Kontent qismiga oʻtish

Singapur gerbi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Singapur gerbi
Mamlakat Singapur

Singapur gerbi Janubi-Sharqiy Osiyoda joylashgan Singapur orol davlatining rasmiy ramzidir. Gerb 1959-yilda Singapur Britaniya imperiyasi tarkibida oʻzini oʻzi boshqarish huquqiga ega boʻlganida qabul qilingan. Bosh vazir oʻrinbosari To Chin Chay boshchiligidagi qoʻmita Singapur gerbi, shuningdek, davlat bayrogʻi va madhiyasini qabul qildi. Davlat gerbi faqat hukumat tomonidan ishlatilishi mumkin, ammo u davlat pullari va nishonlarida, shuningdek, Singapur fuqarolarining pasportida keng qoʻllanadi. 1963-yilda referendum natijasida Singapur gerbida uning tarkibiy qismlarining timsollari tasvirlangan Malayziya Federatsiyasi tarkibiga kirdi,. 1965-yilda Singapur Federatsiya tarkibidan chiqqanidan soʻng, 1959-yilgi sobiq gerb qayta tiklandi.

Singapurning gerbi qizil qalqon boʻlib, unda shoxlari yuqoriga koʻtarilgan kumush yarim oy va uning tepasida aylana ichiga joylashtirilgan beshta besh qirrali yulduz tasvirlangan. Qalqondorlar — malay tilida oltin harflar bilan: „Majulah Singapura“shiori yozilgan ikkita oltin palma barglari ustida turgan, tik holda turgan (toʻgʻriga qarovchi) tabiiy ranglardagi sher va yoʻlbarsdir,.

Yangi oy yuksalayotgan yosh xalqni, beshta oq yulduz esa multikulturalizmni oʻz ichiga olgan turli milliy gʻoyalarni ifodalaydi. Gerbni Singapur va u avval tarkibiga boʻlgan Malayziyani anglatuvchi tik holda turgan sher va yoʻlbars qoʻriqlab qimoya qiladi, Ularning ostida -malay tilidan tarjima qilinganda "Olgʻa, Singapur! maʼnosini anglatuvchi Majulah Singapura yozuvi boʻlgan koʻk lenta bor.

1959-yilda Singapur oʻzini-oʻzi boshqarish huquhini qoʻlga kiritganidan soʻng , Bosh vazir Li Kuan Yu oʻsha vaqtgacha amalda boʻlgan Britaniya gerbi oʻrniga yangi davlat gerbini yaratishga qaror qildi[1]. Davlat ramzlarini ishlab chiqish boʻyicha bosh vazir oʻrinbosari To Chin Chay boshchiligidagi qoʻmita tuzildi. Uning fikriga koʻra, Singapur bayrogʻi va gerbi davlat va uning koʻp millatli jamiyati birdamligini aks ettirishi kerak. To Chin Chay boshchiligidagi qoʻmita ikki oy davomida davlat ramzlarini yaratdi. Madaniyat vaziri S.Rajaratnam parlamentga 1959-yil noyabrda tasdiqlangan yangi davlat ramzlari toʻgʻrisidagi qonun loyihasini kiritdi. 1959-yil 3-dekabrda Singapur xalqiga davlat gerbi, bayrogʻi va madhiyasi ilk marotaba taqdim etildi[2].

To Chin Chay 1989-yilda bergan intervyusida davlat ramzlarini yaratish vazifasini olganida madhiyadan tashqari yana bayroq va gerb ham yaratish zarur boʻlganligini esga oldi. Oʻshanda u Singapurning yangi bayrogʻi ingliz bayrogʻi yonida hilpirashi kerakligini his qildi. Chin Chayga gerbni ishlab chiqich haqida:

"Davlat gerbi uchun biz besh yulduz va yangi oy… yoʻlbarsning yonidagi sherni tanladik. Albatta, bizning yerlarimizga yoʻlbars sherdan koʻra koʻproq xosdir. Eski shahar kengashi sher ramzidan foydalanardi. Bu haqiqatan ham Singapurning oʻzini oʻzi boshqarishi haqidagi tasavvurlarimizga mos kelardi. "

