Kontent qismiga oʻtish

Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga Oʻzbekistonning munosabati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston–Ukraina munosabatlari

Oʻzbekiston

Ukraina
Rossiya–Oʻzbekiston munosabatlari

Rossiya

Oʻzbekiston

2022-yil 24-fevralda Rossiya Ukrainaga bosqinchilik hujumini boshladi. Bosqinchilik hujumiga qadar, Rossiya Ukraina chegarasi yaqinida uzoq vaqt davomida qoʻshin toʻplab, uning sonini oshirib bordi hamda Ukrainaning NATOga qoʻshilishini qonunan man etish toʻgʻrisidagi talab bilan chiqdi.[1] Bosqin boshlanishidan bir necha kun avval, Rossiya Donetsk Xalq Respublikasi va Lugansk Xalq Respublikasi mustaqilligini tan oldi va 2022-yil 21-fevralda Ukraina sharqidagi Donbass hududiga Rossiya qurolli kuchlari boʻlinmalarini yubordi.

Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan oldin

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning martidan apreliga qadar, Rossiya Rossiya-Ukraina chegarasi yaqinida qoʻshin toʻplashni boshladi. Qoʻshin sonini oshirishning ikkinchi bosqichi 2021-yilning oktabridan 2022-yilning fevraligacha boʻldi.

Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan soʻng

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Putinning 21 fevral kuni Rossiya xalqiga murojaati

24-yanvar kuni Rossiya Federatsiyasining prezidenti Ukrainada "maxsus harbiy operatsiyasini" oʻtkazilishini xabar qildi. Portlashlar Kiyev, Xarkov va Ukrainaning boshqa shaharlarida boshlandi. Rossiyaning avvalhi maqsadi Ukrainaning demilitarizatsiyalash va denatsifikatsiyalash boʻldi[2].

24-yanvar kuni Ukrainaning havo hududini fuqaro reyslariga yopishini eʼlon qildi[3]. Uzbekistan Airways kompaniyasi shu kuni Kiyevga parvozlarini bekor qilinganini maʼlum qildi. Ukraina havo hududi yoʻlovchi havo kemalari qatnovlari uchun yopilishi munosabati bilan, HY-3731/3732 Toshkent-Kiyev-Toshkent muntazam qatnovlari 2022-yilning 27-fevral va 2-mart kunlari rejalashtirilgan parvozlarini bekor qildi[4].

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Kurmanovning ma’lum qilishicha, Xarkovda fuqarolarni shahardan evakuatsiya qilish chog‘ida elchixona mikroavtobusining old oynasi va yon oynalari snaryad parchasi tufayli shikastlangan. "Ular shrapnel tushib ketganini aytishdi", dedi u[5].

2-martda Ukrainadagi elchixona faol harbiy harakatlar olib borilayotgan Xarkov, Sumi va Xerson shaharlaridan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilishda qiyinchiliklarga duch keldi. Toʻqnashishlar tugagach u yerdan fuqarolarni olib chiqilinishi maʼlum qilindi. Ularga boshpanalarda qolish tavsiya etildi[6].

4-mart kuni Polsha prezidenti Andrzej Duda "Korczow" chegara punktiga tashrif buyurdi. Oʻz tashrifi vaqtida Duda Oʻzbekiston diplomatlari bilan gaplashdi va minnadorligini bildirdi. 2021-yili Polsha Oʻzbekiston hudidan Afgʻonistondan oʻz fuqarolarini evakuatsiya qilgan edi[7].

5-mart kuni O‘zbekistonning uch nafar fuqarosi Ukrainadan Polshaga ketayotganda baxtsiz hodisaga uchradi. Ulardan biri voqea joyida vafot etdi, qolganlari Lvovdagi kasalxonaga yotqizilgani maʼlum qilindi[8].

11-marta axborot vositalarida Ukraina elchixonasi Oʻzbekiston TIVidan Rossiyaning telekanallarini efirdan uzatish toʻgʻrisida xabarnoma yuborilgani eʼlon boʻldi. Ushbu xabarni Ukraina elchisi Nikolay Doroshenko 1-mart kuni yuborgani maʼlum boʻldi[9].

14-mart kuni Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchixonasi Kiyevdan Lvov shahriga vaqtincha koʻchirilgani maʼlum boʻldi. Elchixona Ukrainadagi Oʻzbekiston fuqarolari evakuatsiyasi davom etayatganini xabar qildi[10].

O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan 14-mart kuni fikr almashdilar. Ular vaziyatning yanada keskin tus olishiga yo‘l qo‘ymaslik va mojaroni tez fursatda tartibga solish uchun siyosiy-diplomatik sa’y-harakatlarni davom ettirish zarurligini ta’kidladilar[11].

O‘zbekiston TIV rasmiy vakili Yusup Qobuljonov o‘zbekistonlik yuk tashuvchilarning Ukrainada 23 kun ushlab turilgani haqidagi videomurojaatiga izoh berdi. O‘zini Haydarali Quranboyev deb tanishtirgan haydovchilardan biri sodir bo‘lgan voqea haqida gapirayotgan video 1-aprel kuni paydo bo‘ldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 13-fevral kuni u boshqa yuk tashuvchilar bilan birga yuk yetkazib berish uchun Mariupol Ilich nomidagi temir-po‘lat zavodi tomon yo‘l olgan. 23-fevral kuni ular Ukraina chegarasini kesib o‘tib, manzilga yetib kelishdi. 24-fevral kuni yuklarni bojxona rasmiylashtiruvi rejalashtirilgan edi, ammo urush boshlangani sababli haydovchilar bunga ulgurmadi. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi vakili Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonalari haydovchilar – Oʻzbekiston fuqarolarini jangovar hududlardan “evakuatsiya qilish masalasini muvaffaqiyatli ishlab chiqqanini” maʼlum qildi[12].

Kiyev va uning atrofida ishlagan 11 nafar o‘zbekistonlik mart oyi boshida bedarak yo‘qolgani maʼlum boʻldi. O‘shandan beri qarindoshlari ular bilan bog‘lana olmagani aytildi. Avvalroq tarmoqda Kiyev viloyatining Buchanskiy tumanidagi Kolonshchina qishlog‘idagi tayanch qo‘riqchisi 9 nafar O‘zbekiston fuqarosining ismi va mamlakatini so‘ragani videosi paydo bo‘lgan edi. Hammasi Surxondaryo viloyatidan deyishgan edi. O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, qidiruv ishlari 3-martdan beri davom etgan edi[13].

Oʻzbekiston munosabati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining ES-11/1 rezolyutsiyasi 2022-yil 2-martda Ukrainaga bostirib kirishni qoralab, Rossiya qoʻshinlarini toʻliq olib chiqib ketishni talab qiladi.
Oʻzbekiston ovoz berishda qatnashmadi.
  Ha
  Yoʻq
  Ovoz bermadi
  Ovoz berishda qatnashmadi
  Aʼzosi emas

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati xabariga koʻra, muzokaralarda “Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligining bir qator dolzarb masalalari” muhokama qilingani va bundan tashqari, “xalqaro va mintaqaviy kun tartibi, jumladan, Ukraina atrofidagi mavjud vaziyat yuzasidan” fikr almashilgani aytilgan edi. Kremlning maʼlumotlari boʻyicha esa Shavkat Mirziyoyev Rossiya tomoni amalga oshirayotgan chora-tadbirlarni tushunishini bildirilgan aytilgan edi[14]. Prezident matbuot koʻtibi Sherzod Asadov «O‘zbekiston bu masala bo‘yicha vazmin, neytral pozitsiyada. Biz keng mintaqamizda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyot bo‘lishidan manfaatdormiz. Barcha bahs va kelishmovchiliklar faqatgina xalqaro huquq normalari asosida hal qilinishi lozim», – deya taʻkidladi. U Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqot qilgani haqida ham maʼlumot berdi. Asadov ma’lum qilishicha, muloqot davomida ikki tomonlama munosabatlarning keng ko‘lamli kun tartibida turgan dolzarb masalalardan tashqari, O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashdilar. Rossiya prezidenti davlat rahbariga maxsus harbiy operatsiyani o‘tkazish to‘g‘risida qabul qilingan qarorning sabablari va shart-sharoitlari to‘g‘risida ma’lumot bergan. O‘zbekiston yetakchisi, o‘z navbatida, tomonlar vaziyatni hal qilishning o‘zaro maqbul yo‘llarini tez fursatda topishlari va uning yanada keskin tus olishiga yo‘l qo‘yilmasligiga umid bildirgan[15].

BMT Bosh Assambleyasi “Ukrainaga qarshi tajovuz” rezolyutsiyasini 2-mart 2022-yili qabul qilib, Rossiyadan o‘z qo‘shinlarini Ukraina hududidan zudlik bilan olib chiqib ketishni talab qildi. 141 davlat yoqlab, 5 davlat qarshi, 35 davlat betaraf ovoz berdi. Rezolyutsiyada, shuningdek, “Belarus ishtirokidan” afsus bildirilgan. Oʻzbekiston rezolutsiyaga ovoz berish boʻyicha qatnashmagan[16].

6-mart kuni “Rossiya 24” o‘zbek matbuotini tanqid qilishga qaror qiladi. “Rossiya 24” telekanalining “Robert Frantsev bilan Osiyo markazida (В центре Азии с Робертом Францевым)” ko‘rsatuvida Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida yoritilishi haqida syujet namoyish etilgan edi[17].

13-mart kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Antaliyada (Turkiya) boʻlib oʻtayotgan II Diplomatik forum doirasida Ukrainadagi vaziyat yuzasidan munisabat bildirdi. «Biz juda xavotirdamiz. Bu haqda ko‘p gapirishimiz mumkin. Ammo, dunyodagi aksariyat odamlar singari, biz ham zo‘ravonlikning to‘xtatilishini va barcha muammolar siyosiy-diplomatik yo‘llar bilan hal qilinishini xohlaymiz», — deya ta’kidladi vazir ANews nashriga bergan intervyusida[18].

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Senatdagi chiqishida O‘zbekiston Ukrainadagi vaziyatga tinch yo‘l bilan yechim topish va mojaroni siyosiy diplomatik vositalar yordamida hal qilish tarafdori ekanini ta’kidladi. «O‘zbekiston Respublikasi Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan oladi. Biz Lugansk va Donetsk xalq respublikalarini tan olmadik», — dedi u[19]. O‘zbekistonlik diplomatlar Ukrainadan 6000 nafar vatandoshini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘ldi deb qoʻshdi yana vazir. “Eng katta muammo xavfsizlik nuqtai nazaridan edi. Bir viloyatdan ikkinchi viloyatga tashish juda qiyin edi”, — dedi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ukrainadan evakuatsiya qilishning murakkabligini o‘zbeklarning Suriyadan olib chiqilishi bilan solishtirdi. Hozir Ukrainada 300ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari qolmoqda, ular bilan aloqada va yaqin kunlarda olib ketiladi deb aytdi TIV vaziri[20].

18-mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Buyuk Britaniya, Yaponiya va AQSh diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Ukrainadagi vaziyat muhokama qilindi. O‘zbekiston tomoni “respublikaning o‘zgarmas pozitsiyasi”ni bildirdi, bu esa tinch va betaraf yondashish hamda vaziyatni siyosiy va diplomatik yo‘l bilan hal qilishga chaqiradiganini eʼlon qildi[21].

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqot qildi, unda mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan tabriklar almashildi, shuningdek, Ukrainadagi vaziyat muhokama qilindi. Kreml Shavkat Mirziyoyev “Rossiya pozitsiyasi va xatti-harakatlari haqida tushunish bilan gapirgan”ini yana bir bor xabar qildi[22].

O‘zbekiston Rossiyaning BMT Inson huquqlari kengashidagi a’zoligini to‘xtatib turish bo‘yicha rezolyutsiyaga qarshi ovoz berdi. Mamlakatning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov bunday qarorlar «gumonlanayotgan inson huquqlari buzilishining puxta tergovi natijasiga» asoslangan bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Qozog‘iston va Qirg‘iziston delegatsiyalari vakillari ham shunga o‘xshash bayonotlar bilan chiqishdi. CNN Rossiya tashkilot a’zo-davlatlariga rezolyutsiyaga ovoz berish «oqibatlari» haqida ogohlantirib, nota jo‘natganligini ta’kidlagan edi[23].

AQSh elchisi Daniel Rozenblum O‘zbekistonning Ukrainadagi urush bo‘yicha pozitsiyasini tushunishi va hurmat qilishini ta’kidladi: “Biz geografiya va tarix tufayli O‘zbekiston manfaatlar muvozanatini saqlashga va qo‘shnilar, ayniqsa, urushayotgan davlatlar bilan munosabatlarni saqlashga majbur bo‘layotganini chuqur hurmat qilamiz deb aytdi[24].

Qoʻllab-quvvatlash aksiyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ukrainaning Toshkentdagi elchixonasida qoʻllab-quvvatlash

25-fevral 2022-yili Toshkentliklar Ukraina elchixonasiga gullar, yumshoq o‘yinchoqlar va eslatmalar olib kelib, ukrain xalqini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishgani maʼlum boʻldi. Eslatmalarda ukrain, o‘zbek, ingliz va rus tillarida yozilgan yozuvlarni ko‘rish mumkin edi: “Biz siz bilanmiz! #urushga yo‘q”, “Ukraina, tur!”, “Ukrainaga tinchlik”, “Ukraina xalqiga kuch va sabr” (asl tilda: «Мы с вами! #нетвойне», «Украина, держись!», «Украинага тинчлик», «Сил та терпіння українському народу») va boshqalar[25]. Ukrainaning Toshkentdagi elchixonasi oʻzbekistonliklar va oʻz fuqarolarini Ukrainani qiyin vaqtda qoʻllab-quvvatlaganlari uchun minnadorligi bildirdi[26].

Oʻzbekiston fuqarolari evakuatsiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sana Evakuatsiya

qilinganlar soni

Polshada

qolayotganlar soni

Ukrainada

qolayotganlar soni

Polsha-Ukraina

chegarasida fuqarolar soni

Moldova

orqali evakuatsiya

Rumuniya

orqali evakuatsiya

Vengriya

orqali evakuatsiya

24-fevral 4300[27]
25-fevral
26-fevral 90[28]
27-fevral 110[29] 600[29]
28-fevral 251[30]
1-mart 762[31]
2-mart 1186 800[32] 350[32]
3-mart 1859 1100
4-mart 2579 1500
5-mart 3 245
6-mart 3 685 850 50
7-mart 4359 350
8-mart 4787
9-mart 5037
10-mart 5282 94
11-mart 5634 98
15-mart 5884
24-mart 6030

24-fevral 2022-yili Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini inobatga olgan holda O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi evakuatsiya rejasini va mamlakatni tark etishni xohlovchi fuqarolar ro‘yxatini ishlab chiqishini eʼlon qildi. Buning uchun turli xil marshrutlar va evakuatsiya joylari ishlab chiqilishi haqida aytilgan edi[33].

24-fevralda Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, shu jumladan, Rossiyaning Ukrainaga tutash hududlarida joylashgan oliy oʻquv yurtlari talabalariga tashvishlanish uchun hech qanday sabab yoki asos yoʻqligini maʼlum qildi[34]. 24-fevral maʼlumoti boʻyicha TIV Ukrainada Oʻzbekistonning 4300 fuqarosi borligini xabar qilgan edi va ushbu maʼlumotlar Kiyevdagi elchixona tomonidan yana aniqlanyatgani ham aytilgan edi[27].

Oʻzbekiston fuqarolari Ukrainadan Polsha orqali evakuatsiya qilinganidan soʻng, Toshkent Xalqaro Aeroporti

25-fevral 2022-yili Oʻzbekiston fuqarolari Polsha orqali evakuatsiya qilinishi Ukrainadagi Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan eʼlon qilindi. Polshaning tegishli idoralari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Polsha davlat chegarasini vizasiz kesib oʻtish huquqini berishga kelishildi[28].

26-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da O‘zbekistonning 90dan ortiq fuqarolaridan iborat boʻlgan birinchi evakuatsiya karvoni Lvovdan Ukraina-Polsha chegarasidagi Krakovets o‘tkazish punkti yo‘nalishi bo‘yicha jo‘nab ketgani eʼlon qilindi. Chegarani kesib o‘tish masalasi O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi bilan hamkorlikda kelishilgan, deyilgan edi xabarda[35].

27-fervral kuni TIV Oʻzbekiston fuqarolari uchun birinchi reys 28-fevralda rejalashtirilgani haqida eʼlon qildi. Shu jumladan 27-fevralga binoan 600 oʻzbekistonliklar Polsha chegarasiga yetkazilgani haqida ham xabar qilingan edi va undan 110 fuqaro Polsha hududiga oʻtkazilgani maʼlum boʻldi. Fuqarolarni Polshadan Oʻzbekistonga yetkazish uchun “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi samolyotining parvozi uchun havo yoʻlagi bilan taʼminlash masalasi ishlab chiqildi[29].

28-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:15da “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan maxsus samolyoti Polshaning Katowice shahridan havoga ko‘tarildi. Evakuatsiya qilinganlar orasida ayollar, bolalar, talabalar va turli soha xodimlari bor edi[30]. 1-mart kuni soat 9:15da “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning ikkinchi maxsus samolyoti Ukrainadan evakuatsiya qilingan 258 nafar O‘zbekiston fuqarosi bilan Polshaning Katowice shahridan Toshkentga yetib keldi[31].

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining uchinchi maxsus samolyoti 1-mart kuni soat 15:05da Polshaning Katowice shahridan havoga ko‘tarildi. Samolyot bortida Ukrainadan evakuatsiya qilingan 253 nafar O‘zbekiston fuqarosi, jumladan, 68 nafar ayol, 54 nafari bola va 12 nafari chaqaloq bo‘lgan. 2-mart holatiga ko‘ra, Katowicedan O‘zbekistonga jami 762 nafar O‘zbekiston fuqarosi yetkazilgan edi[36][37]. 2-mart maʼlumotlariga koʻra Ukrainadan Polshaga 1186 Oʻzbekiston fuqarosi yetkazilgan edi va shu vaqtning oʻzida Polshada yana 800 kishi borligi maʼlum boʻldi[32]. 3-martga kelib Ukrainadan Oʻzbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilinganlar soni 1859 kishiga yetdi. Polshada esa yana 1100 kishi qolayatgan edi[38]. 4-martga kelib evakuatsiya qilinganlar soni 2579 kishiga yetdi va Polsha qolayotganlar soni 1500 kishiga yetdi[39]. 7-martga kelib Ukrainadan 4359 kishi evakuatsiya qilindi. Jami 28-fevraldan 7-martgacha "Oʻzbekiston havo yoʻllari" tomonidan 19ta maxsus reyslari qilingan edi. Shu kunning oʻzida Polshada yana 350 Oʻzbekiston fuqarosi qolayatgan edi[40]. 8-martga kelib Ukrainadan 4787 fuqaro evakuatsiya qilindi. Undan tashqari Moldova orqali ham evakuatsiya qilish rejalashtirilgan edi[41]. 9-martda Polsha orqali evakuatsiya qilinganlar soni 5037 kishiga yetdi va undan tashqari Sumy shahrida 23 nafar Oʻzbekistonlik talabalari Lvovga evakuatsiyalangani maʼlum boʻldi[42]. 10-martga kelib Ukrainadan 5282 kishi evakuatsiya qilindi va yana 94 kishi Vengriyaning poytaxti Buxarestdan evakuatsiya qilinishi eʼlon qilindi[43]. Moldovadan 11-mart kuni Oʻzbekistonning 98 fuqarosi evakuatsiya qilindi va yana Polshada esa 200 oʻzbekistonlik qolayatgan edi[44]. 12-mart ahvoliga kelib Polsha orqali 24 reys va Ruminiya orqali 1 reys tashkil etilgan edi. Shu reyslar orqali 5634 fuqaro evakuatsiya qilingani maʼlum qilingan edi[45]. 15-martga kelib Ukrainadan 5884 Oʻzbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi va ulardan 300dan ortigʻi ayollar, 700dan ortigʻi 14-yoshgacha boʻlgan bolalar ekanligi maʼlum boʻldi. Undan tashqari ayrim ish migrantlari va studentlarini evakuatsiya qilish boʻyicha qiyinliklar borligi maʼlum boʻldi[46]. 24-martda yana 146 fuqaro evakuatsiya qilindi va jami evakuatsiya qilinganlar soni 6030 kishiga yetdi[47].

Ukrainadan oʻqishni koʻchirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

4-mart kuni Ukrainada oʻqib kelayotgan talabalar Oʻzbekistonda oʻqishlarini koʻchirishi mumkinligi eʼlon qilindi. Shu jumladan Oʻzbekiston prezident koʻchirish boʻyicha maxsus komissiya tuzilishi haqida maʼlumot berdi[48]. 22-aprelda O‘zbekiston ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi fuqarolarga Ukrainadan qaytish va mamlakat oliy o‘quv yurtlariga soddalashtirilgan tartibda o‘qishga ko‘chirishga ruxsat berdi. Shu munosabat bilan 26-apreldan boshlab talabalar o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston oliygohiga hujjat topshirishlari mumkin boʻldi. Shu bilan birga, Oliy taʼlim vazirligi hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida Ukraina oliy oʻquv yurtlarida oʻtgan yillarda oʻqigan, lekin oʻqishdan haydalgan yoki akademik taʼtilga chiqqan talabalarga oʻqishni koʻchirish rad etilishi haqida ogohlantirdi[49].

Insonparvarlik yordam

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  Rossiya
  Ukraina
  2022-yilgi bosqin paytida Ukrainani harbiy texnika bilan ta'minlagan davlatlar
  Rossiya
  Ukraina
  Ukrainaga har qanday yordamni, jumladan, insonparvarlik yordamini yuborayotgan davlatlar, shu jumladan Oʻzbekiston ham bor

6–9-mart kunlari TIV vaziri Abdulaziz Komilov AQShni rasmiy tashrif buyurdi. Shu vaqtda AQShning Davlat sekretari Antony Blinken Oʻzbekistonni Ukrainaga va Afgʻonistonga insonparvarlik yordami uchun minnadorligi bildirdi[50]. Undan tashqari Ukrainaning Toshkentdagi elchisi Nikolay Doroshenko Oʻzbekiston Ukraina tomoniga 28 tonna gumanitar yordam joʻnatgani uchun minnatdorchilik bildirgan edi.

8-aprel kuni O‘zbekistondan Ukrainaga 34 tonnadan ortiq gumanitar yordam yetib kelgan. Zakarpatska viloyati rahbari Viktor Mikita ko‘rsatilgan yordam uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirgan. Ukrainaga gumanitar yordam yuborilganligi haqida hozircha O‘zbekistonning rasmiy idoralari tomonidan xabar berilmadi[51].

6-iyun kuni Zakarpatyaga O‘zbekiston tomonidan yuborilgan yana bir insonparvarlik yuki — qiymati 1 mln dollardan ziyod 19 tonnadan ortiq dori-darmon yetib borgani maʼlum boʻldi. Gumanitar yordam jangovar hududlar va kasalxonalardagi harbiy shifokorlarga yuboriladi, deyildi xabarda[52].

Urushning Oʻzbekiston iqtisodiga taʼsiri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiya tomonidan Ukrainada harbiy harakatlar boshlanishi munosabati bilan Yevropa Ittifoqi, AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa koʻplab davlatlar Rossiya Federatsiyasiga, jumladan, Markaziy bank, yirik tijorat banklari va kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy etishini eʼlon qildi. Undan soʻng rubl kursi qulab tushdi, Yevropa Ittifoqi va AQSh Rossiya aviakompaniyalari uchun havo hududini yopdi, Rossiya aktivlaridan chet el kapitalining chiqib ketishi boshlandi, Rossiya kompaniyalari aksiyalari keskin tushib ketdi, turli iqtisodiy cheklovlar joriy etildi.

Rossiya 2021-yilda O‘zbekistonning eng yirik savdo sherigi maqomini qaytardi. Bu mamlakatdan katta hajmlarda oziq-ovqat, neft mahsulotlari, yogʻoch va boshqa tovarlar yetkazib berilmoqda. Ukraina O‘zbekistonning dori-darmonlar, yarim tayyor metall buyumlar va boshqalarni eksport qiladigan to‘qqizinchi yirik savdo hamkoridir[53].

9-mart kuni Tadbirkor Zafar Hoshimov Ukraina va Rossiyadagi voqealar O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilishi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tovarlar, yetkazib beruvchilar va bank sektori logistikasi bilan bog‘liq muammolar allaqachon ko‘p. Shuningdek, rublning qadrsizlanishi, inflyatsiya va likvidlik bilan bog'liq "murakkabroq muammolar" ham kutilmoqdaligi aytildi. Shuningdek, mamlakatning aviatsiya va turizm sohasidagi iqtisodiy imkoniyatlarini sanab o‘tib, qator takliflarni ilgari surdi[54].

15-martda Rossiya shakar va g‘alla eksportini vaqtinchalik taqiqladi. Unga ko‘ra, oq shakar va shakarqamishni uchinchi mamlakatlarga eksport qilish taqiqlanadi. Ushbu chora 15 martdan 31 avgustgacha amal qilinadigan boʻldi. Bug‘doy, javdar, arpa va makkajo‘xorini Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlariga olib chiqish taqiqlanadi. Cheklov 15 martdan joriy qilingan va 30 iyungacha amal qilinadigan boʻldi. Rossiya 2020−2021 qishloq xo‘jaligi yilida (2020 yil 1 iyul — 2021 yil 30 iyun) 49 mln tonna don eksport qilgan, shu jumladan bug‘doy eksporti 38,4 mln tonnani tashkil etdi. Yanvar oyi o‘rtalarida Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2021−2022 qishloq xo‘jaligi yilida Rossiya don eksportini 45−48 mln tonna miqdorida bo‘lishini prognoz qilgandi. 2017 yilning kuzidan boshlab O‘zbekistonning «Xorazm Shakar» va «Angren Shakar» shakar zavodlari so‘mning qadrsizlanishidan so‘ng o‘z faoliyatini amalda to‘xtatib qo‘ydi, bu esa xorijdan importning keskin oshishiga olib keldi (2016−2018 yillarda import hajmi 1 mlrd dollargacha oshdi). Shakar va shakar mahsulotlari uchun import bojlari va aksiz solig‘i stavkalari nolga qaytarildi. Bunga qadar 2000 yillarning boshidan beri 30 foizlik stavka saqlanib qolgan edi. 2019 yilda zavodlar yana ishlay boshladi. 2020 yil 1 yanvardan import qilinadigan shakardan 20 foizlik aksiz solig‘i undirish boshlandi, biroq aprel oyida koronavirus pandemiyasi sababli hukumat 20 turdagi tovarlar, jumladan shakar uchun boj va aksiz solig‘ini bekor qilindi. 2019 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston shakarning katta qismini (81,3 foizi) Ukrainadan — 32,7 mln dollarga 66,7 ming tonna import qildi. 2020 yilning shu davrida Rossiya asosiy yetkazib beruvchiga aylandi (84,4%). Bu davlatdan 99,8 mln dollarga 245,9 ming tonna shakar import qilindi. 2021 yilda O‘zbekiston 13,4 mln dollarga 23,9 ming tonna oq shakar import qilgan: Rossiyadan — 2,93 mln dollarga 5,32 ming tonna, Jazoirdan — 4,05 ming tonna (2,48 mln dollar), Ozarbayjon — 4,61 ming tonna (2,37 mln dollar), Polsha — 3,67 ming tonna (2,23 mln dollar), Ukraina — 3,38 ming tonna (1,79 mln dollar), Qozog‘istondan — 1,5 ming tonna (820 ming dollar)[55].

Don mahsulotlariga kelsak, O‘zbekiston ushbu mahsulot hajmining katta qismini (taxminan 90%) Qozog‘istondan import qiladi. 2020 yilda O‘zbekiston tomoni Qozog‘istondan 666,1 mln dollarga don va undan tayyorlangan mahsulotlar (un va boshqa don mahsulotlari) sotib olgan bo‘lsa, 2021 yilda don mahsulotlari yetkazib berish hajmi 648,3 mln dollarni (umumiy importning 97,9 foizi), un esa 92,9 mln dollarni tashkil qildi (97,2%). Qozog‘iston unini yetkazib berish hajmi 372,9 ming tonna (+9%), mahalliy ishlab chiqarish esa 1,8 mln tonna (-6,8%) deb baholangan. Rossiyaning don yetkazib berishi ham ahamiyat kasb etmaydi. Agar 2020 yilda O‘zbekiston 7,8 mln dollarga 25,6 ming tonna bug‘doy va meslina import qilgan bo‘lsa, 2021 yilda import 3,5 mln dollarga 7,79 ming tonnani tashkil etdi. Qozog‘istonda don eksportidagi cheklovlar va jahon g‘alla narxining oshishi fonida ushbu mahsulot va un narxi oshishi mumkin, bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston uchun import narxlarining oshishiga olib kelishi mumkinligi maʼlum qilingan edi 2022-yilning mart oyida[56].

Qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda Oʻzbekistonda tadbirkorlarni tashqi xavflarni kamaytirish boʻyicha qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni maʼlum qildi[57]:

  • yil oxirigacha soliq ma’muriyatchiligining yangi mexanizmlari bo‘yicha, xususan, ombordagi tovarlarni majburiy hisobga olish (E-Aktiv), mahsulot kodlarini yuritish (IKPU), mulk va ijarani elektron ro‘yxatga olish kabilar bo‘yicha jarimalar va boshqa sanksiyalar qo‘llanilmaydiganu maʼlum boʻldi;
  • o‘z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan xomashyo, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar uchun bojxona imtiyozlarini qo‘llash muddati joriy 6 oydan 1 yilgacha uzaytirildi;
  • yil oxirigacha Rossiya, Ukraina va Belorussiya kompaniyalari bilan ishlaydigan korxonalar debitorlik qarzlari uchun jarimaga tortilmaydi;
  • ushbu davlatlar bilan ish olib borayotgan eksportyorlarning bank kreditlari bo‘yicha qarzlarini to‘lash muddatlari oshiriladi, jarima va penya undirilmaydigan boʻldi.

Ukrainadagi urush oqibatlari tufayli mart oyida jahon bozorida bug‘doy, makkajo‘xori va o‘simlik yog‘i narxlari rekord darajaga ko‘tarildi, deya ma’lum qildi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti. Shuningdek, shakar, go‘sht va sut mahsulotlari narxlari indeksida sezilarli o‘sish kuzatilgan. Tashkilot 2022 yilda global miqyosda don mahsulotlari yetishtirish va iste’mol bo‘yicha prognozlarini taqdim etdi[58].

Markaziy bank tahlili

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi Markaziy bank prognoz qilgan ko‘rsatkichdan sezilarli darajada oshadi, deyildi regulyator o‘z sharhida. Joriy yilning birinchi choragida inflyatsiya milliy valyutaning qadrsizlanishi va tashqi geosiyosiy omillar taʼsirida yetkazib berish zanjiridagi uzilishlar natijasida ayrim oziq-ovqat mahsulotlari taklifining mavsumiy qisqarishi va import qilinadigan tovarlar narxining oshishi fonida shakllandi. Shu bilan birga, yanvar oyida koronavirusning “omikron” variantining tez tarqalishi tufayli iqtisodiy faollikning sekinlashuvi kuzatilgan bo‘lsa, fevral oyida pandemiya bilan bog‘liq vaziyatning yaxshilanishi iqtisodiy faollikning jonlanishiga xizmat qildi. Tashqi muhitning o‘zgarishi va shunga mos ravishda ichki bozorlar tendentsiyalari natijasida yillik inflyatsiya darajasi fevraldagi 9,7 foizdan mart oyida 10,5 foizgacha o‘sdi va Markaziy bank prognoz qilgan traektoriyadan yuqori darajada rivojlandi. Mart oyining oxirida tashqi siyosiy vaziyatning keskinlashuvi fonida jahon bozorlarida asosiy iste'mol tovarlari tanqisligi kuzatildi va narxlarning o'sishi so'nggi 40 yil ichida eng yuqori ko'rsatkichlarni qayd etdi. Ko'pgina mamlakatlar import va eksportga ba'zi cheklovlar kiritdi, bu esa logistika va yetkazib berish tizimiga jiddiy zarba berdi. Natijada, bu global miqyosda energiya va mineral o'g'itlar, shuningdek, qishloq xo'jaligi uchun oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshishiga olib keldi. Jahon bozoridagi narxlarning o'zgarishi ichki bozorlardagi tovarlar narxiga biroz kechikish bilan ta'sir qila boshladi.

Birinchi chorakda O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘sishi 4,4 foizni tashkil etdi va ushbu segmentning umumiy inflyatsiyaga qo‘shgan hissasi 1,8 foiz punktni tashkil etdi. Meva va sabzavot narxlari yanvar oyida ko'tarilganidan keyin fevral oyida nisbatan pasaygan bo'lsa-da, narxlar mart oyida yuqori sur'atga qaytdi. Bu holat qo‘shni davlatlarga eksport qilish va mavsumiylik, shuningdek, so‘nggi haftalarda kuzatilgan salqin ob-havo bahorgi sabzavotlarning yangi hosilining vegetatsiya davrini ma’lum muddatga kechiktirdi. Taklifning kamayishi ichki narxlarga ta'sir qildi. Yanvar oyida sement va qurilish materiallari narxi pasaygan bo'lsa, keyingi isish qurilish ishlarining tezlashishiga va talabning oshishiga olib keldi. Bundan tashqari, ayrim korxonalar to‘liq quvvat bilan ishlamagan, bu esa fevral-mart oylarida ichki bozorda sement narxining oshishiga olib keldi.

FAO indeksiga ko'ra, 2021 yilda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining yillik o'sishi so'nggi 20 yildagi eng yuqori ko'rsatkichi boʻldi. Shu bilan birga, eng ko'p narx ko'tarilgan tovarlar orasida shakar, don va neft mahsulotlarini qayd etildi. Xalqaro ekspertlar dastlab bu shartlar vaqtinchalik ekanligini va 2022-2024-yillarda pandemiya asta-sekin yaxshilanib, logistika va ishchi kuchi kabi omillar tiklanishi sababli jahon bozorida narxlarning sezilarli o‘sishi barqarorlashishini bashorat qilgan edi.

Yana bir katta muammo – mineral o‘g‘itlar narxining oshishi. Rossiya va Belorussiya ushbu mahsulotning asosiy eksportchilari, Qora dengiz portlari esa dunyodagi asosiy yetkazib berish zanjirlari hisoblanadi. Ushbu bozordagi sekinlashuv va yetkazib berish cheklovlari barcha bozor ishtirokchilariga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligi maʼlum boʻldi. Bundan tashqari, ushbu dengiz portiga qo'ng'iroq qiluvchi kemalarning yuqori xavflari tufayli sug'urta xarajatlari sezilarli darajada oshdi.

