Qrim bayrogʻi
Qrim bayrogʻi | |
---|---|
Mamlakat | Qrim |
Tasdiqlangan sanasi | 1992–yil 24–sentabr |
Mutanosibligi | 1:2 |
Qrim bayrogʻi (ruscha: Флаг Крыма; ukraincha: Прапор Криму; qrim tatarcha: Qırım bayrağı / Къырым байрагъы) — Ukrainadagi Qrim Avtonom Respublikasi va Rossiya tomonidan nazorat qilinadigan Qrim Respublikasi bayrogʻi. Bayroq 1992-yil 24-sentabrda rasman qabul qilingan[1]. Qrim Respublikasining bayrogʻi sifatida 1999-yil 21-aprelda qayta qabul qilingan[2]. Keyinchalik 2014-yil 4-iyunda Qrim Respublikasining bayrogʻi sifatida qayta qabul qilingan (Rossiya Federatsiyasi tomonidan qoʻshib olingach).
Bayroq koʻk, oq, qizil rangda gorizontal chiziqlardan iborat. Moviy chiziq bayroqning yuqori chetida joylashgan va bayroq kengligining 1/6 qismini tashkil qiladi. Oq chiziq eng kattasi boʻlib, bayroq kengligining 2/3 qismini, qizil chiziq esa pastki chetida joylashgan, hamda bayroqning 1/6 qismini tashkil qiladi.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng, bayroq uchun koʻplab dizaynlar yaratilgan[3]. Jamoatchilikka eng maʼqul kelgan dizayn Kipr bayrogʻini eslatuvchi Qrimning koʻk xaritasi boʻlgan oq bayroq edi. Biroq, Qrim Oliy Kengashining koʻplab aʼzolari tepasida yettita kamalak rangi boʻlgan oq bayroq versiyasini qoʻllab-quvvatladilar[4]. Qrim 1992-yil 5-mayda oʻzini-oʻzi boshqarishni eʼlon qildi[5], biroq rasmiy bayroq tanlanmadi.
1992-yil 5-iyunda Qrim Oliy Radasiga (Qrim parlamenti) beshta taklif kiritildi:
- Bayroqning yuqori va pastki chetlarida katta oq boʻshliq va ingichka koʻk chiziqli bayroq
- Tepasida yettita kamalak rangi boʻlgan oq bayroq.
- Ochiq koʻk rangdagi ustida oq chizigʻi boʻlgan bayroq.
- Qizil vertikal chiziqli sariq, yashil, koʻk bayroq
- Markazda gerb tasvirlangan hozirgi koʻk, oq, qizil rangdagi bayroq
V. Trusov va A. Malgin tomonidan ishlab chiqilgan 5-dizayn Qrim bayrogʻi sifatida tanlandi[3]. Bayroqda G.Jefetov va V.Jagunovning gerbi aks ettirish tavsiya etildi. Bayroqning yakuniy loyihasi 1992-yil 24-sentabrda Qrim Oliy Radasining ikkinchi sessiyasida taqdim etilgan. Bayroq faqat 1999-yil 21-aprelda rasman qabul qilingan.
Qrim tatarlarining etnik bayroqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1917-yilda Qrim tatarlarining qisqa umr koʻrgan Qrim Xalq Respublikasi tashkil etilganda, „Koʻk bayroq�� deb nomlanuvchi oltin tamgʻali osmon rangidagi bayroq yaratilgan. Yashil rangdagi bayroq diniy maqsadlarda, qizil rangli bayroq esa tatarlarning harbiy bayrogʻi sifatida ishlatilgan[6].
Rang sxemasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ranglar sxema | Moviy | Oq | Qizil |
---|---|---|---|
CMYK | 100-38-0-30 | 0-0-0-0 | 0-85-89-14 |
HEX | #006FB2 | #FFFFFF | #DB2017 |
RGB | 0-111-178 | 255-255-255 | 219-32-23 |
Tarixiy bayroqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qrim Xalq Respublikasi (1917—1918)
[tahrir | manbasini tahrirlash]1917-yilda tatar millatchi guruhlari oʻzlarining ramzi (erkinlik rangi) sifatida koʻk rangli bayroqdan foydalana boshladilar. Bu 1917-yil oxirida eʼlon qilingan qisqa muddatli Qrim Xalq Respublikasining bayrogʻiga aylandi[7]. 1918-yil boshida Kommunistik Taurida Sovet Sotsialistik Respublikasi Qrim ustidan nazorat oʻrnatganida, tatar koʻk bayrogʻi oddiy qizil bayroq foydasiga bekor qilindi[7].
Sovet Ittifoqi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1921-yil 18-oktabrda Rossiya SFSR tarkibida Qrim ASSR tashkil etildi. Bayroq qizil rangda boʻlib, respublika nomining bosh harflari: kirill alifbosida, oltin tusda yozilgan. Bayroqdagi harflar Qrimni Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi sifatida koʻrsatish maqsadida 1929-yilda KrASR va QrMSŞÇ yozuvlari bilan oʻzgartirildi. Bayroq 1938-yilda yana oʻzgartirildi, uning tepasida Kiril alifbosi (Rossiya SFSR uchun) va pastki qismida KrASR yozuvi yozilgan. 1945-yil 30-iyunda Qrim Qrim viloyatiga aylantirilgach, rasmiy bayroq bekor qilindi[3]. 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanganida Ukraina SSR tarkibida Qrim ASSR qayta tiklandi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „О Государственном флаге Республики Крым“.
- ↑ Ukrainian heraldry — Flag of Crimea URL accessed on 22 February 2007
- ↑ 3,0 3,1 3,2 fotw.net — Crimea — 1992 Proposals (Ukraine)
- ↑ fotw.net — Crimea in the Soviet Union
- ↑ Wolczuk. „Catching up with 'Europe'? Constitutional Debates on the Territorial-Administrative Model in Independent Ukraine“. Taylor & Francis Group. Qaraldi: 2006-yil 16-dekabr.
- ↑ Jaume Olleʼ, Crimea: The Tatars (Ukraine), Flags of the World — (10 July 2000). „adopted November 1917, abolished January 1918“ (Jaumé Olle, Historical Flags, 1998).
- ↑ 7,0 7,1 Crimea, historical flags (vexillographia.ru)
- ↑ 8,0 8,1 Crimea in the Soviet Union