Gerbning markaziy emblemasi qizil qalqon va oq yarim oy tepasida joylashgan beshta oq yulduzdir. Shunga oʻxshash yulduzlar va yarim oy Singapur bayrogʻida va fuqarolik kemalarining milliy dengiz bayrogʻida qoʻllangan. Qizil rang „odamlarning umumiy birodarligi va tengligini“, oq rang esa „har tomonlama va abadiy poklik va ezgulikni“ ifodalaydi. Yarim oy "oʻsib borayotgan yosh xalq’ni, besh yulduz esa "milliy gʻoyalar: demokratiya, tinchlik, taraqqiyot, adolat va tenglik’ni ifodalaydi. Qalqonni chap tomonda sher va oʻngdan yoʻlbars tutib turadi. Arslon Singapurni[3], yoʻlbars esa Singapurning u 1963-yildan 1965-yilgacha tarkibida boʻlgan Malayziya bilan yaqin tarixiy aloqasini ifodalaydi. Gerbning pastki qismidagi moviy lentaga zarhal harflar bilan malay tilida „Olgʻa, Singapur!“ni anglatuvchi Singapur shiori Majulah Singapura yozilgan. Davlat madhiyasining nomi ham xuddi shunday. Malay tili Singapurning rasmiy davlat tillaridan biridir.

Qoʻllanilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Singapur gerbi: Singapur Prezidentining rasmiy qarorgohi Itsanining asosiy darvozasidagi tasvir.

1985-yilda Singapur Monetar Authority (MAS) tangalarning ikkinchi seriyasini chiqarishni boshladi. Ularning orqa tomonida toʻrtta rasmiy tilda (xitoy, malay, tamil va ingliz) Singapur nomli yozuvi bilan oʻralgan, shuningdek, zarb qilingan yili yozilgan davlat gerbi tasvirlangan. 1987-yilda oʻhshash tasvirga ega dollar tangalari chiqarildi[4]. MAS boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, gerb 1967-yildagi „orxideyali“ seriyadan boshlab barcha Singapur qogʻoz pullarida ham paydo boʻlgan[5]. Singapur davlat mukofotlarida ham gerb tasvirlari mavjud. Masalan, Darja Utama Bakti Cemerlang medalida faqat qalqon[6] tasvirlangan boʻlsa,Darja Utama Temasek va Sijil Kemuliaan medalyonlarida gerbning toʻliq variantidan foydalanilgan.[7][8]

Foydalanish boʻyicha tavsiyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

'Singapur davlat gerbi, bayrogʻi va madhiyasi toʻgʻrisidagi qonun"ga koʻra, gerbdan faqat hukumat foydalanishi mumkin. Axborot, kommunikatsiya va sanʼat vazirligining (MICA) tegishli ruxsatisiz har bir fuqaro yoki fuqarolar guruhiga davlat gerbi tasvirlangan buyumlarni chop etish (varaqalar, tashrif qogʻozlari va boshqalar koʻrinishida), nashr qilish (kitoblar, jurnallar va h.k.), tayyorlash yoki sotish, shuningdek, bunday noqonuniy harakatlarga faol yoki behuda hissa qoʻshish taqiqlanadi. Shuningdek, gerb bilan chalkashtirib yuborilishi oson boʻlgan har qanday ramzlardan foydalanish ham taqiqlanadi. Davlat gerbidan adabiy asarda foydalanish uchun vazirlikdan oldindan ruxsat olish kerak. Qonun yagona istisnoni nazarda tutadi: gerb hukumat va vazirlar tomonidan oʻz uylarining tashqi dizaynida, shuningdek bosma hujjatlarda ishlatilishi mumkin.

  1. „State Crest“. Singapore: The Encyclopedia. Editions Didier Millet and the National Heritage Board (2008). 2011-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 25-dekabr.
  2. Zaubidah Mohamed. „National coat of arms (State crest)“. Infopedia. National Library Board Singapore (2003-yil 9-iyun). 2012-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 25-dekabr.
  3. „National Coat of Arms“. Ministry of Information, Communications and the Arts (2010). 2012-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-avgust.
  4. „Singapore Circulation Coins – Second Series“. Monetary Authority of Singapore (2007-yil 19-mart). 2007-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 24-dekabr.
  5. „Singapore Circulation Notes – Orchid Series“. Monetary Authority of Singapore (2007-yil 19-mart). 2007-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 24-dekabr.
  6. „National Honours and Awards – The Distinguished Service Order“. Office of the Prime Minister of Singapore (2008-yil 26-sentyabr). 2012-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 24-dekabr.
  7. „National Honours and Awards – The Order of Temasek“. Office of the Prime Minister of Singapore (2008-yil 11-dekabr). 2012-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 24-dekabr.
  8. „National Honours and Awards – The Certificate of Honour“. Office of the Prime Minister of Singapore (2008-yil 26-sentyabr). 2012-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 24-dekabr.