Kontent qismiga oʻtish

Sendvich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sendvich (inglizcha: sandwich — „oʻrtasiga solingan“[1]) — ikki boʻlak non va ularning orasiga biror yemish solingan buterbrod turi[1] (yopiq sendvich). Bir boʻlak nondan tayyorlangan sendvich ingliz tilida ochiq sendvich deb ataladi (inglizcha: open sandwich).

Sendvichning fransuzcha varianti krok-mesye, italyancha varianti panini deb ataladi.

Sandvichning zamonaviy koʻrinishi, taxminan, XVII asr Yevropasiga borib taqaladi. Boshqa masalliqlarni nonga oʻrash (yoki ustiga qoʻyish) gʻoyasi turli madaniyatlarda ancha oldin paydo boʻlgan.

Oksford lugʻatida oziq-ovqatga nisbatan „sendvich“ soʻzining birinchi qoʻllanishi 1762-yilga toʻgʻri keladi. Edvard Gibbon oʻz kundaligida oʻzi aʼzo boʻlgan klubdagilar — „qirollikning eng yaxshi odamlari“ qanday qilib „yaxna goʻsht boʻlaklari yoki sendvich“ bilan ovqatlanishlarini tasvirlaydi. Umumiy qabul qilingan versiyaga koʻra, bu nom kechayu-kunduz oʻyin stolida oʻtirgan hamda tamaddiga toʻxtamaslik va qoʻlini yogʻ qilmaslik uchun ikki tilim qovurilgan non oʻrtasida sovuq mol goʻshti qoʻyib berishlarini soʻragan afsonaviy ashaddiy qartaboz, 4-chi sendvich grafi Jon Montagu (1718-1792) unvonidan kelib chiqqan[2][3][4].

Sendvich, asosan, Angliyaning yirik shaharlarida, oziq-ovqat madaniyatining ajralmas qismiga aylandi. Londonda (Eat(ingl.) ), Benjys(ingl.) ), Pret a Manger(ingl.) ) kabi koʻplab sendvich kompaniyalari mavjud. Dunyoning eng yirik sendvich ishlab chiqaruvchilari McDonaldʼs, Subway, Burger King restoran tarmoqlaridir.

Qoʻshma Shtatlarda koʻplab hududiy sendvich turlari mavjud. Chikago oʻzining italyancha goʻshtli sendvichlari bilan, Miluoki sardelka va tuzlangan karamli sendvichlari bilan, Filadelfiyada goʻshtli va pishloqli sendvichlari bilan va Los-Anjeles fransuzcha sousli sendvichlari bilan shuhrat qozongan. Nyu-Orleanda sendvichlar oʻrtasida chempionlik uchun „po-boy“ va „muffaletta“ bahslashadi. Ikkinchisining oʻtmishi shaharning italyanlar jamoasiga borib taqaladi. Muffaletta vetchina, salyami, mortadella, provolone, zaytun bilan toʻldiriladi va koʻp miqdorda sarimsoq qoʻshiladi. Suv osti kemasiga oʻxshash uzun bulochkali sendvich AQShda submarin-sendvich yoki oddiygina suv osti sendvichi deb ataladi.

Shuningdek, AQShda „klub sendvichlari“ deb nomlangan uchburchak shaklidagi sendvichlar keng tarqalgan. Klub sendvichlari, koʻpincha, plastik yoki karton qadoqdagi ikkita paketda sotiladi. Qoidaga koʻra, ikkita klub sendvichi diagonal ravishda kesilgan bitta sendvich boʻlib, toʻrtburchak tostlardan iborat.

Noodatiy sendvichlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • AQSh armiyasi uchun uch yilgacha buzilmaydigan sendvich ishlab chiqilgan[5].
  • London supermarketlaridan biridan siz noodatiy qimmat sendvich sotib olishingiz mumkin. Uning narxi 85 funt sterling. MahsulotWagyu marmar mol goʻshti, fua-gra boʻlaklari, tryufel yogʻli mayonezi, bri de mo pishlogʻi, rukola salati[6], qalampir va cherri pomidoridan (bu aslida gamburger, chunki goʻsht tilimlari emas, kotlet ishlatiladi)[7] iborat.
  • Poxlyobkin V. V. Sendvichi // Kulinarniy slovar. — M.: Izdatelstvo „E“, 2015. — S. 346. — 456 s. — 4000 ekz. — ISBN 978-5-699-75127-3.