Kontent qismiga oʻtish

Queen's universiteti

Koordinatalari: 44°13′30″N 76°29′42″W / 44.22500°N 76.49500°W / 44.22500; -76.49500
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kingstondagi Queen's universiteti
Queen's University at Kingston
Ilgarigi nomi
Kingstondagi Queen's kolleji
(1841–1912)[1]
Shiori
lotincha: Sapientia et Doctrina Stabilitas
Turi ilmiy tadqiqotlarga ixtisoslashgan davlat universiteti
Asos solingan sanasi 16-oktyabr, 1841-yil (183 yil avval) (1841-10-16)[1]
Endaumenti $1,409 milliard (2022)[2]
Kansleri Shelagh Rogers [en]
Provosti Matthew R. Evans
Rektori Niki Boytchuk-Hale[3]
Xodimlar tarkibi
10 262 (2022)
Talabalari 33 842 (2022)[4]
Bakalavriat 26 052[4]
Joylashuvi , ,
Kanada

44°13′30″N 76°29′42″W / 44.22500°N 76.49500°W / 44.22500; -76.49500
Kampusi Asosiy kampus: 40 ga
Gʻarbiy kampus: 27 ga[5]
Ranglari               [6]
Laqabi inglizcha: Golden Gaels
Maskoti Boo Hoo laqabli ayiq[7]
Veb-sayti queensu.ca
Queen's logotipi

Kingstondagi Queen's universiteti (inglizcha: Queen's University at Kingston[1][8][9]; talaffuzi: Kingstondagi Kuins universiteti) – Kanadaning Kingston shahrida joylashgan, ilmiy tadqiqotlarga ixtisoslashgan davlat universiteti. Xalq orasida shunchaki Queen's universiteti yoki Queen's oʻlaroq maʼlum. Universitet Ontario boʻylab 1 400 ga yerga ega boʻlib, Angliyaning East Sussex shahridagi Herstmonceux qasri ham unga tegishlidir[5]. Queen's universiteti sakkiz fakultet va maktabga boʻlingan.

Shotlandiya cherkovi qirolicha Victoria chiqargan farmon asosida 1841-yil Queen's kollejiga asos solgan. Ikki nafar oʻqituvchi va 15 nafar talaba ishtirok etgan ilk darslar 1842-yilning 7-martida oʻtkazilgan va talabalarni ruhoniylik ishiga hozirlashni koʻzlagan[10]. Oliygoh 1869-yil Dengiz boʻyi provinsiyalaridan gʻarbdagi hududda ayollarni qabul qilgan ilk universitetga aylangan[1]. Universitetdagi tibbiyot kurslariga ayollar qabul qilinganiga erkak xodimlar va talabalar salbiy munosabat bildirgani tufayli 1883-yil ayollar uchun tibbiyot kolleji ochilgan[11][12]. 1912-yil universitet presviterianlik cherkovi bilan aloqani uzgan[8] va hozirgi nomiga oʻtgan[13][1]. XX asrning oʻrtalarida bir necha fakultet va maktabga asos solingan, yangi binolar qurilib, oliygoh kampusi kengaytirilgan.

Queen's 33 mingdan oshiq talaba hamda jahon boʻylab 131 mingdan oshiq bitiruvchiga ega[14][15]. Oliygohni tamomlagan taniqli shaxslar orasida davlat arboblari, olimlar, tadbirkorlar hamda 57 nafar Rhodes stipendiyasi sovrindori bor[16]. 2022-yil holatiga koʻra, besh nafar Nobel mukofoti sovrindori hamda bir nafar Turing mukofoti gʻolibi Queenʼs universiteti bilan aloqadordir.

Universitet kampusi 1899-yilda

Queen's universitetining tarixi presviterianlarning 1830-yillardagi taʼlim tashabbuslariga borib taqaladi. Universitetga asos solish boʻyicha dastlabki reja 1839-yil boʻlib oʻtgan sinod yigʻinida taqdim etilgan. 1840-yilda Yuqori Kanadaning 13-Parlamenti yigʻinida universitetni ochish boʻyicha oʻzgartirilgan qonun loyihasi koʻrib chiqilgan[17]. 1841-yilning 16-oktyabrida qirolicha Victoria nomidan xartiya eʼlon qilinib, Kingstonda Queen's kollejiga asos solingan. Queen's presviterianlarning oʻsib borayotgan Yuqori Kanada koloniyasida ruhoniylar tahsil olishi hamda yoshlarni fan va adabiyot sohalarida oʻqitishga qaratilgan bir necha yillik saʼy-harakatlari natijasidir. Universitet Ediburg hamda Glazgo universitetlaridan oʻrnak olib tuzilgan[1]. Ikki nafar oʻqituvchi hamda 15 nafar talaba ishtirok etgan ilk darslar 1842-yilning 7-martida kichik yogʻoch uyda boʻlib oʻtgan[10].

Kollej hozirgi adresida oʻrnashishidan oldin 11 yil davomida bir necha marta koʻchirilgan[1]. Kanada konfederatsiyasidan oldin Shotlandiya cherkovi, Kanada hukumati hamda individual shaxslar kollejni moliyalashtirgan[1]. 1869-yil oliygoh Dengiz boʻyi provinsiyalaridan gʻarbdagi hududda ayollarni qabul qilgan ilk universitetga aylangan[1].

Konfederatsiyadan keyin federal hukumat kollejga moliyaviy yordam koʻrsatishni toʻxtatgan, Oʻrta yer tumanining tijoriy banki (inglizcha: Commercial Bank of the Midland District) bankrot boʻlishi ortidan esa Queen's oʻz endaumentining uchdan ikki qismidan mahrum boʻlgan. Bu ikki holat kollej taqdiriga tahdid solgan. Direktor[izoh 1] William Snodgrass hamda boshqa rasmiylar Kanada boʻylab mablagʻ toʻplash kampaniyasini boshlab, kollejni saqlab qolishga muvaffaq boʻlgan[1][18].

Moliyaviy muammolar asr yakuniga qadar kollej maʼmuriyatini tashvishga solgan. 1880-yillarga qadar Kingstonni tark etib, Toronto universiteti bilan birlashish masalasi koʻrib chiqilgan[1]. Ilk asosiy homiy Robert Sutherland qoʻshimcha mablagʻ meros qilib qoldirishi ortidan kollej moliyaviy qiyinchiliklardan qutulgan va mustaqil faoliyatini saqlab qolgan[19]. 1881-yilning 17-mayida Queen's universitet maqomini olgan[20].

1880-yilda universitetning tibbiy kursiga uch nafar ayol talaba qabul qilingan, ammo bunga erkak talabalar va xodimlar shu qadar salbiy munosabat bildirganki, 1883-yil ayol talablarni oʻqishdan chetlatishga qaror qilingan[11]. Uchala talaba oʻqishni tamomlashiga imkon yaratish maqsadida Ayollar tibbiyot kollejiga asos solingan[20][12]. XIX asr oxirida 1880-yilda qurib bitkizilgan teologiya binosi (inglizcha: Theological Hall) universitetning asosiy binosi oʻlaroq xizmat qilgan[21].

1912-yilda Queen's universiteti Shotlandiyaning presviterian cherkovidan ajralib chiqdi va oʻz nomini „Kingstondagi Queen's universiteti“ga (inglizcha: Queen's University at Kingston) oʻzgartirdi[1]. [[Queen's ilohiyot kolleji]] 1925-yilga borib Kanada Birlashgan cherkoviga qoʻshilguniga qadar Kanadadagi presviterian cherkovi nazorati ostida qoldi[9]. Ilohiyot kolleji Queen's universitetining dinshunoslik kafedrasi bilan birlashtirildi va dastur 2015-yilga kelib yopildi[22].

Universitet Birinchi jahon urushi yillarida talabalar, xodimlar va professor-oʻqituvchilar harbiy xizmatga jalb etilishi bilan bogʻliq abituriyentlar sonidagi keskin pasayish tufayli yana bir moliyaviy inqirozga duch keldi. 1 000 000 dollar mablagʻ toʻplangan kampaniya hamda 1918-yilda erishilgan sulh universitetni saqlab qoldi[1]. Urushda oliygohning qariyb 1 500 talabasi jang qildi, ularning 187 nafari halok boʻldi[23].

1938-yil 18-avgustda, yaʼni Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan bir yil oldin AQSh prezidenti Franklin Roosevelt faxriy darajani qabul qilish uchun Queen's universitetiga keldi. Butun dunyo boʻylab efirga uzatilgan murojaatida prezident Amerikaning Kanada bilan oʻzaro ittifoq va doʻstlik siyosatini e’lon qildi[24]. Ikkinchi jahon urushida universitetning 2 917 nafar bitiruvchisi qurolli kuchlarda xizmat qildi, ularning 164 nafari halok boʻldi[25]. John Deutsch markazining Memorial binosidagi xotira xonasida jahon urushlarida halok boʻlgan universitet talabalari ismlari qayd etilgan[26].

AQSh prezidenti Franklin Roosevelt Queen's universitetidan faxriy daraja olganidan keyin nutq soʻzlamoqda

Queen's universiteti urushdan keyingi yillarda tez surʼatda oʻsdi. Bunga urushdan keyin iqtisodiyot kengayishi va 1960-yillarda avjiga chiqqan demografik oʻsish turtki boʻldi. 1951-yilda abituriyentlar soni 2 000 dan oshiqroq boʻlgan boʻlsa, 1961-yilga kelib 3 000 nafardan oshdi[1]. Bu davrda qurilish dasturi yoʻlga qoʻyildi va oʻn yildan kamroq vaqt ichida beshta talabalar turar joyi qurildi.

1950-yillarning oʻrtalarida Ontarioda yuridik taʼlim qayta tashkil etilganidan soʻng, 1957-yilda yangi John A. Macdonald binosida yuridik fakultet ochildi. 1950-yillarda amalga oshirilgan boshqa loyihalar orasida maʼmuriy idoralar uchun qurilgan Richardson binosi hamda Dunning binosi eʼtiborga molik[1]. Boshqa koʻplab Kanada universitetlari singari, 1960-yillarning oxiriga kelib Queen's universitetida ham abituriyentlar soni uch barobarga oshdi, professor-oʻqituvchilar va xodimlar soni koʻpaydi, universitetdagi shart-sharoitlar yanada yaxshilandi. Bunga demografik oʻsish hamda davlat sektoridan ajratilgan moddiy yordam turki boʻldi. 1970-yillarning oʻrtalariga kelib, universitetdagi kunduzgi talabalar soni 10 000 nafarga yetdi[1]. Bu davrda qurilgan yangi obyektlar koʻproq odam yashashi uchun moʻljallangan yana toʻrtta turar joyni oʻz ichiga oladi. Bular An Clachan, Elrond College (hozirgi kunda Princess Towers deb nomlanadi), hozirgi kunda universitetga tegishli boʻlmagan kooperativ turar joy, gʻarbiy kampusda joylashgan John Orr Tower binosi hamda Jean Royce binolaridir[27]. Bundan tashqari, matematika, fizika, biologiya va psixologiya, ijtimoiy fanlar va gumanitar fanlar kafedralari uchun alohida binolar qurildi.

Bu davrda Queen's Musiqa maktabi, Davlat boshqaruvi maktabi (hozirgi Siyosiy tadqiqotlar maktabi tarkibida), Reabilitatsiya terapiyasi maktabi hamda Shahar va mintaqaviy rejalashtirish maktablariga asos solindi. 1968-yilda universitetdan bir kilometr gʻarbda Taʼlim fakulteti tashkil etilishi ortidan universitetning gʻarbiy kampusi yuzaga keldi[1]. Queen's kompyuterlashtirilgan huquqiy tadqiqotlarni ilgari surgan ilk oliygohlardan biridir. 1968-yildan 1973-yilgacha universitetda QUIC/LAW Kanada huquqiy tadqiqot loyihasi yuritildi. 1973-yilda loyiha universitetdan ajralib chiqib, tijoratlashtirildi. QUIC/LAW dasturiy ta’minoti 1976-yilda Westlaw ma’lumotlar bazasining asosi oʻlaroq „West Publishing“ nashriyotiga rasman oʻtkazib berildi[28]. 2002-yilda oʻsha davrga kelib „Quicklaw“ oʻlaroq tanilgan butunkanada huquq bazasi „West Publishing“ nashriyotining raqibi „LexisNexis“ shirkatiga sotildi[29]. 1980-yilning 23-oktyabrida Queen's universitetining ilk ayol kansleri Agnes Richardson Benidickson yangi lavozimiga kirishdi[20].

1991-yilda Queen's universiteti oʻzining yuz ellik yillik yubileyini nishonladi. Nishonlash tadbirlarida Uels shahzodasi Charles va uning oʻsha paytdagi rafiqasi Diana Spencer ishtirok etdi. Shahzoda Cherles universitetni tashkil etish boʻyicha qirolicha Victoria 1841-yilda chiqargan farmon nusxasini taqdim etdi. Farmon nusxasi universitetning John Deutsch markazida namoyishga qoʻyilgan[30]. 1993-yilda bitiruvchi Alfred Bader Herstmonceux qasrini Queen's universitetiga sovgʻa qildi. Qasrda ayni damda Bader kolleji faoliyat yuritadi[31][32].

2001-yilda qora tanli ayol professor irqchilikka duchor boʻlganini daʼvo qilib, Queen's universitetini tark etishi ortidan Kanada Senatining Taʼlimiy tenglik qoʻmitasi (inglizcha: Senate Educational Equity Committee (SEEC)) oliygohdagi ozchiliklar va aborigen professor-oʻqituvchilar boshdan kechirayotganlarini oʻrganib chiqdi[33]. Ushbu soʻrovnoma ortidan SEEC buyurtmasi bilan amalga oshirilgan tadqiqot koʻpchilik universitetda „oqlik madaniyati“ hukm surishiga ishonishini aniqladi[34]. Hisobot xulosasida universitetning „yevrotsentrik oʻquv dasturlari, u yerdagi anʼanaviy pedagogik yondashuvlar, ishga qabul qilish jarayonjarayonlii, koʻtarilish va tadqiqot uchun imkoniyatlarda oq tanlilar imtiyozi va qudrati oʻz aksini topishda davom etayotgani“ eʼtirof etildi[35]. Universitetning hisobot ortidan koʻrgan choralari koʻp yillik munozaraga sabab boʻldi[36]. Queen's maʼmuriyati 2006-yildan boshlab xilma-xillikni targʻib qilish yoʻlida chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Masalan, xilma-xillik boʻyicha maslahatchi lavozimi taʼsis etildi va ijtimoiy adolat boʻyicha muhokamalarni osonlashtirish uchun „dialog kuzatuvchilari“ yollandi[33].

2010-yilning mayida Queen's Matariki universitet tarmogʻiga aʼzo boʻldi. 2010-yilda tuzilgan ushbu xalqaro guruh aʼzo universitetlar oʻrtasida tadqiqotlar va bakalavriat taʼlimi sohasida hamkorlik oʻrnatishni koʻzlaydi[37][38].

Ontariodagi COVID-19 pandemiyasi fonida universitet sogʻliqni saqlash tizimi xodimlari, jamoat tashkilotlari hamda vaksina olishga qarshi shaxslar orasida COVID-19 vaksinasini targʻib qilish uchun Kanada hukumatidan $440 000 mablagʻ oldi[39].

2021-yilning iyulida sobiq senator Murray Sinclair universitetning 15-kansleri oʻlaroq faoliyatini boshladi[40][41]. 2024-yilning iyulida jurnalist Shelagh Rogers uning oʻrnini egalladi[42].

2023-yil Queen's 2024-yilda $48 million defitsitga yoʻliqishini eʼlon qildi[43]. Kamomadni bartaraf etish maqsadida provost Matthew Evans keskin choralarni eʼlon qildi. Xususan, guruhlardagi talabalar hamda xalqaro talablar soniga cheklovlar qoʻyilishi va ishga olish vaqtincha toʻxtatilishi maʼlum qilindi[44]. Choralarga universitet xodimlari va talabalari keskin munosabat bildirdi. Talabalar norozilik namoyishlarini uyushtirdi[45]. Evans inqirozni bartaraf etish uchun koʻrgan choralar jiddiy tanqidga uchradi va bu holat ham mahalliy, ham umummilliy OAVda yoritildi[43][44][46]. Ayrim nashrlarda moliyaviy inqiroz hamda bakalavriatdan yuqori taʼlim talabalari koʻp ishlashga majbur boʻlayotgani tufayli Queen's Kanadaning eng yaxshi 15 tadqiqot universiteti orasida egallagan oʻrni tushgani aytildi[44][47].

1905-yil ochilgan Grant Hall universitetning eng keng tanilgan ramziga aylangan[48]

Queen's universiteti Kingston shahridagi ayni nom bilan ataluvchi mahallada joylashgan[49]. Universitetning asosiy kampusi janubda Ontario koʻli va Kingston umumiy shifoxonasi, sharqda shahar istirohat bogʻlari, boshqa taraflarda Universitet tumani deb nomlanuvchi mahallalar bilan chegaradosh. Kampusning umumiy hududi 40 ga (99 akr) boʻlib, universitet atrofidagi xususiy yerlar xarid qilinishi ortidan hozirgi koʻlamiga yetgan. Ushbu hudud universitetning eng yirik yer mulki hisoblanadi. Kingstondagi asosiy kampusdan tashqari, Queen's shahar boʻylab boshqa mulklarga ham ega. Bundan tashqari, Ontariodagi Central Frontenac va Rideau Lakes shaharchalarida hamda Angliyaning East Sussex shahrida ham mulkka ega. Queen's universiteti kampusi anishinaabe va irokez xalqlarining anʼanaviy yerlarida joylashgan[50].

Queen's universiteti binolari turli yillarda qurilgan. Summerhill binosi 1839-yilda oʻz eshiklarini ochgan boʻlsa, Mitchell binosi 2018-yilda ochilgan[51][52]. 1905-yilda qurib bitkazilgan Grant binosi universitetning eng taniqli binosi hisoblanadi. Binoga universitetning yettinchi direktori George Munro Grant nomi berilgan. Binoda konsertlar, maʼruzalar, uchrashuvlar, imtihonlar va bitiruv kechalari oʻtkaziladi[48]. Universitetga tegishli ikkita bino Kanada Milliy tarixiy obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan. Kingston umumiy kasalxonasi Kanadadagi eng qadimiy faoliyati toʻxtamagan davlat kasalxonasidir[53]. G‘arbiy kampusning sharqida joylashgan Roselawn House binosi universitetning Donald Gordon markazining asosiy qismini tashkil qiladi[54][55].

Kutubxona, muzey va galereyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Douglas kutubxonasi Muhandislik va fan kutubxonasi hamda W.D. Jordan nomidagi nodir kitoblar va maxsus toʻplamlar kutubxonasini oʻz ichiga oladi

Queen's universiteti kutubxona tizimi kampusdagi oltita kutubxona va arxivni oʻz ichiga oladi. Ularning umumiy fondi 2,2 million jismoniy material hamda 400 000 elektron resursdan, jumladan, elektron kitob, jurnal hamda maʼlumot bazalaridan iboratdir. Kutubxonaning 2007–2008-yillardagi byudjeti 18,1 million dollarni tashkil qilgan boʻlib, material xarid qilish uchun 9,8 million dollar ajratilgan[56]. Universitet kutubxonalari — Bracken tibbiyot fanlari kutubxonasi, ta’lim kutubxonasi[57], Lederman huquq kutubxonasi, Joseph S. Stauffer gumanitar va ijtimoiy fanlar kutubxonasi hamda Muhandislik va fan kutubxonasi. W.D. Jordan nomidagi nodir kitoblar va maxsus toʻplamlar kutubxonasida 1475-yildan 1700-yilgacha nashr etilgan kitoblar saqlanadi[58]. Muhandislik va fan kutubxonasi hamda W.D. Jordan nomidagi kitoblar va maxsus toʻplamlar kutubxonasi Douglas kutubxonasi ichida joylashgan[57]. 1981-yildan beri Queen's arxivlari Kathleen Ryan binosida saqlanadi. Arxiv universitetning axborot resurslari va tarixiy qaydlarini boshqaradi, saqlaydi va ulardan foydalanish uchun sharoit yaratadi. Kathleen Ryan binosida universitet arxividan tashqari Kingston shahri arxivlari ham joylashgan[59].

Queen's 10 000 ta mineral va 865 ta qazilmalardan iborat yershunoslik va geologiya kolleksiyasini, shuningdek, Kingston hududi geologiyasi koʻrgazmasini oʻz ichiga oluvchi Miller geologiya muzeyini boshqaradi. Muzeydan asosan Ontario sharqidagi mahalliy maktablar oʻquvchilari va tabiiy-ilmiy qiziqish guruhlariga yer haqidagi fanlarni oʻqitishda foydalaniladi[60]. Doimiy eksponatlar orasida dinozavrlar, dinozavr tuxumlari, dastlabki koʻp hujayrali hayvonlarning qoldiqlari hamda 500 million yil oldin toshga aylangan izlar bor[61].

Queen's universitetining san’at kolleksiyalari Agnes Etherington sanʼat markazida joylashgan[62]. Markazga Agnes Etherington nomi berilgan boʻlib, uning uyi universitetga sovgʻa qilingan. Uydan asosiy sanʼat markaziga biriktirilgan sanʻat muzeyi sifatida foydalaniladi[63]. 1957-yilda ochilgan markazda 14 000 dan ortiq sanʼat asari, shu jumladan, Rembrandt asarlari va inuitlarning xalq asarlari mavjud. Universitetda, shuningdek, Union Gallery nomli sanʼat galereyasi ham bor. 1994-yilda ochilgan galereyani talabalar va professor-oʻqituvchilar boshqaradi. Galereya talabalar asarlarini hamda zamonaviy sanʼatni targʻib qilishni koʻzlaydi[64].

  1. Shotlandiyadagi kabi, Queen's rahbari „rektor“ yoki „prezident“ emas, balki „direktor“ (inglizcha: principal) deb nomlanadi.
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 „General History“. Queen's University. 2011-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-iyul.
  2. „Queen's Alumni Endowment Report“. Queensu.ca (2022-yil 30-aprel). 2022-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-dekabr.
  3. „About the Rector“. Queen's University. Qaraldi: 2024-yil 3-noyabr.
  4. 4,0 4,1 „Student Enrolment“. Office of Planning & Budgeting. Queen's University. 2018-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-may.
  5. 5,0 5,1 „Inventory and Assessment“. Campus Plan 2002. Queen's University (2002). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-iyul.
  6. „Queen's University Visual Identity Guide“. Queen's University. 2018-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-yanvar.
  7. „Boo Hoo the Bear“. Queen's University. 2012-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-sentyabr.
  8. 8,0 8,1 „Consolidation of The Royal Charter of Queen's University and its Amending Statutes“. Queen's University (2011-yil oktyabr). 2015-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-dekabr.
  9. 9,0 9,1 „An Act Respecting the Incorporation of Queen's Theological College“. Queen's University (2005-yil iyul). 2011-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-iyul.
  10. 10,0 10,1 Neatby, Hilda. Queen's University, Vol I: Volume I, 1841–1914: And Not to Yield. McGill-Queen's University Press, 1978 — 3-bet. ISBN 0-7735-0336-6. 
  11. 11,0 11,1 „Women Medical Students, Expulsion of | Queenʼs Encyclopedia“. queensu.ca. 2019-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-oktyabr.
  12. 12,0 12,1 Neatby, Hilda. Queen's University: Volume I, 1841–1917: And Not to Yield. McGill-Queen's University Press, 1978 — 214–216-bet. ISBN 0-7735-6074-2. 
  13. S. C., 1912, c. 138
  14. „Queen's Quick Facts“. Queen's University. 2014-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-sentyabr.
  15. Category: | Queenʼs University News Centre (Wayback Machine saytida 12 April 2013 sanasida arxivlangan). Queensu.ca. Retrieved on 2013-08-12.
  16. „Queen's Gazette“. Queen's University (2016). 2016-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-noyabr.
  17. Neatby, Hilda. Queen's University, Vol I: Volume I, 1841–1914: And Not to Yield. McGill-Queen's University Press, 1978 — 25-bet. ISBN 0-7735-0336-6. 
  18. „Commercial Bank of the Midland District“. Queen's University. 2012-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-sentyabr.
  19. Frankson, Greg „Profile of Robert Sutherland“. Queen's University (2001). 2012-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-avgust.
  20. 20,0 20,1 20,2 Pound, Richard W.. 'Fitzhenry and Whiteside Book of Canadian Facts and Dates'. Fitzhenry and Whiteside, 2005. 
  21. "Theological Hall". Queen's Encyclopedia. Queen's University. Archived from the original on 2015-04-03. https://web.archive.org/web/20150403130637/http://www.queensu.ca/encyclopedia/t/theologicalhall.html. <!--->
  22. „Theological Studies program at Queen's“. 2019-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-mart.
  23. Wilgar, W.P. „Queen's Remembers: The First World War“. Queen's University. 2008-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 24-iyun.
  24. „Franklin D. Roosevelt Address at Queen's University, Kingston, Ontario, Canada.“. University of California, Santa Barbara (2011). 2012-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-iyul.
  25. „Queen's Remembers: The Second World War“. Queen's University. 2008-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 24-iyun.
  26. "Memorial Room". Queen's Encyclopedia. Queen's University. Archived from the original on 2015-04-03. https://web.archive.org/web/20150403143229/http://www.queensu.ca/encyclopedia/m/memorialroom.html. <!--->
  27. „Residences Queen's Encyclopedia“. queensu.ca. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  28. Bourne, Charles P.; Hahn, Trudi Bellardo. A History of Online Information Services, 1963-1976. Cambridge: The MIT Press, 2003 — 313–315-bet. ISBN 0-262-02538-8.  Available via IEEE Xplore.
  29. Martin, Sandra. „Prof's system revolutionized legal practice“. The Globe and Mail. Toronto: The Globe and Mail Inc. (2009-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 2-dekabr.
  30. „Royal Visits“. Queen's University. 2011-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-avgust.
  31. „About the Bader International Study Centre (BISC)“. Queen's University. 2012-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-mart.
  32. „Bader International Study Centre renamed to Bader College“ (en). The Journal (2022-yil 22-iyun). Qaraldi: 2022-yil 22-iyun.
  33. 33,0 33,1 Macdonald, Kerri; Woods, Michael „Confronting a culture of silence“. The Queen's Journal (2008-yil 14-noyabr). 2008-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 11-iyul.
  34. Henry, Frances „Understanding the Experiences of Visible Minority and Aboriginal Faculty Members at Queen's University“. Senate Educational Equity Committee (SEEC) Response to the Henry Report. Queen's University (2004-yil aprel). 2011-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-avgust.
  35. Henry, 156.
  36. Clancy, Clare „Henry report revisited“. The Queen's Journal (2008-yil 24-oktyabr). 2011-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 11-iyun.
  37. „Members of the Matariki Network of Universities“. Matariki Network of Universities. 2011-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-mart.
  38. „Welcome to the Matariki Network of Universities "Partnering for a better world"“. Matariki Network of Universities. 2011-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-avgust.
  39. Public Health Agency of Canada „Immunization Partnership Fund“. Government of Canada (2022-yil 8-iyun). 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  40. „Former Sen. Murray Sinclair appointed as Queen's University chancellor“. CBC News (2021-yil 28-aprel).
  41. „Announcing The Honourable Murray Sinclair as Queen's 15th Chancellor“. Queen's Gazette (2021-yil 28-aprel).
  42. Foley, Jessica. „Shelagh Rogers announced as Queen's University's 16th Chancellor“. Kingstonist (2024-yil 26-aprel). Qaraldi: 2024-yil 26-iyul.
  43. 43,0 43,1 Friesen, Joe. „Queen's University eyes drastic cutbacks to keep its doors open“. The Globe and Mail (2024-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
  44. 44,0 44,1 44,2 Brean, Joseph. „Calamity at Queen's: Provost's panicked cuts consume a university older than Canada“. National Post (2024-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
  45. Muhammad-Yusuf, Fawwaz. „Queen's University students hold silent protest in response to cuts“. Global News (2023-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
  46. Kershaw, Anne. „Opinion: Queen's tries to stem concerns about its future“. Kingstonist (2024-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
  47. Fullerton, Owen. „Queen's falls from top 15 research universities ranking“. YGK News (2023-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
  48. 48,0 48,1 „Grant Hall“. Queen's University. 2013-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-sentyabr.
  49. „35 – Queen's“. Neighborhood Profiles (Census 2006). City of Kingston Planning and Development Department. 2012-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-mart.
  50. „Acknowledgement of Territory | Four Directions Aboriginal Student Centre“ (en). queensu.ca. 2018-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-mart.
  51. "Summerhill". Queen's Encyclopedia. Queen's University. Archived from the original on 2012-10-03. https://web.archive.org/web/20121003043304/http://www.queensu.ca/encyclopedia/s/summerhill.html. <!--->
  52. Rideout, Dave. „Mitchell Hall ready to open its doors“. Queen's University (2018-yil 29-noyabr). 2019-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-mart.
  53. „Kingston General Hospital National Historic Site of Canada“. Parks Canada. 2011-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-avgust.
  54. „Donald Gordon Centre“. Queen's University (2012-yil 2-mart). 2012-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-mart.
  55. „Roselawn National Historic Site of Canada“. Parks Canada. 2014-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-avgust.
  56. „Facts and Figures 2007/08“. Queen's University. 2012-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-mart.
  57. 57,0 57,1 „Locations & Hours“. Queen's University. 2012-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-mart.
  58. „Collections held in Special Collections“. Queen's University. 2012-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-mart.
  59. "Kathleen Ryan Hall". Queen's Encyclopedia. Queen's University. http://www.queensu.ca/encyclopedia/k/kathleen-ryan-hall. <!--->
  60. „The Miller Museum“. Queen's University. 2012-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-mart.
  61. „Miller Museum of Geology“. Canadian Information Exchange Network's Professional Exchange (2009). 2013-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-iyun.
  62. „Agnes Etherington Art Centre“. Canadian Heritage Information Network (2009). 2013-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 31-may.
  63. „About the Art Centre“. Agnes Etherington Art Centre (2012-yil 2-mart). 2009-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-mart.
  64. „Union Gallery – History“. Union Gallery (2011). 2012-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-mart.