Petrushka (balet)
Petrushka (fransuzcha: Pétrouchka; ruscha: Петрушка) – rus bastakori Igor Stravinskiyning baleti. U Sergey Diagilevning "Balets Russes" kompaniyasining 1911-yil Parijda boʻlib oʻtadigan mavsumi uchun yozilgan. Asl xoreografiya Mishel Fokin tomonidan, sahna dizayni va liboslari esa librettoda Stravinskiyga yordam bergan Aleksandr Benua tomonidan yaratilgan. Baletning premyerasi 1911-yil 13-iyun kuni Chatelet teatrida boʻlib oʻtdi. Vaslav Nijinskiy Petrushka, Tamara Karsavina bosh balerina, Aleksandr Orlov Mur va Enriko Cheketti esa Sharlatan rolini ijro etishdi.[1]
Petrushka musiqa, raqs va dizaynni bir butunlikda birlashtiradi. Bu rus baletlarining eng mashhur spektakllaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda asl dizayn va xoreografiya yordamida ijro etiladi. Greys Robert 1946-yilda shunday deb yozgan edi: „Petrushka birinchi marta ijro etilganidan beri oʻttiz yildan koʻproq vaqt oʻtgan boʻlsa-da, uning eng buyuk baletlardan biri sifatidagi mavqei saqlanib qolmoqda. Uning musiqa, xoreografiya va dekoratsiyaning mukammal uygʻunligi va mavzusi – abadiydir“ [2]
Rus qoʻgʻirchoqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Petrushka – bu qo'g'irchoq. U Yevropada turli nomlar ostida tanilgan qahramon: Angliyada Punch, Fransiyada Polichinelle, Italiyada Pulcinella, Germaniyada Kasperle va Rossiyada Petrushka. Ismi bunday boʻlishidan qatʼiy nazar, u makkor va isyonchi boʻlgan. Petrushka baland va xirillagan ovozda gapiradi. Spektakllar odatda it, politsiyachi yoki shayton Petrushkani sudrab ketishi bilan tugaydi.[3]
Anna Ivanovna XVIII asrda Rossiyaga marionetlarni olib keladi. Bu qoʻgʻirchoqlar aristokratlar uchun maroqli boʻlgan. Qoʻgʻirchoqlar Osiyodan import qilingan. Ular asosan Rojdestvoda diniy spektakllarni ijro etish uchun qoʻllangan. Petrushka esa qoʻl qoʻgʻirchogʻi boʻlgan va qoʻl bilan harakatlantirilgan. Oddiy xalq uni juda ham yoqtirgan. U koʻcha teatrlarida, ochiq havoda kichik koʻchma kabinalarda yoki osongina qismlarga ajratiladigan ekranlar orqasida ijro etilgan.
Shrovetide yarmarkasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Petrushka, qisman, koʻcha savdogarlarining faryodlariga asoslangan bayramona orkestr kirishi bilan boshlanadi.[4]
Fokinening asl xoreografiyasida olomon orasidan bir guruh sarxushlar chiqib, Stravinskiyning „Volochobniki“ nomli folklor qoʻshigʻiga raqsga tushishgan.
Eslatmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Balanchine 1952, p. 305Andoza:Incomplete short citation
- ↑ Robert 1946.
- ↑ Beumers 2005.
- ↑ Taruskin 1998, p. 696