Kontent qismiga oʻtish

Sigurður Ingi Jóhannsson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sigurður Ingi Jóhannsson
Islandiya ichki ishlar vaziri
Mansab davri
2017-yil 30-noyabrdan
Hukumat boshligʻi Katrín Jakobsdóttir
Oʻtmishdoshi Jón Gunnarsson
Progressiv Partiya raisi
Mansab davri
2016-yil 2-oktyabrdan
Oʻtmishdoshi Sigmundur Davíð Gunnlaugsson
Islandiya Bosh vaziri
Mansab davri
2016-yil 7-apreldan – 2017-yil 11-yanvargacha
Prezident Ólafur Ragnar Grímsson
Guðni Jóhannesson
Oʻtmishdoshi Sigmundur Davíð Gunnlaugsson
Vorisi Bjarni Benediktsson
Islandiya tabiatni muhofaza qilish vaziri
Mansab davri
2013-yil 23-maydan – 2014-yil 31-dekabrgacha
Hukumat boshligʻi Sigmundur Davíð Gunnlaugsson
Oʻtmishdoshi Svandís Svavarsdóttir
Vorisi Sigrún Magnúsdóttir
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-aprel 1962-yil (1962-04-20) (62 yosh)
Selfoss
Siyosiy partiyasi Progressiv Partiya
Turmush oʻrtogʻi Ingibjörg Elsa Ingjaldsdóttir
Bolalari 5

Sigurður Ingi Jóhannsson (talaffuzi: Sigyurdyur Ingi Jouxannsson; 20-aprel 1962) – Islandiya siyosatchisi va davlat arbobi. Taraqqiyparvar partiyasi aʼzosi[1]. 2021-yil 28-noyabrdan Islandiyaning amaldagi infratuzilma vaziri va 2017-yildan buyon Islandiyaning Shimoliy hamkorlik boʻyicha vaziri. 2009-yildan Janubiy saylov okrugidan Alting (Islandiya parlamenti) deputati[2]. Islandiya sobiq bosh vaziri (2016-2017), Islandiya transport va mahalliy boshqaruv vaziri (2017-2021), Islandiya baliqchilik va qishloq xoʻjaligi vaziri (2013-2016)[3], Islandiya atrof-muhit va tabiiy resurslar vaziri (2013-2014)[4][5][6][7].

1962-yil 20-aprelda Selfoss shahrida tugʻilgan. Otasi – fermer Jóhann H. Pálsson (1936–1987), onasi – uy bekasi Hróðný Sigurðardóttir (1942–1987)[8].

1982-yilda Laugarvatn shahridagi oʻrta maktabni tamomlagan. Kopengagendagi Qirollik veterinariya va qishloq xoʻjaligi universitetida (hozirgi Kopengagen universiteti) veterinariya tibbiyoti boʻyicha ilmiy darajasini oldi[9]. 1989-yilda Daniyada, 1990-yilda Islandiyada veterinariya litsenziyasini oldi[10].

1994-2010-yillarda – Hrunamannahreppur[en] munitsipaliteti kengashi deputati, 1994-1998 yillarda – boshliq oʻrinbosari, 2002-2009 yillarda – kengash rahbari[11][12].

2009-yilgi parlament saylovi natijalariga koʻra Janubiy saylov okrugidan Altingdan deputat etib saylangan. 2011-yildan 2013-yilgacha Althing spikerining toʻrtinchi oʻrinbosari edi[13].

2013-yil 23-mayda u bosh vazir Sigmundur David Gunnlaugsson boshchiligidagi hukumatda Qishloq va baliqchilik vaziri etib tayinlandi. Shu bilan birga, 2014 yilgacha atrof-muhit va tabiiy resurslar vaziri[14].

2016-yilning 7-aprelida bosh vazir Zigmundur Devid Gunnlaugsson "Panama hujjatlari" mojarosi munosabati bilan isteʼfoga chiqqanidan soʻng[15], Islandiya bosh vaziri etib tayinlangan edi. 2016-yil 30-oktyabrda navbatdan tashqari parlament saylovlari natijalariga koʻra isteʼfoga chiqdi[16]. 2017-yil 11-yanvargacha Bosh vazir lavozimida ishlagan[17].

2021-yil 28-noyabrda Katrin Yakobsdottirning ikkinchi kabinetida Islandiya infratuzilma vazirining portfelini qabul qildi[18].

  1. „Sigurður Ingi kjörinn formaður Framsóknar“ (2016-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 2-oktyabr.
  2. THE ASSOCIATED PRESS. „Johannsson to Seek Approval to Become Icelandʻs Next PM“. The New York Times (6-aprel]] 2016). Qaraldi: 6-aprel]] 2016.
  3. Hafstad, Vala. „Sigurður Ingi Jóhannsson Icelandʻs New PM“. Iceland Review (6-aprel]] 2016). Qaraldi: 6-aprel]] 2016.
  4. „Sigurður Ingi Jóhannsson. Samgöngu- og sveitarstjórnarráðherra“ (is). Stjórnarráðið. 2021-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  5. „Sigurður Ingi Jóhannsson. Minister of Infrastructure“ (en). Government of Iceland (2021-yil 28-noyabr). 2021-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
  6. „Сигурдур Инги Йоханнссон“. ТАСС. 2021-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  7. Reuters. „Iceland Government Coalition Appoints Johannsson as New PM-Progressive Party MP“. The New York Times. The New York Times (6-aprel]] 2016). 2016-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-aprel]] 2016.
  8. „Sigurður Ingi Jóhannsson. Samgöngu- og sveitarstjórnarráðherra“ (is). Stjórnarráðið. 2021-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  9. „Сигурдур Инги Йоханнссон“. ТАСС. 2021-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  10. „Sigurður Ingi Jóhannsson. Samgöngu- og sveitarstjórnarráðherra“ (is). Stjórnarráðið. 2021-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  11. „Sigurður Ingi Jóhannsson. Samgöngu- og sveitarstjórnarráðherra“ (is). Stjórnarráðið. 2021-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  12. „Сигурдур Инги Йоханнссон“. ТАСС. 2021-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  13. „Sigurður Ingi Jóhannsson. Samgöngu- og sveitarstjórnarráðherra“ (is). Stjórnarráðið. 2021-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  14. „Sigurður Ingi Jóhannsson. Samgöngu- og sveitarstjórnarráðherra“ (is). Stjórnarráðið. 2021-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  15. „Правительство Исландии официально ушло в отставку“. РИА Новости (2016-yil 30-oktyabr). 2021-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  16. Михайленко, Юрий. „Правительство Исландии подало в отставку после поражения на выборах“. ТАСС (2016-yil 30-oktyabr). 2021-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  17. „Sigurður Ingi Jóhannsson. Samgöngu- og sveitarstjórnarráðherra“ (is). Stjórnarráðið. 2021-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  18. „Sigurður Ingi Jóhannsson. Minister of Infrastructure“ (en). Government of Iceland (2021-yil 28-noyabr). 2021-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.