Kontent qismiga oʻtish

Tautomeriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tautomeriya (yun. tautos xuddi oʻzi va meros — ulush, qism)— qaytar izomeriya hodisasi. Bu jarayonda ayni birikmaning 2 va bir necha izomeri bir-biriga aylanib turadi. Tautomeriya — dinamik izomeriya. Agar kimyoviy sistemada izomer — tautomer muvozanat qaror topgan boʻlsa, unda har qaysi izomerdan maʼlum va oʻzgarmas miqdor boʻladi. Bu sistemadagi ayrim izomerlar miqdori tashqi va ichki omillar (erituvchi, tra, eritmadagi vodorod ionlari konsentratsiyasi va boshqalar)ga bogʻliq boʻladi. T., asosan, organik birikmalarda uchraydi. Unga koʻp hollarda molekuladagi vodorod hamda qoʻsh bogʻ oʻrnining oʻzgarishi sabab boʻladi. Tautomeriyani oʻrganishda kimyoviy va fizik usullar qoʻllanadi. Tautomeriya texnika va tirik organizmlar uchun muhim ahamiyatga ega. Koʻpgina kimyo texnologiya jarayonlari (ayniqsa, dori va boʻyoq moddalar sintezi) Tautomeriya hodisasi bilan chambarchas bogʻliq.