Kontent qismiga oʻtish

Osetinlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Osetinlar (oʻzlarini — iron, di-goron deb ataydilar) — Rossiya Federatsiyasi (402,6 ming kishi; Shimoliy Osetiyada 335 ming kishi) va Gruziyadagi (164 ming kishi; Janubiy Osetiyada 65 ming kishi) xalq. Umumiy soni 598 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Osetin tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, pravoslavlar, sunniy musulmonlar ham bor. Etnogenezi jihatidan forsiy xalq hisoblanadi. O.ning shakllanishida skiflar, sarmatlar, alanlar hamda Shimoliy Kavkazning qad. aholisi ishtirok etgan. Alanlar O.ning eng yaqin ajdodlari hisoblanadi. O.ning aksariyati sanoatda band, shuningdek, tekisliklarda dehqonchilik va togʻli tumanlarda chorvachilik (qoʻychilik) bilan shugʻullanadilar.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil