Kontent qismiga oʻtish

Samanta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Samanta
Muallif(lar) Yuriy Yakovlev
Tarjimon(lar) Baxtiyor Bobonov
Mirzamurod Alimov
Janr(lar)i qissa va hikoyalar
Nashriyot „Choʻlpon“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1990
Sahifalar soni 176
ISBN ISBN 5-8250-0200-6

Samanta“ (ruscha: Саманта) — rus yozuvchisi Yuriy Yakovlev yozgan qissa va hikoyalar toʻplami. 1990-yil Toshkent shahrida „Choʻlpon“ nashriyotida chop etilgan[1]. Toʻplam oʻrta maktab yoshidagi bolalar uchun moʻljallangan[2].

Toʻplamga Yakovlevning taniqli „Samanta“ qissasining ilk va yagona oʻzbekcha tarjimasi kiritilgan boʻlib, uni oʻzbekchaga Baxtiyor Bobonov oʻgirgan. Qissada Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi bosh kotibi Yuriy Andropov bilan maktub orqali yozishgan va pirovardida kotib taklifi bilan Sovet Ittifoqiga tashrif buyurgan AQShlik qizaloq Samantha Smith haqida hikoya qilinadi. Toʻplamga kiritilgan uch hikoyani esa Mirzamurod Alimov tarjima qilgan. Hikoyalarda Ikkinchi jahon urushi fojialari haqida soʻz yuritiladi.

Qissa va hikoyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qissalar

Hikoyalar

  • „Koʻktargʻoq“ (Mirzamurod Alimov tarjmasi)
  • „Boʻlinma turgan joyda“ (Mirzamurod Alimov tarjmasi)
  • „Yulya“ (Mirzamurod Alimov tarjmasi)
  1. „Samanta“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 11-noyabr.
  2. „Болалар адабиёти“ (PDF). Ўзбекистон ССР матбуоти солномаси. № 12. Toshkent. 1990. 32-bet. Qaraldi: 5-iyul 2024-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()