Kontent qismiga oʻtish

Ti menya zabud

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Ti menya zabud“
DJ Piligrim qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 2007
Yozib olingan 2007
Davomiyligi 4:28
Matn muallif(lar)i DJ Piligrim
Bastakor(lar) DJ Piligrim
Klipi
„Ti menya zabud“ YouTubeda

Ti menya zabud“ (ruscha: Ты меня забудь, yaʼni „Sen meni unut“) — oʻzbek DJi va xonandasi DJ Piligrim (haqiqiy ismi Ilhom Yoʻlchiyev) ijro etgan qoʻshiq. 2008-yil yakunida eʼlon qilingan, ammo ayrim manbalarda 2008-yil chiqarilgan, deb yozilgan. Qoʻshiq xonandaning „Ti menya…“ nomli albomiga kiritilgan. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham DJ Piligrim yozgan. Tarona xonandaning 2020-yil qilingan „Pesni na russkom 2020 Vol-1“ terma albomiga kiritilgan[1]. Qoʻshiq nafaqat Oʻzbekistonda, balki qoʻshni respublikalarda hamda Rossiyada xitga aylangan[2]. DJ Piligim aynan shu qoʻshiq eʼlon qilinishi ortidan Rossiyada shuhrat qozongan[3].

„Ti menya zabud“ qoʻshigʻi uchun olingan klipda DJ Piligrim oq rangli xonani barbod qiladi. Klip davomida u yugurib ketayotgani ortga aylantirib koʻrsatiladi. Klipning ikkinchi yarmida uy barbod qilingan kadralar ortga qaytariladi. Video yakunida esa DJ Piligrim taronani tomoshabinlar oldida ijro etayotyani tasvirlangan. Klip 2007-yil eʼlon qilingan, ammo DJ Piligrimning rasmiy YouTube kanaliga 2020-yilda yuklangan.

2020-yil DJ Piligrim qoʻshiqni kelib chiqishi qozogʻistonlik xonanda Natan bilan yangi talqinda ijro etgan[4]. Mazkur versiyada Natan yangi yozilgan kupletlarni kuylagan.

  1. „Все песни на русском 2020 Vol-1“. Spotify. Qaraldi: 15-oktyabr 2022-yil.
  2. Малахова, Наталья „DJ Piligrim: от попа к мантрам“ (ruscha). Московский Комсомолец (22-sentyabr 2016-yil). Qaraldi: 14-oktabr 2022-yil.
  3. „Как сложилась жизнь DJ Piligrim исполнителя хита «Ты меня прости ты меня забудь»“ (ruscha). Veasy (28-aprel 2020-yil). Qaraldi: 14-oktabr 2022-yil.
  4. „Natan & DJ Piligrim записали новую версию песни «Ты меня забудь»“ (ruscha). Музолента (26-fevral 2020-yil). 2022-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-oktabr 2022-yil.