Kontent qismiga oʻtish

Qon kasalliklari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qon kasalliklari, qon sis temasi kasalliklari — periferik qon va qon yaratuvchi aʼzolarning shikastlanishi bilan kechadigan kasalliklar guruhi. Qon kasalliklarining kelib chiqish sabablari va belgilari xilma-xil, lekin ularning hammasida ham qon hujayralarining ishlanib chiqishi, funksiyalari, organizmda taqsimlanishi va boshqa koʻrsatkichlari buziladi. Bu oʻzgarishlar qon yaratilishini idora etadigan nerv-endokrin sistema funksiyasi hamda boshqa aʼzolar (meʼda, jigar) faoliyatiga, organizmning irsiy xususiyatlarini belgilovchi gen apparatiga bogʻliq. Qon kasalliklariga olib keladigan jarayonlar mexanizmi murakkab va xilmaxilligi sababli Qon kasalliklarini shartli ravishda patogenetik xususiyatlari va klinik belgilariga qarab leykozlar, kamqonliklar va koagulopatiyalarga ajratiladi. asosan, qizil qon sistemasi kasalliklari, oq qon sistemasi kasalliklari, trombotsitlar (qon plastinkalari)ning kasalliklari tafovut qilinadi. Bularning kelib chiqishida qon sistemasida roʻy beradigan aplastik, giperplastik oʻzgarishlar va qon yara-tilishining buzilishiga olib keladigan boshqa patologik jarayonlarning ahamiyati katta.

Qizil qon sistemasi kasalliklari. Bunga qizil qon shaklli elementlari — eritrotsitlar kamayishi bilan kechadigan turli xil anemiyalar, ularning ortiqcha ishlanib chiqishi bilan ifodalanadigan eritremiyalar, oq qon sistemasi kasalliklariga turli xil leykozlar, koʻp sonli miyeloma kasalligi, Xojkin kasalligi (limfogranulema-toz), limfosarkoma, retikulosarkoma va boshqa kiradi.

Trombotsitlar kasalliklari koʻmikda megakariotsit hujayralar yoki trombotsitlar faoliyatining susayishi bilan bogʻliq ravishda paydo boʻladi. Bularga idiopatik trombotsitopenik purpura, Glansman xastaligi kiradi. Qon kasalliklari birbiridan farq qilsa ham, lekin maʼlum bir qonuniyat bilan avj olib borib, organizmdagi talaygina aʼzolar faoliyatining izdan chiqishiga sabab boʻladi.

Qon kasalliklari turi, xususiyatlari va avj olish darajasiga qarab davo qilinadi.

Qk.ning kelib chiqish sabablari va avj olish mexanizmlarini oʻrganish, davolash chora-usullarini ishlab chiqish masalalari bilan gematologiya shugʻullanadi.