Kontent qismiga oʻtish

Rayimbek Matraimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rayimbek Matraimov (qirgʻizcha: Райымбек Ысмайылович Матраимов 3-may 1971-yil Oʻsh viloyati, Qorasuv shahri)— qirgʻiz siyosatchisi[1][2]. Qirg‘iziston Davlat bojxona xizmati raisi o‘rinbosari (2015-2017) bo‘lgan. 2017-yil oxirida ishdan bo‘shatilganidan beri Matraimov Qirg‘iziston siyosiy tarixidagi eng katta janjallardan biri bo‘lgan pul yuvish ishida asosiy shaxsga aylangan[3][4]. U 2024-yilning 26-martida Bokudan Bishkekka ekstraditsiya qilindi[5].

1997-2004 — Davlat bojxona xizmati (DBX) inspektori;

2004-2005 — Bojxona xizmatining janubiy hududi bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlik bo‘limi boshlig‘i;

2005-2007 — DBX O‘sh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;

2007-2013 — DBX O‘sh bo‘limi boshlig‘i;

2013-2015 — DBX Janubiy bo‘limi boshlig‘i;

2015-2017 — DBX raisi oʻrinbosari[6]. (2017-yil 23-noyabrda oʻrinbosarlikdan ketgan)

Qirg‘iziston bojxona xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lgan Raim Matraimov 2017 yilda Almazbek Atambaev prezident sifatida eng oxirgi ish kunini yakunlayotgan paytda ishdan olingan edi. O‘sha paytdagi Bosh vazir Sapar Isaqov buyrug‘ida Matraimov hukumat ishonchini yo‘qotgani uchun lavozimidan bo‘shatilgani qayd etilgan[7]. Keyinchalik Bishkek shahar Birinchi May tuman sudi Matraimovni lavozimiga tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilgan[8]. Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambaev Raim Matraimov sud hukmi bilan yana lavozimiga tiklanganini amaldagi hukumatning siyosiy opponentlardan “o‘ch olish amaliyoti” sifatida baholagan[9].

Jurnalistlar surishturuvi va namoyishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Matraimovni Qirgʻizistondan millionlab dollar olib chiqib ketilgani haqida Ozodlik radiosi, OCCRP va uning Qirgʻizistondagi hamkori “Kloop” axborot agentligi qoʻshma surishtiruv oʻtkazdi. Mazkur jurnalistik surishtiruv ortidan Qirg‘izistonda korrupsiyaga qarshi ko‘p ming kishilik namoyishlar bo‘lib o‘tgan.

Bishkek shahrida 2019-yilning 18-dekabr kuni faol fuqarolarining “Reaksiya 2.0” deb nomlangan tinch mitingi bo‘lib o‘tdi. Miting “so‘z erkinligini himoya qilish va korrupsiyaga qarshi kurash” shiori ostida o‘tkazilgan[10]. Namoyishchilar qo‘llariga bojxona xizmati raisining sobiq o‘rinbosari Rayimbek Matraimovning suratini olib, uni hibsga olishni talab qilishdi[11]. Namoyish yarim soat davom etdi. Bu safar hech kimga gapirishga ruxsat berilmadi.Miting ishtirokchilari Bosh prokuratura va adliya organlariga futbolda qoida buzganlar uchun qo‘llaniladigan qizil kartochkani ko‘rsatdi[12].

AQShning qora ro'yxatiga kiritilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilning 9-dekabrida AQSh Moliya vazirligi Rayimbek Matraimov jahondagi yirik korrupsionerlardan biri sifatida “qora ro‘yxat”ga kiritilganini e’lon qildi. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo 10-dekabrda Rayimbek Matraimov va uning xotini Uulkan Turgunova “Magnitskiy ro‘yxati”ga kiritilganini rasman e’lon qildi. AQSh Moliya vazirligi e’lon qilgan bildiruvda, Matraimov Qirg‘izistonda keng miqyosli korrupsiyaviy sxemani tuzgan va pul yuvishda ishtirok etgan. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Tvitter sahifasida: “Bugun men sobiq qirg‘iz amaldori Raimbek Matraimov bilan uning xotinini korrupsiyaviy tandem tuzgani uchun “Magnitskiy ro‘yxati”ga kiritdim. AQSh korrupsiyaga qarshi kurashadi va jahonda inson huquqlarini buzganlar uchun javobgarlikni kuchaytiradi”, - deb yozgan[13].

  1. „Секрет успеха «Райыма миллиона»“ (ru). Радио Азаттык (Кыргызская служба Радио Свободная Европа/Радио Свобода). 2021-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-sentyabr.
  2. Капушенко, Анна „«Азаттык» заснял «дворец» зампредседателя таможенной службы“ (ru). KLOOP.KG - Новости Кыргызстана (2017-yil 14-fevral). 2020-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-sentyabr.
  3. „Polarisation grows as Kyrgyzstan tackles controversial corruption issues“ (en). openDemocracy. 2020-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-sentyabr.
  4. KOSTENKO, Julia „Deputy Chairman of Customs Service Raimbek Matraimov dismissed“ (en). 24.kg (2017-yil 23-noyabr). 2020-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-sentyabr.
  5. Боку халқаро қидирувдаги Райимбек Матраимовни Бишкекка топширди
  6. Матраимов Райымбек Ысмайылович — өмүр баяны
  7. Райым Матраимов ишеничтен кеткендиктен кызматтан алынды
  8. Биринчи Май райондук соту Райым Матраимовдун ишин карады
  9. Atambaev Raim millionning lavozimiga qayta tiklanishini "o‘ch olish" deb baholadi
  10. REакция: Бийликке экинчи "айып кагазы"
  11. #REакция: коррупцияга каршы жарандык чакырык
  12. Жарандык коом сөз эркиндигин коргоп чыкты
  13. AQSh qora ro‘yxatga kiritgan va o‘z aybini sudda tan olgan “Rayim million” 3 ming dollar jarima evaziga ozod qilindi
  14. Райымбек Ысмаилович Матраимов[sayt ishlamaydi]