Oort buluti
Oort buluti yoki Epik–Oort buluti[1] Quyoshdan 50 000 AB (~1 yorugʻlik yili) masofada joylashgan gipotetik kometalar bulutidir.[2] Yan Oort sharafiga shunday nomlangan. Oort buluti juda uzoqda: u Quyoshga eng yaqin yulduz — Proksima Sentavrgacha masofaning chorak qismida yotishi mumkin. Transneptun jismlari yigʻilgan boshqa ikki soha — Koyper belbogʻi va tarqoq diskkacha masofa Oort bulutigacha masofadan ming marta kichik. Oort bulutining tashqi tomoni Quyosh tizimining kosmografik chegarasini va Quyoshning gravitatsiyaviy hududini belgilaydi.[3]
Oort buluti ikki mintaqa: tashqi sferik Oort buluti va ichki disksimon Xills bulutidan iborat ekanligi taxmin etiladi. Oort bulutidagi jismlar asosan muzlagan uchuvchan moddalardan (suv, ammiak va metan) iborat.
Astronomlar Oort bulutini tashkil qiluvchi modda Quyosh tizimi shakllanayotgan paytda Quyosh yaqinida shakllangan va keyinchalik gaz gigantlar gravitatsiyasi taʼsirida fazoga tortilib ketgan, deb taxmin etishadi.[2] Biroq NASA 2010-yili chiqargan maqolada bunday fikr uchraydi:
« Yulduzlar klasterlarda shakllanishini bilamiz. Quyosh boshqa koʻp sonli yulduzlar bilan ayni gaz buluti ichida shakllangan. Bu klaster ichidagi yulduzlar bir-birlaridan kometalarni tortib ketish uchun yetarli yaqinlikda joylashgan edilar. » | |
(We know that stars form in clusters. The Sun was born within a huge community of other stars that formed in the same gas cloud. In that birth cluster, the stars were close enough together to pull comets away from each other via gravity.[4])
|
Oort buluti kamida qisman Quyosh va unga qardosh yulduzlar orasidagi moddalar oʻzaro almashinuvi mahsuli ekanligi haqida farazlar bor.[4]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Whipple, F. L.; Turner, G.; McDonnell, J. A. M.; Wallis, M. K. (1987-09-30). "A Review of Cometary Sciences". Philosophical Transactions of the Royal Society A (Royal Society Publishing) 323 (1572): 339–347 [341]. doi:10.1098/rsta.1987.0090. http://rsta.royalsocietypublishing.org/content/323/1572/339.short.
- ↑ 2,0 2,1 Alessandro Morbidelli (2006). "Origin and dynamical evolution of comets and their reservoirs of water ammonia and methane.". arXiv:astro-ph/0512256 [astro-ph].
- ↑ „Kuiper Belt & Oort Cloud“. NASA Solar System Exploration web site. NASA. 2013-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-avgust. (WebCite saytida 2013-06-05 sanasida arxivlangan)
- ↑ 4,0 4,1 „The Sun Steals Comets from Other Stars“. NASA (2010). 2020-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-noyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oort buluti (Wayback Machine saytida 2015-11-02 sanasida arxivlangan)(ingl.), NASA Quyosh tizimi tadqiqoti
Vikiomborda Oort buluti haqida turkum mavjud |