Asosiy xom ashyo (mineral o'g'itlar) zahiralarining qisqarishi Braziliya va boshqa yirik ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning oziq-ovqat ta'minotini qisqartirish ehtimolini oshirdi, bu esa o'z navbatida jahon bozoridagi narxlarga ta'sir qildi. Bundan tashqari, ko'mir, tabiiy gaz va neft mahsulotlari o'g'it ishlab chiqarish uchun asosiy manbalar bo'lganligi sababli, ushbu energiya resurslarining hozirgi yuqori narxi o'g'itlarning global narxlarining oshishiga bosim o'tkazilishi mumkinligi aytildi

Xalqaro tahlilchilar fikricha, mintaqadagi vaziyat barqarorlashgan taqdirda ham Ukrainadagi infratuzilma muammosi dolzarbligicha qolaveradi. Bu yilgi hosil yig‘ib olingan taqdirda ham yuk tashish va temir yo‘llarning holati mahsulot yetkazib berish muddati va yetkazib berish zanjiriga bog‘liq bo‘ladigani maʼlum boʻldi.

Jahon oziq-ovqat bozorida narxlarni shakllantirishda Xitoy alohida o'rin tutishi aytildi. Aprel va may oyida Xitoy pandemiya sababli qattiq cheklovlar ostida boʻldi, ba'zi yirik shaharlar bloklandi. Kuzatuvchilar bu shaharlarda oziq-ovqat bilan bog‘liq muammolar mavjudligini ham qayd etishdi. Agar yaqin oylarda karantin cheklovlari yumshatilgan sharoitda iqtisodiy faollik tiklanadigan boʻlsa, Xitoydan dunyoda isteʼmol va sanoat tovarlariga talabning jonlanishini kutish mumkinligi aytildi. Bu faktlar ichki bozorni asosan import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni hisobga olinadigan boʻlsa, O‘zbekistondagi ichki narxlarga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi aytildi.

Yil boshida Markaziy bank 2022-yil oxirigacha inflyatsiya darajasini 8-9 foiz darajasida bashorat qilgan edi. Shu bilan birga, jahonda asosiy oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari hamda energiya resurslari narxlarining sezilarli darajada oshishi va ularning ichki narxlarga ta’siri tufayli inflyatsiyaning o‘rta muddatli prognozi qayta ko‘rib chiqildi. Regulyatorga ko‘ra, 2022-yilning ikkinchi choragidan boshlab inflyatsiya tezlashadi va yil oxiriga kelib yillik inflyatsiya darajasi 12-14 foizga yetishi kutilgan[59].

Rossiyadagi iqtisodiy inqiroz, shuningdek, Rossiya kompaniyalari va iqtisodiyot tarmoqlariga nisbatan sanksiyalar O‘zbekistondagi faoliyatga ta’sir qiladi, deb ta’kidladi S&P 6-iyun 2022-yili[60].

S&P xalqaro reyting agentligi tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston suveren kredit reytingi bahosi «BB-» (barqaror kutilma) darajasida tasdiqlandi, deya xabar qildi Moliya vazirligi matbuot xizmati. Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston kredit reytingi bo‘yicha «barqaror» kutilmaning saqlab qolinishi nisbatan mustahkam fiskal va tashqi zaxiralari mavjudligi tufayli respublika iqtisodiyoti kelgusi 12 oy davomida tashqi shoklarning salbiy ta’sirini kamaytirish imkoniyatiga egaligini aks ettiradi. Gap mamlakatning Ukraina atrofidagi voqealarning salbiy makroiqtisodiy yon ta’siriga dosh bera olishi haqida bormoqda deb aytildi tahlilda.

Respublika kredit reytingini pasaytiruvchi omillar sifatida quyidagilar qayd etildi:

  • tashqi savdo va pul o‘tkazmalari kamayishi sababli agentlik kutilmalariga nisbatan O‘zbekistonning fiskal va tashqi zaxiralari zaiflashsa;
  • davlat va moliya sektorining tashqi qarzlari o‘sish sur’atlarining mo‘’tadil darajada saqlanishi bo‘yicha agentlik kutilmalaridan farqli o‘laroq, mazkur qarzlar tez sur’atlar bilan o‘sishda davom etsa;
  • iqtisodiyotdagi dollarlashuv darajasi sezilarli darajada oshsa;
  • yirik davlat korxonalari moliyaviy holatining zaiflashuvi natijasida davlat shartli majburiyatlari amalga oshsa (ya’ni, hukumat davlat korxonalarining qarzlarini to‘lashni boshlasa).

Sanksiyalar taʼsiri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

25-fevral 2022-yili “O‘zagroeksportbank”ning davlat ulushini sotib olgan sanksiyalar ostida qolgan Rossiya Sovkombanki valyuta ayirboshlash, xorijiy valyutadagi depozitlarni qabul qilish va valyuta o‘tkazmalarini to‘xtatgani maʼlum boʻldi. Bank kartalari ham, shu jumladan Apple Pay va Google Pay xizmatlaridan foydalana olmaydigan boʻlishdilar.

  1. „Why is Russia invading Ukraine and what does Putin want?“ (en). BBC News (24-fevral 2022-yil). 19-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-fevral 2022-yil.
  2. „Россия начала вторжение в Украину“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  3. „Объявление о закрытии воздушного пространства Украины“. Украерорух. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  4. „“Uzbekistan Airways” AJ Kiyevga parvozlar bekor qilinganini ma’lum qiladi“. Uzbekistan Airways. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  5. „В микроавтобус посольства Узбекистана в Украине попал осколок снаряда“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  6. „Вывоз узбекистанцев из Харькова, Сум и Херсона затруднён в связи с боевыми действиями — МИД“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  7. „Президент Польши побеседовал с гражданами Узбекистана на границе“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  8. „Узбекистанцы попали в ДТП при выезде из Украины, один из них погиб“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  9. „Посольство Украины просило заблокировать российские телеканалы в Узбекистане“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  10. „Посольство Узбекистана в Украине временно перенесено во Львов“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  11. „O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashdilar“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  12. „В МИДе прокомментировали удержание водителей из Узбекистана в Украине“. Gazeta.uz. Qaraldi: 8-iyun 2022-yil.
  13. „11 узбекистанцев пропали без вести в Украине. Их поиски идут с начала марта“. Gazeta.uz. Qaraldi: 8-iyun 2022-yil.
  14. „Кремль: Шавкат Мирзиёев «выразил понимание» действий Россией в Украине“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  15. „«O‘zbekiston bu masala bo‘yicha vazmin, neytral pozitsiyada» — Sherzod Asadov Ukrainadagi holat haqida“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  16. „Генассамблея ООН приняла резолюцию с осуждением действий России в Украине“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  17. „«Россия 24» решила подвергнуть критике узбекистанские СМИ“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  18. „«Biz zo‘ravonlikni to‘xtatish tarafdorimiz» — Abdulaziz Kamilov Ukrainadagi vaziyat haqida“. Gazeta.uz. Qaraldi: 8-iyun 2022-yil.
  19. „«Harbiy harakatlar zudlik bilan to‘xtalishi zarur» — TIV rahbari Ukrainadagi vaziyat haqida“. Gazeta.uz. Qaraldi: 8-iyun 2022-yil.
  20. „Глава МИДа сравнил сложность эвакуации из Украины с вывозом узбекистанцев из Сирии“. Gazeta.uz. Qaraldi: 8-iyun 2022-yil.
  21. „МИД Узбекистана обсудил ситуацию в Украине с главами иностранных дипмиссий“. Gazeta.uz. Qaraldi: 8-iyun 2022-yil.
  22. „Кремль вновь заявил о «понимании» со стороны Узбекистана“. Gazeta.uz. Qaraldi: 8-iyun 2022-yil.
  23. „Nega O‘zbekiston Rossiyani Inson huquqlari kengashidan chiqarish bo‘yicha qarorga qarshi ovoz berdi?“. Gazeta.uz. Qaraldi: 8-iyun 2022-yil.
  24. „«Узбекистан вынужден соблюдать баланс». Посол США — о позиции Узбекистана по войне в Украине“. Gazeta.uz. Qaraldi: 8-iyun 2022-yil.
  25. „К посольству Украины в Ташкенте несут цветы и записки“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  26. „Дякуємо небайдужим узбекистанцям та нашим співвітчизникам за підтримку України!“. https://www.instagram.com/ukraine_in_uzbekistan/.+Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  27. 27,0 27,1 „«Граждан Узбекистана среди пострадавших в Украине нет» — МИД“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  28. 28,0 28,1 „Узбекистан эвакуирует своих граждан из Украины через Польшу“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  29. 29,0 29,1 29,2 „Первый авиарейс для эвакуации узбекистанцев из Украины запланирован на 28 февраля“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  30. 30,0 30,1 „Первый рейс с эвакуированными из Украины узбекистанцами вылетел в Ташкент“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  31. 31,0 31,1 „Очередной рейс с узбекистанцами прибыл из Украины“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  32. 32,0 32,1 32,2 „Посольство Узбекистана продолжает эвакуацию граждан из Украины — МИД“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  33. „Узбекистан готовится к эвакуации своих граждан из Украины“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  34. „Сообщение для граждан Узбекистана“. Министерство иностранных дел Республики Узбекистан. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  35. „Из Львова выехала первая эвакуационная группа узбекистанцев“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  36. „Третий спецборт с эвакуированными узбекистанцами вылетел из Катовице“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  37. „Очередной спецборт с эвакуированными узбекистанцами прибыл из Украины“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  38. „Число эвакуированных из Украины достигло 1859 человек“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  39. „Более 2500 узбекистанцев эвакуированы из Украины“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  40. „Более 4300 узбекистанцев эвакуировано из Украины“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  41. „4787 узбекистанцев эвакуировано из Украины“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  42. „Более 5000 узбекистанцев эвакуировано из Украины“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  43. „5282 узбекистанца эвакуированы из Украины“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  44. „Из Молдовы эвакуировано около 100 узбекистанцев“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  45. „Более 5600 узбекистанцев эвакуировано из Украины“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  46. „Почти 5900 узбекистанцев вывезено из Украины“. Gazeta.uz. Qaraldi: 8-iyun 2022-yil.
  47. „Из Украины эвакуированы ещё 146 узбекистанцев“. Gazeta.uz. Qaraldi: 8-iyun 2022-yil.
  48. „Эвакуированные из Украины студенты смогут продолжить учёбу в Узбекистане“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  49. „Узбекистанцы смогут перевести учёбу из Украины на родину в упрощённом порядке“. Gazeta.uz. Qaraldi: 8-iyun 2022-yil.
  50. „AQSh O‘zbekistonga Ukraina va Afg‘onistonga yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirdi“. Gazeta.uz. Qaraldi: 8-iyun 2022-yil.
  51. „O‘zbekiston Ukrainaga gumanitar yordam yubordi“. Gazeta.uz. Qaraldi: 8-iyun 2022-yil.
  52. „O‘zbekiston Ukrainaga dori-darmonlardan iborat insonparvarlik yukini jo‘natdi“. Gazeta.uz. Qaraldi: 8-iyun 2022-yil.
  53. „Чем Узбекистан торгует с Россией и Украиной“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  54. „Зафар Хашимов — о том, как события в Украине повлияют на экономику Узбекистана“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  55. „Rossiya shakar va g‘alla eksportini vaqtinchalik taqiqladi. Bu O‘zbekistonga qanday ta’sir qilishi mumkin?“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  56. „Rossiya shakar va g‘alla eksportini vaqtinchalik taqiqladi. Bu O‘zbekistonga qanday ta’sir qilishi mumkin“. Gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  57. „Президент анонсировал меры поддержки бизнеса для снижения внешних рисков“. Gazeta.uz. Qaraldi: 8-iyun 2022-yil.
  58. „Ukrainadagi urush oqibatida jahon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari rekord darajaga ko‘tarildi“. Gazeta.uz. Qaraldi: 8-iyun 2022-yil.
  59. „Что влияет на рост цен в Узбекистане. Анализ ЦБ“. Gazeta.uz. Qaraldi: 8-iyun 2022-yil.
  60. „O‘zbekiston Ukraina bilan bog‘liq tashqi shoklarning salbiy ta’sirini kamaytirish imkoniyatiga ega — S&P“. Gazeta.uz. Qaraldi: 8-iyun 2022-yil.