Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari
Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari – Ozarbayjon Respublikasida joylashgan ommaviy axborot vositalarini anglatadi. Televideniye, jurnallar va gazetalar davlat hamda notijorat korporatsiyalari tomonidan boshqariladi. Ular reklama, obuna va boshqa savdo bilan bogʻliq daromadlar hisobiga faoliyat yuritadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari va matbuoti tarixi bir necha bosqichlardan iborat[1]: 1832-yildan boshlanib, 1917-yilgacha davom etgan chor Rossiyasi hukmronligi ostida nashr etilgan matbuot, 1918—1920-yillarda Ozarbayjon Demokratik Respublikasi davridagi matbuot, 1920-yildan 1991-yilgacha Sovet Ittifoqi davridagi matbuot, muhojirlik matbuoti va mustaqillikdan hozirgi kungacha boʻlgan matbuot[2].
Qonunchilik bazasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Soʻz erkinligi va axborotdan foydalanish boʻyicha qonunchilik bazasiga Ozarbayjon Konstitutsiyasi, Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonun va Axborot olish huquqi toʻgʻrisidagi qonun kiradi.
Ommaviy axborot vositalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ozarbayjonda bosma va radioeshittirish ommaviy axborot vositalari asosan davlatga tegishli yoki hukumat tomonidan subsidiyalanadi. Mulkchilikning shaffofligi qonun bilan taʼminlangan. Ozarbayjonda 9 ta milliy telekanal, 12 dan ortiq mintaqaviy telekanal, 25 ta radiokanal, 30 dan ortiq kundalik gazetalar mavjud[3].
Bosma nashr vositalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ozarbayjonda rasman 3500 ta matbuot roʻyxati qayd etilgan. Ularning aksariyati ozarbayjon tilida nashr etilgan. Qolgan 130 tasi rus (70), ingliz[4] (50) va boshqa tillarda (turk, fransuz, nemis, arab, fors, arman va boshqalar) nashr etilgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Stages in Azerbaijani Press“. — „The Azerbaijani press has gone through the following phases: - Newspapers and magazines published under tsarist Russian rule (1832-1917); - Printed organs published during the Azerbaijani Democratic Republic (1918-1920); - Printed publications of the Soviet era (1920-1991); - Emigrants’ press; - Publications printed since the restoration of independence (from 1991 to the present).“.
- ↑ Akif, Aşırlı. Azərbaycan mətbuatı tarixi. Baku: Elm və Təhsil, 2009 — 11, 12-bet. „Mətbuat tariximizin dövriləşmə konsepsiyasına daha dəqiq və geniş yanaşmanı BDU-nun tarix və ideoloji iş metodları kafedrasının tədris proqramında görmək mümkündür. Beş mərhələdən ibarət olan mətbuat tarixinin xronoloji çərçivəsi bu şəkildə müəyyənləşdirilib: 1. "Əkinçi"yə qədərki hazırlıq dövrü. 2. Azərbaycan milli mətbuatının və jurnalistika sisteminin yaranması(1875-1917) 3. AXC dövrü mətbuatı və jurnalistikası (1918-1920) 4. Sovet dövrü Azərbaycan jurnalistikası (1920-1991) 5. Müasir Azərbaycan jurnalistikası (1991 - hazırkı dövrədək)“
- ↑ „List of Media Outlets in Azerbaijan“. 2017-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „English-language Media in Azerbaijan - Azerbaijan - Angloinfo“ (en). Angloinfo. Qaraldi: 2017-yil 17-may.
- ↑ „List of newspapers in Azerbaijan“. 2020-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-iyun.