Petr Čech
![]() | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Petr Čech | ||
Tavallud joyi | Plzen, Chexiya | ||
Boʻyi | 196 sm | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Chelsea | ||
Raqami | 1 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1989–1999 | Plzeň | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1999–2001 2001–2002 2002–2004 2004– |
Blšany Sparta Praga Stade Rennais Chelsea |
(27 (0) 27 (0) 70 (0) 115 (0)) | |
Milliy terma jamoa | |||
2002– | Andoza:Country data the Czech Republic Chexiya | (56 (0)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Petr Chex (chexcha: Petr Čech; 1982-yilning 20-mayida tugʻilgan) Chexiya milliy futbol terma jamoasi va Chelsea klubi darvozabonidir. UEFA Chempionlar Ligasi 2004-2005 va 2006-2007 mavsumlari eng yaxshi darvozaboni, deb topilgan.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Petr Chex Chexiya (u paytlarda Chexoslovakiya)ning Plzen shahrida tavallud topgan. Shu shahar klubida bolalik yillaridan futbol oʻynashni boshlagan. Avvalboshda yarimhimoyachi/hujumchi boʻlgan Petr oyogʻini 10 yoshida sindirganidan soʻng darvozabonlikka oʻtgan. 17 yoshida FK Chmel Blšany klubiga koʻchgan. 2001-yili u 700 ming € evaziga AC Sparta Praha klubiga oʻtdi. 855 daqiqa gol oʻtkazmaay milliy rekord oʻrnatgan Petr bilan Stade Rennais FC klubi qiziqib qolib, uni 5 million € ga sotib oldi. 2004-yilda esa Petr Chex Chelsea F.C. klubi bilan 5 yillik shartnoma (10,3 million €) imzoladi.
2006-yil oktyabrida Chex Reading klubi bilan matchda boshidan jarohat olib, maydonni tark etishga majbur boʻldi (shunisi qiziqki, uning oʻrniga maydonga tushgan Karlo Kudichini ham oʻsha matchda jarohatlanib, hushsiz holda maydondan chiqarildi; match oxirigacha Jon Terri darvozada turishga majbur boʻldi). Bosh chanogʻi singan Chex 2007-yilgacha futbol oʻynamadi. 2007-yil yanvarida esa u regbichilar bosh kiyimi bilan oʻyinga qaytdi.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]