Kontent qismiga oʻtish

Toʻmaris (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toʻmaris

Turkcha film posteri
Rejissyor(lar) Akan Satayev
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) Aliya Nazarboyeva
Timur Zhaksylykov
Rollarda
  • Almira Tursyn
  • Adil Akhmetov
  • Aizhan LighG
  • Erkebulan Dayirov
Bastakor(lar) Renat Gaisin
Alim Zairov
Studiya(lar)
Chiqarilgan sanasi 2019-yil
Davomiyligi 195 daqiqa
Mamlakat Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Til Qozoqcha
Byudjeti US$6.5 million
Daromadi $1,3 milion

Toʻmaris (qozoqcha: Томирис) — 2019-yilda rejissyor Akan Satayev tomonidan suratga olingan Qozogʻiston badiiy filmi boʻlib, unda massagetlar malikasi Toʻmaris va Ahamoniylar davlati sultoni Kir II Buyuk haqida hikoya qilinadi. Filmda bosh rollarni Almira Tursyn, Aizhan Lighg va Gʻasson Masʼud kabi aktyorlar ijro etgan.

Film Qozogʻiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi buyurtmasi asosida suratga olingan. Toʻmaris haqida film yaratish gʻoyasi Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning kenja qizi Aliya Nazarboyevaga tegishli boʻlib, keyinchalik u filmning bosh prodyuseri sifatida qabul qilingan.

Filmning premyerasi 2019-yil 25-sentabr kuni Qozogʻistonning Ostona shahrida boʻlib oʻtdi. Film tanqidchilar tomonidan turlicha baholarga sazovor boʻldi va 2020-yil iyul holatiga koʻra film byujeti $6,5 millionni tashkil qilgan, lekin $1,3 million daromad keltirgan.

Toʻmaris Kaspiy dengizining sharqida, hozirgi Turkmaniston, Afgʻoniston, Gʻarbiy Oʻzbekiston va Qozogʻistonning janubiy qismlarida joylashgan Markaziy Osiyoning skif chorvador-koʻchmanchi qabilalaridan biri boʻlgan massagetlarning malikasi boʻlib, u miloddan avvalgi VI asrda hukmronlik qilgan[1][2]. Toʻmaris oʻz qabilasini Ahamoniylar davlatining sultoni Kir II Buyuk hujumidan himoya qilgan boʻlib, Gerodotning soʻzlariga koʻra, miloddan avvalgi 530-yilda uni magʻlub etib oʻldirgan[3].

Toʻmarisning ashaddiy dushmani Kir II BuyukKir II Buyuk birinchi Fors imperiyasi Ahamoniylar davlatining asoschisi hisoblanadi. Uning hukmronligi davrida imperiya qadimgi Yaqin Sharqning barcha oldingi sivilizatsiyalashgan davlatlarini oʻz ichiga olgan, juda kengayib, oxir-oqibat Gʻarbiy Osiyoning koʻp qismini va Oʻrta Osiyoning katta qismini bosib olgan. Kir II Buyuk gʻarbda Oʻrta yer dengizi, Dardanell boʻgʻozidan Hind daryosigacha boʻlgan dunyo hali koʻrmagan eng katta imperiyani yaratgan[4].

Film Gerodotning fors shohi Kir II Buyukning massagetlar bilan urush paytida vafot etgani haqidagi hikoyaga asoslangan boʻlib, unga malika Toʻmaris qoʻmondonlik qilgan[5].

Hikoya Saklar-Massagetlar urugʻlari oʻrtasidagi urushda qatnashgan Toʻmarisning otasi qabila sardori Spargapning qisqacha tarjimai holi bilan boshlanadi. Spargap oʻzining notiqligi va qilichi bilan sahro qabilalarini birlashtirishga harakat qiladi, ammo hech qanday natija boʻlmaydi. Ular orasida makkorligi bilan alohida ajralib turadigan Kavaz va Kurtun ismli rahbarlar oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun yagona hokimiyat ostida birlashishga ikkinlanishyapti. Bu vaqtda esa Spargapning qizi Toʻmaris tugʻiladi, lekin onasi Bopay esa tugʻruq paytida vafot etadi. Spargap qiziga shaxsan gʻamxoʻrlik qiladi va qizi Toʻmarisga qilichdan toʻgʻri foydalanishni, ot minishni, shuningdek, boshqa koʻchmanchi qabilalar uchun zarur boʻlgan ishlarni oʻrgatadi. Bundan tashqari Toʻmaris lager hayotining qiyinchiliklarini ham oʻrganadi.

Bir qancha vaqt oʻtgach, Kavaz va Kurtun xorazmliklar bilan yashirin bitim tuzib, qabila sardori Spargapni oʻldirishadi va oilasini qirgʻin qilishadi. Qirgʻinda faqat Toʻmarisgina omon qolishgan muvaffaq boʻladi. U oʻrmonga yashirinib, otasining oʻlimi uchun albatta qasos olishga vaʼda beradi. Bir necha yil oʻtgach Toʻmaris otasining, oilasining qotillaridan qasos olib, vataniga qaytib keladi. Toʻmaris u yerda malika deb eʼlon qilinadi va uning ittifoqchisi boʻlgan qoʻshni qabila sardorining oʻgʻli bilan oila quradi.

Yillar oʻtib fors shohi Kir II Buyuk Toʻmarisning eri va uning oʻgʻillaridan birini aldab oʻz poytaxtiga olib boradi. Ular u yerda Ahamoniylar davlati va Massagetlar oʻrtasida yuzaga kelgan siyosiy masalalarni muhokama qilishadi. Kir II Buyuk massagetlarni oʻziga boʻysundirib, ularni oʻz vassaliga aylantirmoqchi boʻladi. Toʻmarisning eri va oʻgʻli Kir II Buyukning buyrugʻi bilan uning saroyida qatl qilinadi. Toʻmaris buni Massagetlar ortidan yashirincha Fors poytaxtiga borgan asrandi oʻgʻli orqali bilib oladi.

Forslar Massagetlarga Kir II Buyukning Toʻmarisga uylanishi orqali tinchlik shartnomasi tuzilishini taklif qilishadi. Toʻmaris taklifni rad etib, Kir II Buyukni har qanday bosqinchilikdan ogohlantiradi, lekin Kir II Buyuk qoʻshini bilan Yaksart tomonga yurish boshlaydi. Keyingi urushda massagetlar forslarni magʻlubiyatga uchratib, katta yoʻqotishlarga duchor boʻladilar. Oxirgi jangda Kir II Buyuk ham halok boʻladi.

Ishlab chiqilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film Qozog‘iston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan buyurtma asosida suratga olingan. Toʻmaris haqidagi film gʻoyasi Qozogʻistonning birinchi prezidentini qizi Aliya Nazarboyeva tegishli boʻlib[6], 2017-yil dekabr oyida suratga olish ishlari boshlangan va sahnalar Qozogʻistonning turli hududlarida suratga olingan. Zamonaviy tarixchilar massagetlarni koʻchmanchi Eron xalqi deb hisoblashlariga qaramay, filmda massaget qahramonlari qadimgi turkiy tilda, fors qahramonlari esa yangi fors tilida gaplashishadi[7][8]. Filmning byudjeti $6,5 milionni tashkil etgan[5].

Toʻmaris rolini ijro etish uchun 15 ming kishi orasidan psixolog Almira Tursyn tanlangan. U ot minish va kamondan otish boʻyicha professional saboq olib, qilich va pichoqlardan foydalanishni oʻrgangan[9].

Namoyish etilishi va tanqidlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film Qozogʻistonda 2019-yil 1-oktabrda kinoteatrlarda namoyish etildi. Filmning tarqatish huquqi Italiya uchun Blue Swan, Fransiya uchun SND Films, Ispaniya uchun Art Mood, Yaponiya uchun AT Entertainment, Yaqin Sharq uchun Gulf Film, Janubiy Koreya uchun Challan, MDH uchun Paradise/MGN, Singapur uchun Shou, Ruminiya uchun Program 4 Media, Turkiya uchun Siyah Bayez filmlari va AQSh uchun Well Go USA kompaniyalariga sotilgan[10][11]. Bundan tashqari filmni AQSh va Kanadada tarqatish Amazon Prime Videoda amalga oshiriladi[12].

Film turlicha sharhlarga ega boʻlgan. Tarixchilar va tadqiqotchilar tomonidan Gerodotning ushbu voqealar haqidagi talqinlari umuman qabul qilinmagan[13] va filmdan farqli oʻlaroq, massagetlar eron tilida soʻzlashuvchi skif xalq boʻlsa ham, filmdagi barcha qahramonlar turkiy tilda gaplashgan. Film Qozoq va Eron jamoatchiligi tomonidan, asosan ikki davlat tarixiga feministik yondashuv sifatida qaralgani uchun tanqid qilindi. Eron jamoatchiligi ham filmda Gerodotning shoh Kir II Buyukning oʻlimi haqidagi talqinidan foydalangani sababli oʻz eʼtirozlarini bilgirgan[13].

Baʼzi kuzatuvchilarning fikricha, film Qozogʻistonning sobiq rahbari Nursulton Nazarboyevning qizi Darigʻa Nazarboyevaning kelajakdagi prezidentlikka nomzodini oddiy qozogʻistonliklar orasida koʻproq yoyish uchun moʻljallangan boʻlishi mumkin[14].

Film Fransiyaning 2020-yilgi L'Étrange festivalida Nouveau janridagi Buyuk mukofotni qoʻlga kiritdi[15]. 2020-yil iyul holatiga koʻra film byujeti $6,5 millionni tashkil qilgan, lekin $1,3 million daromad keltirgan[16].

  1. Gershevitch, Ilya. The Cambridge History of Iran (Volume II). Cambridge University Press, 1985, ISBN 0-521-20091-1, p. 48.
  2. Grousset, René. The Empire of the Steppes. Rutgers University Press, 1989, ISBN 0-8135-1304-9, p. 547.
  3. Mayor, Adrienne. Greek Fire, Poison Arrows, and Scorpion Bombs: Biological and Chemical Warfare in the Ancient World. New York, Overlook Duckworth, 2003; pp. 157–159
  4. Kuhrt, Amélie „13“, . The Ancient Near East: c. 3000–330 BC. Routledge, 1995 — 647-bet. ISBN 0-415-16763-9. 
  5. 5,0 5,1 „Tomiris (2019)“ (Russian). Kino-teatr.ru. 2021-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-avgust.
  6. „Kazakhfilm, Sataifilm to start work on historical film about Tomiris“. Kazinform (2017-yil 10-aprel). 2020-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-oktyabr.
  7. Karasulas, Antony. Mounted Archers of the Steppe 600 BC-AD 1300 (Elite). Osprey Publishing, 2004, ISBN 184176809X, p. 7.
  8. Wilcox, Peter. Romeʼs Enemies: Parthians and Sassanids. Osprey Publishing, 1986, ISBN 0-85045-688-6, p. 9.
  9. „Tomiris awaits its viewers“ (Turkish). Türktoyu – Discover a Turkic World. 2020-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-may.
  10. Barraclough. „Epic Action-Adventure ‘Tomiris,' About Kazak Warrior Queen, Sells to Key Territories“. Variety (2020-yil 25-iyun). 2020-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-oktyabr.
  11. „Фильмы | AO „Kazaxfilm“ im. Shakena Aymanova“. www.kazakhfilmstudios.kz. 2021-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-may.
  12. „Amazon Prime: le film historique "Tomiris" bientôt dispo en France ?“. 2021-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-may.
  13. 13,0 13,1 Adilbekov. „This is feminist film“ (Russian). www.informburo.kz (2019-yil 29-sentyabr). 2020-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-may.
  14. Auyezov. „Will life imitate art? Steppe queen movie makes Kazakhs wonder“. Reuters. 2020-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  15. „Kazakh Film "Tomiris" Wins Nouveau Genre Prize at L'Étrange Festival in France“. Astana Times (2020-yil 16-sentyabr). 2020-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-oktyabr.
  16. „The payback of Kazakhstani cinema was no higher than 16% of production costs“ (Russian). Zona KZ (2020-yil 7-iyul). 2020-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-avgust.