Nefelin
Nefelin (frans. nepheline, yun. nephele — budut) — karkasli silikatlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi KNa3 [AlSiO4]4. Qoʻshimchalari Sa, Mg, goho Fe, Be, Cl, H2O, Ga. Geksagonal singoniyada kristallanadi. Zich donador agregatlar, kam hollarda qisqa prizmatik kristallar shaklida boʻladi. Qattikligi 5,5—6; zichligi 2600 kg/m³. Ulanish yuzasi nomukammal. Yaltiroqligi yogʻsimon. Koʻpincha rangsiz, pushti, kulrang yoki yashilroq. Kislotada oson parchalanadi. N.— ish-qorli otqindi jinslarning asosiy mi-nerali. Alyuminiy, silikagel olishda (yoʻlakay soda ham olinadi) xom ashyo. Gipergen sharoitlarda gidroslyuda, montmorillonit, galluazitga, lateritli nurashda esa gibbsitga aylanadi. N.ning konlari RF (Kola yarim orol, Ural), Oʻrta Osiyoda Quljuqtov (Qizilqumda), Olmaliq yaqinida va Olay togʻlarida, Grenlandiya, GFR, Keniya va boshqa joylarda bor. N. oyna va keramika ishlab chiqarishda va oʻgʻit sifatida foydalaniladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |