuba xalqaro maktabi va Liberty xalqaro maktabi, shuningdek, Braziliya maktabi – Instituto Educare (Escola Pingo de Gente) bor[2].
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temiryoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]Metropolitan Intercity Railway Company – Tsukuba Express
- Tsukubadagi bekatlar: Midorino - Bampaku-kinenkōen - Kenkyū-gakuen - Tsukuba
- Mount Tsukuba Cable Car
- Mount Tsukuba Ropeway
Eʼtiborga loyiq joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muzeylari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Xarita va tadqiqot ilmiy muzeyi
- Tsukuba Expo Center – Planetariy
- JAXA Tsukuba Fazo Markazi
- KEK koʻrgazma zali
- Tsukuba botanika bogʻi
- Geologiya muzeyi
- Cyberdyne Studio - robot texnologiyalari studiyasi
Boshqa manzillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tsukuba togʻi
- Tsukubasan qadamjosi
- Hirasawa Kanga toshbitiklari arxeologik ziyoratgohi Hirasawa Kanga ruins archaeological site (Milliy tarixiy ziyoratgoh maqomida)
- Oda Qasri qadamjosi (Milliy tarixiy ziyoratgoh maqomida)
- Kanamura Wake Ikazuchi qadamjosi
Galereyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://www.pref.ibaraki.jp/kikaku/tokei/fukyu/tokei/sugata/localtsukuba.html[sayt ishlamaydi]
- ↑ arxiv nusxasi, 12-oktabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 23-may 2022-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format ()