Kontent qismiga oʻtish

Sidi Brahim Riahiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sidi Brahim Riahiy
Tavalludi
Abu Ishoq Ibrohim bin Abdulqodir Riahiy

1766
Vafoti 7-avgust 1850-yil
Fuqaroligi Tunislik

Ibrohim Riahiy tugʻilgan vaqtidagi ismi Abu Ishoq Ibrohim Bin Abdulqodir Riahiy (1766 Testour – 1850-yil 7-avgust)[1] Tunis elchisi, ilohiyotshunos va avliyo. Sunniy musulmon olimi, shuningdek shoir ham boʻlgan. U Ali Riahiyning bobosi edi.

Ibrohim Riahiy Tunisdan kelgan bir guruh akademiklar va huquqshunoslar, xususan: Hamza Al-Jibas, Solih Al-Kavash, Muhammad Al-Fassiy, Umar Bin Qosim Al-Mahjub, Hasan Al-Sharif, Ahmad Bou Xurais, Ismoil Al- Tamimi, Al-Tahir Ben Masud va boshqalardan bilim olgan[2].

Sidi Brahim yoshligidan Testourdagi kouttabga tashrif buyurib, diniy ilmlar va Qur’on oʻrganishdagi iqtidorini koʻrsatgan. Taxminan 1782-yilda Tunisga kelgach, u Hauanet Achour madrasasida, soʻngra Bir Lahjar madrasasida tahsil olgan[3].

Taxminan 1790-yilda u az-Zitouna universitetida dars berishni boshlagan, u yerda boʻlajak vazirlar Ibn Abi Dhiaf va Beji Messaudiy, shuningdek, Muhammad Bayram IV va Mahmud Kabadu kabi zamonasining eng buyuk ilohiyotshunoslari uning shogirdlari orasida tahsil olgan.

1801-yilda u Marokashda elchi sifatida bir necha oy qolgan. Sidi Brahim u yerda Tijoniyyaning soʻfiylik tariqatini anglab yetadi va qaytib kelganida Tunisda ham bu tariqatni yoyishga urinadi[4].

Sidi Brahim Riahiy maqbarasining gumbazi

Sidi Brahim Riahiy maqbarasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sidi Brahim oʻzining oʻgʻillari, shayxlar va oʻzi kabi ilohiyot olimlari bilan Sidi Brahim Riahiy maqbarasi deb nomlangan, Tunis medinasining Sidi Brahim Riahi koʻchasida joylashgan maqbaraga dafn etilgan.

  1. „Ibrāhīm ibn ʿAbd al-Qādir al- Riyāḥī (1767-1850)“. data.bnf.fr. Qaraldi: 2020-yil 13-aprel.
  2. „إبراهيم الرياحي“, ويكيبيديا (arab), 2020-01-27, qaraldi: 2020-04-13
  3. „Tourba et Zaouiya: Le mythe ...“ (2008-yil 2-mart). 2008-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-aprel.
  4. „Sidi Brahim Riahi“, Wikipédia (fransuzcha), 2020-01-23, qaraldi: 2020-04-13