Kontent qismiga oʻtish

Sava Grujić

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sava Gruich
Tavalludi 25-noyabr 1840-yil
Vafoti 25-noyabr 1913-yil
Belgrad, Serbiya
Fuqaroligi  Serbiya
Kasbi Diplomat, tarixchi
Unvoni General

Sava Grujić (serbcha: Сава Грујић) (1840-yil – 1913-yil) — Serbiyalik harbiy va davlat arbobi.

Sava Grujić 1840-yil 25-noyabrda Smederev yaqinidagi Kolari qishlogʻida tugʻilgan. Taʼlimni Belgrad harbiy bilim yurtida olgan. 1861-yilda uSava artilleriyaning ikkinchi leytenanti unvonigacha koʻtarildi va tez orada artilleriyani amaliy oʻrganish uchun Prussiyaga yuborildi va u yerda 1863-yilgacha amaliyot oʻtadi[1]. Oliy artilleriya maʼlumotini olishni istagan Gruich Rossiya xizmat armiyasiga kiradi. 1864-yilda 23-artilleriya brigadasiga oʻqishga qabul qilinadi. Oʻqishni yaxshi tamomlagan Sava Sankt-Peterburgda 2 yil xizmat oʻtaydi[2].

Sava Grujić portreti

1870-yilda Grujić Serbiyaga qaytib keladi. 1873-yilda Sava Serbiya armiyasidan urush vaziri Alimpikni ayblovchi maqolasi uchun ishdan boʻshatildi, ammo oʻsha yili u yana xizmatga qabul qilindi va avval Kragujevacdagi arsenal boshligʻi, keyin esa artilleriya boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi[3][4]. 1876-yilda Sava Dmitrievich Gruich polkovnik unvoniga sazovor boʻldi. Serb-turk urushi paytida Grujić general Chernyaev armiyasida artilleriya boshligʻi boʻlgan va Vabina Glava, Aleksinac va Deligrad qoʻmondonligidagi ishlarda oʻzini namoyon qilgan. 1877-yilda mudofaa vaziri etib tayinlangan Grujić Serbiya armiyasida koʻplab maqsadga muvofiq islohotlar oʻtkazadi va ulkan natijalarga erishadi. 1879-yil boshida Grujić Bolgariyadagi elchixonada bosh konsul, 1882-yilda Afinadagi elchi, 1887-yilda toʻliq general darajasiga koʻtarilib, Sankt-Peterburgga elchi etib tayinlanadi[5]. 1891-yilda Grujić Davlat kengashi raisi, 1892-yilda Konstantinopoldagi elchi, 1893-yilda vazir-prezident, 1897-yilda yana Rossiya imperiyasi poytaxti Sankt-Peterburg shahriga elchi etib tayinlanadi. 1899-yilda Grujić qirol Milanning hayotiga suiqasd qilishda ayblanib, lavozimidan boʻshatiladi va sudga tortiladi. Ammo bu qarorni eshitgan Sava chet davlatga qochib ketadi. 1900-yilda Milanning qulashi bilan Grujićning barcha huquqlari, unvonlari va mukofotlariga qaytariladi[6]. Sava Grujich 1913-yil 25-noyabrda Belgrad shahrida vafot etadi.


  1. Slobodan Jovanović 1990a, s. 190.
  2. Vuchetich 2012, s. 169.
  3. Alex N. Dragnich 1978.
  4. Wayne S. Vucinich 2008.
  5. Slobodan Jovanović 1990b, s. 352-355.
  6. „The Hague Conventions of 1899 and 1907“.