Kontent qismiga oʻtish

Termometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bimetal termometr
Bimetal termometr

Termometr (termo... — issiq va metr) — haroratni oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Ishi moddalarning kengayishi, elektr qarshiligi, gaz bosimi va boshqalarning traga bogʻlikligiga asoslangan. Termometrning suyuqlikli, gazli va qarshilikli turlari bor. Ulardan eng soddasi suyuqlikli termometrlar, asosan, rezervuar, naycha va shkaladan iborat. Rezervuar suyuqlik, masalan, simob bilan toʻldirilgan boʻladi. Harorat ortishi bilan rezervuardagi simob kengaya boradi va unga ulangan naycha ichida simob koʻtariladi. Harorat qancha yuqori boʻlsa, simob shuncha kengayadi va naycha boʻylab u shuncha yuqori koʻtariladi. Masalan, —35° dan Q750° gacha haroratni oʻlchashda simob (—80° dan 170° gacha — etil spirta, —200° dan Q20° gacha — pentan, — 20° dan Q300° gacha — kerosin) bilan toʻldirilgan termometrlar ishlatiladi. Turmushda, tibbiyot va meteorologiyada suyuqlikli termometrlardan qoʻllanadi.

Fan va texnikada 269° dan Q1063° gacha haroratni oʻlchashda gazli termometrlar qoʻllanadi. Bu termometrlar gaz (past harorat holatida geliy, yuqori haroratlarda esa azot) bilan toʻldirilgan idish, simobli aniq manometr va ularni ulovchi kapillyardan iborat.

Bunda temperatura gazning hajmi yoki bosimi oʻzgarishi orqali aniqlanadi. Sanoatda —60° dan Q550° gacha haroratni oʻlchashda koʻpincha manometrik termometrdan foydalaniladi. Bu termometr gaz (azot), but (xlorli etil) yoki suyuqlik (simob) bilan toʻldirilgan ballon hamda kapillyar va prujinali manometrdan iborat germetik tizimdan iborat. Temperatura oʻzgarishi bilan tizimdagi bosim oʻzgaradi, prujina deformatsiyalanadi, natijada mil shkala boʻylab harakatlanadi. Elektr qarshiligining traga bogʻliqligiga asoslangan qarshilik termometrlari va termoelektr yurituvchi kuchning traga bogʻlikdigiga asoslangan termoparalar ham fan va texnikada keng qoʻllanadi. Bunday termometrlar yordamida —200° dan Q500° gacha haroratni oʻlchash mumkin[1].