Oq tanli sardor
Asl nomi | The White Chief |
---|---|
Muallif(lar) | Thomas Mayne Reid |
Tarjimon(lar) | Erkin Mirobidov |
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashr etilgan sanasi | 1855 |
Nashriyot | „Yosh gvardiya“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1990 |
Sahifalar soni | 368 |
ISBN | ISBN 5-633-00450-7 |
„Oq tanli sardor“ (inglizcha: The White Chief), toʻliq nomi „Oq tanli sardor: Shimoliy Amerika afsonasi“ (inglizcha: The White Chief: A Legend of North Mexico) — irlandiyalik-amerikalik yozuvchi Thomas Mayne Reid qalamiga mansub roman. Ilk bor 1855-yil chop etilgan. Asarni oʻzbek tiliga Erkin Mirobidov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1990-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan.[1]
„Oq tanli sardor“ Mayne Reidning eng taniqli asarlaridan biridir. Romanda Shimoliy Amerikaning mahalliy aholisi boʻlmish hindularning amerika va ispan bosqinchilariga qarshi kurashi haqida soʻz yuritiladi.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Romandagi hodisalar 18-asr oxiri-19-asr boshida Meksikada sodir boʻladi. Romanda Shimoliy Amerikaning mahalliy aholisi boʻlmish hindularning amerika va ispan bosqinchilariga qarshi kurashi haqida soʻz yuritiladi. Mayne Reid romanni 1840-yillarda Amerika va Meksika oʻrtasida boʻlib oʻtgan urushda boshidan kechirganlariga asoslanib yozgan.
Qahramonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Carlos (talaffuzi: Karlos) – oq tanli sardor
- Rosita (talaffuzi: Rosita) – Carlosning singlisi
- Catalina de Cruces (talaffuzi: Katolina de Krusse) – Carlosning sevgilisi
- Don Juan (talaffuzi: Don Xuan) – Rositaning sevgilisi
- Antonio (talaffuzi: Antonio) – Carlosning yaqin doʻsti
- Josefa (talaffuzi: Xosefa) – Antonioning qalligʻi
- Roblado(talaffuzi: Roblado) – Carlosning ashaddiy dushmani, kapitan
- Vizcarra (talaffuzi: Viskarra) – Robladoning doʻsti, Carlosning dushmani
- Joaquin (talaffuzi: Xoakin) – Carlosning dushmani, iyezuit
- Gomez (talaffuzi: Xomes) – Carlosning dushmani
- Don Ambrosio (talaffuzi: Don Ambrosio) – Catalinaning otasi
- Vicenza (talaffuzi: Visensa) – Catalinaning oqsochi, aygʻoqchi
- Manuel (talaffuzi: Manuel) va Pepe (talaffuzi: Pape) – bizon ovchilari, Carlosni izlaganlar
- Andres (talaffuzi: Andres) – otboqar, Catalinaga doʻst
Oʻzbekcha tarjimasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asarni oʻzbek tiliga 1956-yil „Detgiz“ nashriyoti chop etgan ruscha nashridan Erkin Mirobidov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1990-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Oʻzbek tilidagi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Shavkat Turob – muharrir, E. Kigay – rassom, R. Zufarov – rasmlar muharriri, V. Demchenko – texnik muharrir, B. Yunusov – musahhih. Kitob adadi – 100 000 nusxa.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Oq tanli sardor“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 10-noyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]