Kontent qismiga oʻtish

Plebeylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Plebeylar (lot. plebeii — oddiy xalq) — 1) Qad. Rimdagi erkin aholi tabaqalaridan biri. Miloddan avvalgi 3-asrgacha P. jamoa yeridan foydalanish huquqiga ega boʻlmagan, faqat chek yerlardan shaxsiy mulk sifatida foydalangan. Ular dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo bilan shugʻullangan. P. miloddan avvalgi 5—4-asrlarda davlat lavozimlarini egallashlari va patritsiylar bilan nikoh tuzishlari mumkin boʻlmagan. P. patritsiylarga qarshi qattiq kurash olib borgan va natijada Rim fuqarolari (grajdanlari) tarkibiga kiritilgan, majburiy qullik bekor qilingan. P.ning bu muvaffaqiyatiga ular tarkibida xizmat qilgan armiya katta yordam koʻrsatdi; 2) oʻrta asrda P. atamasi "oddiy xalq" maʼnosida ishlatilgan. Unga sex usta-sining qoʻl ostidagi shogirdlar, kasodga uchragan xunarmandlar va shahar kambagʻallari kirgan. Ular 16—18-asrlardagi inqiloblarda dehqonlar bilan birgalikda faol qatnashgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil