Kontent qismiga oʻtish

Savaş Dinçel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Savaş Dinçel
Tavalludi 1942-yil 1-aprel
Istanbul, Turkiya
Vafoti 2007-yil 20-dekabr
Fuqaroligi Turkiya bayrogʻi Turkiya
Kasbi Aktyor, rejissyor
Turmush oʻrtogʻi Sumru Dinçel
Bolalari Baris Dincel

Halil Savaş Dinçel turk aktyori, rejissyor va karikaturachi.

Yoshlik davrlari va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Savaş Dinçel 1942-yil 1-aprelda Istanbulning Fotih tumanida tugʻilgan. Boshlangʻich maktabni Koja Ragʻip Posha boshlangʻich maktabida tugatganidan soʻng, Istanbul oʻgʻil bolalar litseyiga oʻqishga kirdi. Teatr taʼlimini esa Istanbul shahar konservatoriyasining teatr boʻlimida boshlagan. Teatr taʼlimidan tashqari, u havaskor sifatida multfilmlar chizishni boshlaydi. Savaş birinchi marta aktyor sifatida Istanbul shahar teatrida sahnaga chiqadi.

Savaş Dinçel 1980-yilda harbiy toʻntarish natijasida harbiy holat eʼlon qilinishi bilan Istanbul shahar teatrlaridan chetlashtirilgan. Dinchel va Mujdat Gezen Kommunistik tashviqot qilishda ayblangan va 1983-yili bir-biriga kishanlangan holda sudga olib ketilgan.[1] 1978-yilda Mujdat Gezen tomonidan yozilgan va Savaş Dinchel tomonidan chizilgan „Nazim Hikmet satrlar“ kitobi tufayli 1980-yil 12-sentyabrda ularga nisbatan oʻsha davrning mashhur 141 va 159-moddalari boʻyicha sudda daʼvo ishlari ochiladi. Bu ish tufayli hibsga olingan Dinchel va Gezen 1983-yil 4-iyun kuni qoʻllari bir-biriga bogʻlangan holda Oliy Jinoyat Sudiga olib kelinadi.[1] Oʻsha paytda qamoqxonalarda majburiy boʻlgan „forma“ ni kiygan ikki doʻst bilaklaridagi kishanlarni yashirishga urinishmaydi, aksincha, buni koʻrsatish uchun qoʻllarini oldinga choʻzishadi."Kommunizmni targʻib qilish va hukumatning axloqiy shaxsini haqorat qilish" ayblovlari bilan 21 yilgacha qamoq jazosi bilan sudlangan Gezen va Dinchel bir muddat Sağmaljilar qamoqxonasida qolganidan keyin oqlanishadi.[2][3]

Savaş Dinchel Toʻntarishdan soʻng "Guldürürü" oʻquv markazida karikaturachi boʻlib ishladi. Bir muddat „Gunaydın“ gazetasida karikaturachilik bilan shugʻullanadi. Bu yerda u „Tonton“ nomli multfilmlar tayyorlaydi. Davlat kengashi qayta tiklash qarori tasdiqlangach, u yana shahar teatrlarida ish boshlaydi. U ikkita karikatura koʻrgazmasini ochadi. „Nozim Hikmat satrlari“ nomli hajviy kitob tayyorlaydi..Rejissyor Ziya Oʻztan tomonidan suratga olingan „Kurtuluş“ va „Jumhuriyat“ filmlarida İsmet İnönü rolini oʻynadi. Ali Poyrazogʻlu teatri, Gen-Ar teatri, AST va Munir Özkul bilan ishlagan.

U Müjdat Gezen sanʼat markazi tashkil etilganidan boshlab oʻqituvchi sifatida ishlagan va qisqa vaqt davomida Kadir Has universiteti konservatoriyasida „sahna mashqlari“ fanidan dars bergan.

U Turkiya Respublikasining birinchi bosh vaziri va ikkinchi prezidenti Ismet Inönüga jismoniy jihatdan juda oʻxshashligi sababli koʻpincha Inönüni tasvirlab berardi.

2002-yilda „Non qayiq“ serialidagi Nusret ota obrazi bilan barchaning mehrini qozongan aktyor, mahalliy aholining har bir dardiga davo boʻlishi bilan birga, odamlar maslahat beradigan personajining suratini chizadi. Mahallaning „bilim“i boʻlgan Nusret ota siymosi oʻz hazillari bilan vaqti-vaqti bilan tomoshabinlarni kuldiradi. Serialdagi roli tufayli novvoylik bilan shugʻullangan Nusrettin Somuncu mahallaning otasi boʻlib, „dada kattasan“ deya seviladi. Sanʼatkor bu roli bilan turk xalqining qalbidan joy egallaydi.

Oʻgʻli Barish Dinchel taʼkidlaganidek, Savaş Dinchel bankomat kodi sifatida foydalangan „1402“ sonli harbiy holatga asoslanib, 1980-yil 12-sentyabrda faoliyati toʻxtatilgan davrdan tashqari, shahar teatrlarida rol oʻynagan va boshqargan. Bundan tashqari, u yon mashgʻulot sifatida rasm chizish va plakat ishlari bilan ham shugʻullangan.

Savaş Dinchel "Sovuq kemalar" serialining suratga olish jarayonida kasal boʻlib qolib, ogʻir operatsiyani boshidan kechiradi. [1] U 2007-yil 20-dekabr kuni Istanbuldagi uyida ichki qon ketishini boshidan oʻtkazdi va har qanday aralashuvlarga qaramay, xuddi shu kuni Memorial kasalxonasida vafot etti. Shifokori uning oʻlimi kasallik tufayli boʻlgan degan fikrni rad etadi.[4] Oʻlim sababi „yurakning toʻxtab qolishi“ (yurakning toʻsatdan toʻxtab qolishi) bilan tushuntirilgan.[5]

Savaş Dinçel 2007-yil 21-dekabrda Istanbuldagi Zincirlikuyu qabristoniga dafn etilgan.

Aktyorlik oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yozgan oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Komikslar va multfilmlar albomi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U boshqargan baʼzi oʻyinlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1989 yil: Ismoil Dumbullu mukofoti – Izmarit Nuri roli uchun
  • 2000: Afife teatr mukofotlari : Yilning eng muvaffaqiyatli musiqiy yoki komediya aktyori – Sersem Kojaning ayyor rafiqasi
  • 2000: 22. Siyod Turk kinosi mukofotlari – Eng yaxshi erkak roli, Dar Alanda Kısa Paslaşmalar (Tor maydonda qisqa oʻtishlar)
  • 2001: 20- Istanbul kinofestivali – Eng yaxshi aktyor, Dar Alanda Kısa Paslaşmalar (Tor maydonda qisqa oʻtishlar)
  • 2001: 8. ÇASOD „Eng yaxshi erkak roli“ mukofotlari, eng yaxshi erkak roli, Dar Alanda Kısa Paslaşmalar (Tor maydonda qisqa oʻtishlar)
  • 2002: 2. Lions Teatr mukofotlari – Yilning eng yaxshi dramaturgi, Uçurtma Kuyruğu
  1. 1,0 1,1 „Arşivlenmiş kopya“. 16 aralık 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6 kasım 2015.
  2. „Arşivlenmiş kopya“. 26 ağustos 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26 ağustos 2022.
  3. „Arşivlenmiş kopya“. 26 ağustos 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26 ağustos 2022.
  4. „Arşivlenmiş kopya“. 16 eylül 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6 kasım 2015.
  5. „Arşivlenmiş kopya“. 11 nisan 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6 kasım 2015.