Siderit
Siderit (yun. sideritis — temir) — karbonatlar sinfiga mansub mineral. Sinonimi — temir shpati. Kalsit guruhidagi temir karbonati. Kimyoviy formulasi FeCO,. Tarkibida 62% FeO, 38% SO2 bor. Tabiatda FeCO3—MpSO3; FeCOjMgCO,; FeCO3CaCO3 va FeCO3—SoSO3 kabi izomorf qatorlarni tashkil etadi. Kristallari romboedrik, prizmatik va tabletkasimon boʻladi. Kristall strukturasi ankeritnikiga oʻxshash. Agregatlari donali oolitli, tuproqsimon; qizgʻishjigarrang, sargish va yashilsimon kulrang. Nuraganda toʻq qoʻngʻir rangga oʻtadi. Qattiqligi 4—4,5; zichligi qariyb 4 g/sm³. Shishasimon yaltiroq, qizdirilganda NaCl da eriydi. Katod nuri taʼsirida yorqin pushti rangda tovlanadi. Gidrotermal, metamorfik va choʻkindi yoʻllar bilan tiklovchi geokimyoviy sharoitlarda hosil boʻladi. Muhim temir rudasi hisoblanadi. Oʻzbekistonning deyarli barcha rudali rayonlarida uchrasada, amalda ishlatilmaydi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |